Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

YeChL, 1-tur: Rekordlar, faktlar, raqamlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116           Дата: 20-09-2016, 13:44          
YeChL, 1-tur: Rekordlar, faktlar, raqamlar

O‘tgan hafta barchamiz sabrsizlik bilan kutgan Yevropa chempionalar ligasi boshlandi va turnirning 1-turi ortda qoldi. Quyidagi maqolamizda 1-turdagi faktlar hamda texnik ko‘rsatkichlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

6 - Lionel Messi ChLda 6-marta «xet-trik» qayd etdi. U bu borada yaqqol peshqadam. Umuman, Messi gol urgan o‘yinlarda «Barselona» atigi 2 marta yutqazgan.

7 - Karlo Anchelotti ChLda 7ta klub bilan ishlagan birinchi murabbiy sifatida futbol tarixiga kirdi. Uning ChLda boshqargan klublari: «Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Real», «Bavariya».

20 - «Beshiktosh» klubi 22 yoshli Taliskani joriy yil 24 avgust kuni «Benfika»dan 2 mln. yevro evaziga 1 yil uchun ijaraga olgandi. Bu futbolchi oradan 20 kun o‘tib, 90+3-daqiqada sobiq klubi darvozasiga gol urib, yangi jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

20 - «Arsenal» ustozi Arsen Venger ChLda 20-mavsumini qarshi oldi. Bu borada ikkinchi yaxshi ko‘rsatkich ser Aleks Fergyusonga tegishli - 18 mavsum. Aytgancha, Venger o‘tgan mavsumda ChLda 50 martadan ko‘p mag‘lubiyatga uchragan ilk murabbiy bo‘lgandi.

27 - 23 yoshli hujumchi Alvaro Morataning yevrokuboklarda urgan gollari soni 27taga yetdi. U shundan 20tasini «Yuventus» va 7tasini «Real»da nishonlagan.

38 - SSKA (Moskva) posboni Igor Akinfeyev ChLda ketma-ket 38-o‘yindirki, gol qo‘yib yuboryapti. Uning antirekordi 2006 yilning 1 noyabr kuni Londonda «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yin (0:0)dan so‘ng boshlangandi.

50 - Krishtianu Ronaldu ChL guruh bosqichida 50-golini nishonladi. U ayni payt bu borada faqat Raul Gonsales («Real» va «Shalke»da 53ta gol)dan ortda qolyapti.

85011 - «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan «Tottenxem»-«Monako» bahsini 85011 muxlis bevosita kuzatdi. Shu bilan London klubi ChL doirasidagi uy uchrashuvida eng ko‘p muxlis to‘plagan ingliz jamoasi bo‘lib oldi.

1500000 - joriy mavsum guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun klublar 1,5 mln. yevrodan olishadi.

TEXNIK KO‘RSATKIChLAR

Darvoza tomon aniq zarba: 5ta - Serxio Aguero («Manchester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya» D.), Lionel Messi («Barselona»)

Darvoza tomon noaniq zarba: 4ta - Kevin Gameyro («Atletiko»); 3ta - Usmon Dembele («Borussiya» D.), Xose Iskerdo («Bryugge»), al Arabi Sudani («Dinamo» Z.)

Sariq kartochka: 2ta - Sergey Sidorchuk («Dinamo» K.), Olive Jiru («Arsenal»), Marko Verratti («PSJ»), Yan Gregush («Kopengagen»). Jami 51ta sariq kartochka ko‘rsatildi

Qizil kartochka: 1ta - Sergey Sidorchuk («Dinamo» K.), Olive Jiru («Arsenal»), Marko Verratti («PSJ»), Yan Gregush («Kopengagen»)

Eng ko‘p gol urgan jamoalar: 7ta - «Barselona»; 6ta - «Borussiya» D.; 5ta - «Bavariya». 9ta jamoa hali gol urmadi

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 6ta - «Barselona», «Borussiya» D.; 5ta - «Bavariya»

Futbolchilari bosh bilan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 2ta - «Borussiya» D., «Napoli»

Futbolchilari chap oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 4ta - «Barselona»; 3ta - «Borussiya» D.

Futbolchilari o‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 3ta - «Barselona»; 2ta - «Bavariya»

Penaltidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: 1ta - «Bavariya», «Manchester Siti», «Lester»

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoa: 4ta - «Bryugge»

Sariq kartochka olmagan jamoalar: «Bavariya», SSKA, «Rostov», «Yuventus»

Boshqalarga nisbatan eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: 7 marta - Adama Traore («Bazel»); 6 marta - Franko Vaskes («Sevilya»)

Qo‘pollikdan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: 7 marta - Jonatan Kafu («Ludogorets»), Franko Vaskes («Sevilya»), Pablo Dibala («Yuventus»), Virjil Misijan («Ludogorets»)

Eng ko‘p «ofsayd»ga tushgan futbolchilar: 3 marta - Per-Emerik Obameyang («Borussiya» D.), Anxel di Mariya («PSJ»), Rikardo Kuarejma («Beshiktosh»), al Arabi Sudani («Dinamo» Z.)

Eng yaxshi to‘p oshiruvchilar - Jorjino («Napoli», 120tadan 112tasi aniq, 93 foiz aniqlik); Joshua Kimmix («Bavariya», 111tadan 102tasi aniq, 92 foiz aniqlik); Andre Gomesh («Barselona», 103tadan 99tasi aniq, 95 foiz aniqlik)

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: 3ta - Lionel Messi («Barselona»); 2ta - Riyod Mahrez («Lester»)

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: 2ta - Serxio Aguero («Manchester Siti»)

Bosh bilan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: 2ta -Arkadiush Milik («Napoli»)

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchi: 3ta - Lionel Messi («Barselona»)

Eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar: 12754 metr - Jorjino («Napoli»); 12564 metr - Bernardu Silva («Monako»); 12449 metr - Oliver Torres («Portu»). Atigi 7 nafar futbolchi 12 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tdi

Eng ko‘p «pas» uzatgan jamoalar: 852ta - «Barselona» (91 foizi aniq); 797ta - «Bavariya» (90 foizi aniq); 679ta - «Bayer» (83 foizi aniq)

Eng kam «pas» uzatgan jamoalar: 247ta - «Rostov» (72 foizi aniq); 284ta - «Legiya» (78 foizi aniq); 324ta - «Seltik» (84 foizi aniq)

To‘pga egalik qilish bo‘yicha yetakchi jamoalar (foiz hisobida): 72 - «Bavariya»; 67 - «Barselona»

To‘pga egalik qilish bo‘yicha maqtanolmaydigan jamoalar (foiz hisobida): 28 - «Rostov», 33 - «Seltik»

Eng «qo‘pol» o‘yin: «PSJ»-«Arsenal», 22ta qo‘pollik, 6ta sariq va 2ta qizil kartochka

Eng «intizomli» o‘yin: «Bavariya»-«Rostov», 25ta qo‘pollik, sariq va qizil kartochka yo‘q

Darvoza tomon eng ko‘p zarba berilgan o‘yin: «Legiya»-«Borussiya» D., 37ta zarba (17tasi aniq)

To‘purarlar: 3ta - Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lionel Messi («Barselona»); 2ta - Joshua Kimmix («Bavariya»), Riyod Mahrez («Lester»), Arkadiush Milik («Napoli»), Luis Suares («Barselona»)

Assistent: 4ta - Neymar («Barselona»)

Farruxjon Fayziyev tayyorladi

Manba: Interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн