Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 206           Дата: 21-09-2016, 07:32          
Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi

Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi imzolangan. Bu haqda O‘zbekiston televideniyesi orqali ma’lum qilindi, deyiladi "Kun" nashrida.

Unga ko‘ra, oltin medal olgan paralimpiyachilarga 200 ming dollar, kumush medal olgan paralimpiyachilarga 100 ming dollar, bronza medal olgan sportchilarga esa 75 ming dollar miqdoridagi pul mukofotlari tayinlangan.

Pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

Farmoyishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilishi belgilangan.

Shuningdek, sportchilarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali yengil avtomobillari topshiriladi.

Ushbu farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan yengil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga medallar olib kelgan barcha sportchilar ro‘yxati:

Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebayev - dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.);
7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish;
8. Nozimaxon Qayumova - nayza uloqtirish.

Kumush medallar:
1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.);
5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish;
6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar:
1. Sevinch Salayeva - dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jayev - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboyev - dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.);
10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliyev - uzunlikka sakrash;
12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.);
13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.);
14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta;
15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish;
16. Muzaffar Tursunxo‘jayev - erkin usulda suzish (50 m.);
17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн