Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Oltin qafas» tutqunlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50           Дата: 15-09-2016, 13:02          
«Oltin qafas» tutqunlari

Yozgi transfer darchasi yopilishi futbolchilar o‘rtasidagi «keldi-ketdilar»ga uzil-kesil chek qo‘ydi. Kimdir mamnuniyat bilan yangi jamoasi tomon yo‘l olgan bo‘lsa, kimlardir torlik qilib qolgan go‘shani tark etolmaganidan xomush tortdi. Quyidagi maqola o‘z qarorgohini o‘zgartirish niyatida bo‘lgan, lekin orzulari ro‘yobga chiqmay qolgan futbolchilar haqida.

M~Vilaning ko‘z yoshlari

Yan M~Vila - ajabtovur yigitlar toifasidan. U kabilarni odatda, tantiqlar sirasiga kiritishadi. Lekin nima bo‘lganda ham yuksak mahorat sohibi ekaniga shubha yo‘q. Shu yuksak mahorat sohibi transfer mavsumining oxirgi kunida yana bir marta achchiq qismat alamini tatib ko‘rdi. O‘sha kuni VVS, SkySports va Britaniyaning boshqa yetakchi OAVlari kun bo‘yi M~Vilaning APLga qaytishi haqida bong urdilar. Ko‘pchilik futbolchining yana «Sanderlend» safidan joy olishini taxmin qilgandi. Yan esa o‘z rejalarini pinhon tutishni istamay, ijtimoiy tarmoqlar orqali «Xitrou» aeroportida tushgan fotosuratini namoyish etdi.

Biroq vaqt shiddat bilan o‘tib borar, M~Vilaning transferi haqidagi xabardan esa darak yo‘q edi. M~Vila yangi yilga qadar «Rubin»da to‘p sura oladi. Balki ana shu davr ichida «Sanderlend» mutasaddilari qozonliklar talab qilayotgan 10 mln. yevroni jamlab, Yanni o‘z saflariga qaytarishar?

Piterliklar «qafas»idagi Vitsel

Belgiyalik futbolchi ham «Zenit»ni tark etish niyatida. U hatto, «Yuventus» bilan shartnoma imzolash uchun Turinga uchib borgan, turinliklar ham bunga qarshi emasdilar. Biroq so‘nggi pallada «Zenit» kelishuvdan bosh tortdi. Shu tariqa Akselning transfer qissasi samarasiz yakunlandi. 13 soat vaqtini «Keksa sinora» ofisida o‘tkazgan futbolchi shundan keyin «Tvitter» orqali faylasuflarga xos fikr bildirdi: «Kutish qanchalik uzoqqa cho‘zilsa, mukofot shunchalik lazzatli bo‘ladi. Hayot davom etmoqda!».

Xullas, Aksel «Zenit» tarkibida qoldi. Turin grandi uni qishda 5-6 mln. yevro evaziga xarid qilishi yoki yozda Vitsel erkin agent maqomida Italiyaga yo‘l olishi mumkin.

Shvaynshtaygerning ayanchli holati

Chorshanba oqshomida muxlislar yana bir taniqli yulduz - Bastian Shvaynshtaygerning ko‘z yoshlariga guvoh bo‘lishdi. Shundoqqina yashil maydonning o‘zida! To‘g‘ri, Shvaynining ko‘z yoshlari Germaniya terma jamoasi safida oxirgi marta maydonga tushgani tufayli yuzaga kelgandi. U bundan keyin «MYu» tarkibida ham maydonga tusholmasligi mumkin. Boisi, Mourino bu futbolchini o‘z sxemasiga kiritmagan.

Qolaversa, jamoa yaqinda Pol Pogbani xarid qildi. Shunga qaramay, Bastian o‘zini xotirjam tutishga harakat qilmoqda: «Albatta, asosiy maqsadim - «MYu»ga yordam berish. Mourino bilan munosabatimda hech qanday muammo yo‘q. O‘zaro suhbat chog‘ida o‘zining nuqtai nazarini izhor etdi, men o‘z rejalarimni aytdim. Sentyabr-oktyabr oylaridagi o‘yinlardan keyin bir to‘xtamga kelsak kerak.

Muhimi - bir-birimizni hurmat qilamiz. Albatta, hozircha futbol bilan xayrlashish niyatim yo‘q. «MYu» safida maydonga tushish va ishonchni oqlash uchun beriladigan imkoniyatni sabrsizlik bilan kutaman». Mazkur e’tirofni futbolchi 30 avgust kuni aytgandi. Ertasiga hech qanday o‘zgarish ro‘y bermadi. Hozircha u «MYu» o‘rinbosarlari safida mashq qilmoqda, asosiy tarkibdan joy olishiga hech kim kafolat bermagan. Shu sababli haftasiga 140000 funt ish haqi oladigan futbolchi «oltin qafas tutquni» bo‘lib turibdi.

Sardor Lass

Lassana Diarra ham Marseldagi «kema»sini tark etishga ulgurmadi. Vaholanki, u anchadan beri shunday niyatda edi. Bir mavsum davomida o‘z yurtida namoyish etgan o‘yinlari evaziga Diarra xaridorlar qurshovida qoldi. Bilmadik, futbolchi yuqoriroq saviyadagi jamoalardan biriga o‘tish niyatida edimi yoki mo‘may daromad ilinjidami, har holda, uning transferi xususidagi gap-so‘zlar sira to‘xtamadi. Hatto, qo‘shimcha «zayavka»lar qabul qiladigan davrning so‘nggi daqiqalarida ham uning taqdiri aniq emasdi. Biroq fransiyalik futbolchi hech qayerga ketmadi. «Marsel»ning rasmiy bayonotiga ko‘ra, sardor mavsum oxiriga qadar jamoa sharafini himoya qiladi.

Niass - liverpulliklar «mahbusi»

- Agarda Niassda futbol o‘ynash ishtiyoqi bo‘lsa, «Everton»ni tark etishi lozim!, - jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ronald Kuman ana shunday keskin fikr bildirdi. «Loko»ning sobiq a’zosini liverpulliklar o‘tgan mavsumda - Roberto Martines davrida xarid qilishgandi. Afsuski , Umar APLga moslasha olmadi, maydonga juda kam tushdi. Oqibatda «Everton» muxlislarida unga nisbatan e’tirozlar ko‘payib bordi. To‘g‘ri, Rossiyaning bir qator jamoalari, jumladan, «Lokomotiv», «Spartak» va SSKA Umarga jiddiy qiziqish bildirishdi. Biroq Rossiyada istiqomat qilishni istamagan Niassning rafiqasi ortga qaytishga to‘sqinlik qildi.

Codiq SOBIR tayyorladi

Manba: interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн