Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 9-o‘rinda bormoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 149           Дата: 13-09-2016, 10:37          
Rio Paralimpiyasi: O‘zbekiston 9-o‘rinda bormoqda

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining suzish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Musabekov va Fotima Omilova terma jamoamiz hisobiga yana ikkita oltin medalni keltirdi.

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga brass usulda suzish bo‘yicha kuch sinashgan Firdavs Musabekov 1 daqiqa 04.94 soniya natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yo‘nalishdagi xotin-qizlar bahsida iste’dodli sportchimiz Fotima Omilova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 100 metr masofani 1 daqiqa 12.45 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini yangiladi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Kecha, 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha Dmitriy Xorlin, 100 metrga estafeta bahslarida esa Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliyev, Faxriddin Hamroyev kabi sportchilar ishtirok etdi.

Erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarining final bosqichida ishtirok etgan Dmitriy Xorlin 4:06. 63 daqiqalik natijani qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Pauyerlifting bo‘yicha -80 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida ishtirok etgan Ahror Bozorov 207 kilogrammli toshni ko‘tarib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6ta oltin, 4ta kumush va 13ta bronza medali bilan 9-o‘rinda bormoqda.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031