Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mag‘rur va mag‘lub imkonlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116           Дата: 21-09-2016, 10:53          
Mag‘rur va mag‘lub imkonlar

Yuzaga chiqqan va chiqmagan, mag‘rur va mag‘lub imkonlar haqida so‘z borsa, hozirgi kunlarda dastlab paralimpiyachilarimiz ko‘z oldimizga kelishadi. Ular xalqimizning asl genofondi nimalarga qodir ekanini butun sport dunyosiga yana bir bora isbotlashdi. Avvalgi maqolamizda sportimizning so‘nggi 1,5 oy ichidagi yutuqlarini buloqning ko‘zi birdan ochilib ketishiga qiyoslagandik. Bu safar mazkur voqelikka boshqa aspektdan yondashamiz.

Mana, 32 nafar sportchidan iborat delegatsiyamiz Paralimpiya-2016da naq 31ta medal jamg‘ardi. Ishtirokchilar soni va medallar miqdori nisbatining foizini chiqarsak, bu - misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich. Agar delegatsiyamiz tarkibiga 32 emas, balki 60 nafar sportchi kirganida, bundan-da yuqori natija qayd etilishi aniq edi. Avvaliga ixcham jamoa bilan kamtarona ishtirokni ta’minlash ko‘zda tutilayotgandek taassurot tug‘ilgandi. Keyinchalik barchasi o‘zgarib ketdi. Shunchaki, ishtirok endi paralimpiyachilarimizni qoniqtirmasdi. Chunki ular g‘oliblar safida bo‘lishga loyiq edilar va yuksak orzu-maqsadlariga erishdilar. Ular sha’niga yana bir karra olqish va ofarinlarimiz bo‘lsin!

Endi boshqacha yondashuv masalasiga qaytamiz. Xo‘sh, buloqning ko‘zi nima uchun aynan shu safar ochildi? Ulkan g‘alaba uchun istiqlolimizning qutlug‘ 25 yillik sanasini kutish shartmidi? Yoki g‘alaba kayfiyati, sportcha vaziyat shu sanaga to‘g‘ri keldimi? Ochig‘i, kutilgan va kutilmagan voqealar ta’sirida vakillarimizda g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq uyg‘ongani rost. Rossiyalik paralimpiyachilarning musobaqada ishtirok etishmagani boshqalar qatori bizning sportchilarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratgani ayni haqiqat.

Biroq na u holat, na bunisi paralimpiyachilarimizning g‘alabalarida asosiy omil emas. To‘g‘ri, London va Manchester shahri klublaridagi alg‘ov-dalg‘ovlardan «Lester» unumli foydalanib qoldi. Ko‘zda tutilmagan sportcha vaziyat shunga imkon bergandi. Paralimpiyachilarimizning g‘alabalarini esa bu taxlit izohlash noo‘rin. Mazkur zafarli yurishni hattoki, 25 yillik sa’y-harakatlar samarasi, deyish ham u qadar to‘g‘ri hisoblanmaydi. Agar masalaga shunday yondashsak, «Vakillarimiz London-2012 musobaqasiga tayyor bo‘lishmagan, o‘shanda ular g‘alaba uchun imkon topishmagan» qabilida xulosa tug‘iladi.

Xo‘sh, unda masalaga qay taxlit yondashgan ma’qul? Fikrimizcha, mamlakatimiz sport muhiti nufuzli xalqaro turnirlarga ancha avval tayyor bo‘lgan. Faqat, turli sabablarga ko‘ra, imkonlar yuzaga chiqmagan, xolos. Buni yorqin misoli muxlislar yodida, albatta. Vadim Abramov murabbiyligidagi sobiq olimpiya termamiz London-2012 yo‘llanmasini o‘z qo‘li bilan BAA vakillariga topshirgandi.

Alamlisi shundaki, o‘shanda olimpiyachi futbolchilarimiz raqiblaridan hech bir jabhada kam emasdilar. G‘alaba imkonidan foydalanishmagani, o‘z imkonlarini mag‘lub holda maydonda qoldirishgani - shaxsiy xatolari, murabbiy xatosi. Yana bir bor ta’kidlaymiz, bizning sport muhitimiz yuksak g‘alabalarga aslida ancha oldinroq loyiq bo‘lgandi. Imkonlardan foydalanmaslik shu g‘alabalarni ortga surdi va bugungi kunga qadar kechiktirdi.

Xalqimiz «Hechdan ko‘ra, kech yaxshi», deydi bag‘rikenglik va shukrona bilan. Shunday. Bugun xalqimiz biroz kechikkan g‘alabalar og‘ushida mast. Futzalchilarimizning yoshi o‘tgan oltin avlodi vakillaridan ayrimlari jahon chempionatida ishtirok etishdiki, bu ham yuqorida tilga olingan va biroz kechikkan g‘alabalarga hamnafaslikdir, go‘yo. Kolumbiya-2016 o‘yinlari tasdiqladiki, futzalchilarimiz jahonning kuchli terma jamoalari bilan basma-bas kurashishga qodirlar. Mendez termamiz boshqaruviga biroz ertaroq kelganida, natijalar bundan-da yuksak bo‘lishi mumkin ekan aslida. Vakillarimizning Panama va Kolumbiya termalari bilan uchrashuvlari, keyin esa tilga olingan har ikki jamoaning o‘zaro bahsini kuzatish asnosida shunday xulosaga keldik: bir qancha imkonlar parketda qolib ketdi, baribir. Imkonlar yuzaga chiqishni istadi. Futzalchilarimiz buni uddalasholmadi, aniqrog‘i, hattoki, Mendezdek murabbiy ham qaysidir pallada tajribasizlik qildi. Mana, endi ayon bo‘ldiki, futzalchilarimiz Panama termasini yengishga ruhan tayyor bo‘lisholmagan. Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvligi uchun shunday hol yuzaga keldi, deyish juda yengil sabab hisoblanadi. Negaki, buni barcha biladi. Hammaga ma’lum sababni yengish esa, nisbatan osonroq. Kimdir «Yozish muammo emas, dastlabki bahsdagi hayajonni yengish muammo», der balki. Yo‘q, yozish ham oson emas. Ma’lum mulohazalarni ko‘pchilik e’tiboriga havola qilish muxlislar ko‘z o‘ngida gol urish kabi mas’uliyatlidir. Islom Slimani «Lester» tarkibidagi debyut o‘yinida qaysi omilga ko‘ra, «dubl»ga erishdi? Nima, uni hayajon bosmaganmi? Bosgan, albatta. Sportchi borki, buni hamisha his qilib turadi. Far­qi shundaki, bahsga tom ma’noda tayyor sportchi hayajonni o‘z vaqtida uzoqlarga uloqtiradi. Bizningcha, «Lester» debyutanti aynan shunday yo‘l tutgan. Demoqchimizki, futzalchilarimiz ham shu yo‘ldan borishganida, ehtimol, hozir barchamiz «pley-off»ni orziqib kutayotgan bo‘larmidik?! Mayli, hechqisi yo‘q. Vakillarimiz, muhimi, jahon chempionatida ishtirok etish vazifasini uddalashdi, bu borada muxlislarni uyaltirishmadi. Maydon egalarini tahlikaga tushirgan shovvoz yigitlar futzal dunyosini sergak torttirishgani aniq. Demak, futzalchilarimizdan yangi g‘alabalar kutishga haqlimiz.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, muxlislar «Lokomotiv»ning OChLdagi g‘alabasini shunday haqli nigoh bilan kutishgandi. Afsuski, «temiryo‘lchilar» ishonchni oqlashmadi. Biz ularning yarasiga yana tuz sepish fikridan yiroqmiz. Lekin boy berilgan imkon xususida ham so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Ana, «MYu» kuchli tarkibi bilan ketma-ket 3 ta o‘yinni boy berdi. Boringki, «Manchester derbisi»dagi mag‘lubiyat tushunarli. Har holda, raqib murabbiyi -Gvardiola va «Siti» tarkibi ham «MYu»ga munosib. Ammo keyingi ikki safar uchrashuvidagi omadsizlik mas’uliyati Joze Mourino zimmasida. «MYu»ning oltin tarkibi hozirgi kunda potensial imkoniyatlar nuqtai-nazaridan jahonning eng kuchli jamoalari bilan bellashishga qodir. «Feyenoord» va «Uotford»ga imkoniyatning boy berilishi esa, fikrimizcha, raqib kuchini to‘g‘ri baholamaslik natijasidir. Bu «MYu»ni yenggan ikki klub o‘ta kuchli, degan xulosani bermaydi, albatta. Har ikkisi nisbiy ma’noda «MYu»dan ustun kelishi mumkin edi va shu nisbiylik amalga oshdi. Dastlabki turlarda to‘liq ko‘ringan «MYu»dagi zaryad tugab borayotgandek, to‘g‘rirog‘i, Mou­rino shu zaryadni to‘ldirolmayotgandek. «Lokomotiv» bilan ham shunga o‘xshash holat yuz berdi. Butun mavsum davomida g‘alaba gulxanini yoqqan jamoa eng muhim o‘yinda, boz ustiga, muxlislari ko‘z o‘ngida raqibga taslim bo‘ldi. Ming-minglab muxlislar so‘nggi daqiqalarga qadar «Loko» o‘z so‘zini aytishiga ishonishdi. Yo‘q, umidlar puchga chiqdi. «Real» oxirgi pallagacha kurashib, «Sporting» «sensatsiya»siga yo‘l qo‘ymadi. «Loko» esa bu ishni eplolmadi. Alamli, juda alamli.

Xayriyatki, Temur Olimxo‘jayev shogirdlari muxlislar qalbidagi mag‘lubiyat g‘uborini yuvib yuborishdi. Tailandlik o‘smirlar ham vakillarimizga jon-jahdlari bilan qarshilik ko‘rsatishdi. Agar ular ikkinchi bo‘lim boshida penaltini aniq amalga oshirishganida, bilmadik, voqealar rivoji qanday tus olardi. Dastlabki turda vakillarimiz «Raqib imkoniya­ti darajasida gol uraversin, baribir, biz undan ko‘proq uramiz» qabilida ish tutishdi, go‘yo. Ularning har bir bahsda bu kabi «shou» uyushtirishlari muxlislar uchun yoqimli, albatta. Biroq shu ruhga ko‘nikib qolish xavfi mavjudligini ham unutmaslik darkor. Zero, o‘smirlarimiz hozircha jiddiy raqiblar bilan kuch sinashishmadi. Ular «Andijon» va «Qo‘qon-1912» jamoalari kabi jiddiy raqiblar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishsa, jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilishadi. Ha, ishonavering, ayni payt «Nasaf» «Andijon» uchun, «Metallurg» esa «Qo‘qon-1912» uchun jiddiy raqib sanaladi. Durang va g‘alaba vodiyning ikki klubi uchun arzirli natija. Qarangki, ularga qarama-qarshi o‘laroq, «Navbahor» autsayder jamoadan yirik hisobda yengildi. G‘alati ziddiyat, to‘g‘rimi? Bu kabi ziddiyatning sababi nimada? Ishonchimiz komilki, zukko muxlislarda bunday savollarga asosli javoblar mavjud. Shu kabi savol-javoblar muhokamasi bor ekan, futbolimiz taraqqiy etib boraveradi.

Muhammad Vali

Manba: Interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031