Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boks, futbol va biroz hakamlik haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 174           Дата: 12-09-2016, 10:03          
Boks, futbol va biroz hakamlik haqida

Yaqinda tanishlardan biri aytib qoldi, so‘nggi vaqtlarda boks to‘garagiga kelayotgan bolalar soni bir necha barobarga oshib ketibdi. «Ilgari 25-30 sportchi shug‘ullangan seksiyaga oxirgi bir haftada 240 ta ariza kelib tushdi», - dedi u. Shunga o‘xshagan gapni biroz oldin ijtimoiy tarmoqda ham o‘qigan edim. Boksga bo‘lgan talab keskin oshib ketganidan bolalarni mash-g‘ulot zaliga sig‘dira olishmayotgan ekan.

Bu qiziqishning sababini juda yaxshi bilamiz. Rio-2016 nafaqat o‘zbek sporti, balki butun dunyo boksi uchun ulkan voqelik bo‘ldi. Shu vaqtga qadar MDHga a’zo davlatlardan birortasi hali boks bo‘yicha Kubani ortda qoldira olmagan ekan.

Bu ishni ilk marta o‘zbek bokschilari amalga oshirdilar - sensatsion tarzda. Hamyurtlarimiz boks bo‘yicha Olimpiadada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu natija hali uzoq vaqt tillarda doston bo‘lishi turgan gap. Endi o‘ylab ko‘ring, shundan keyin ham O‘zbekistonda boksga qiziqish oshmasinmi?

FUTBOL

Ammo shunga qaramay, baribir, tan olish kerak, O‘zbekistonda birinchi raqamli sport turi bu - futbol. Millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqish hech qachon pasaymagan. Tan olaylik, oramizda umrida bir bora boks qo‘lqopini kiyib ko‘rmaganlar bo‘lishi mumkin, ammo to‘p tepmagan odamni kunduzi chiroq yoqib qidirishga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda hatto eng uquvi yo‘q bola ham hech bo‘lmasa darvozada turadi, futbol o‘ynaydi. Shunday ekan, bizda sportning mazkur turiga qiziqish har doim bo‘lgan. Bu qiziqish qay darajada qo‘llab-quvvatlangani esa, boshqa masala.

Yurtimizda so‘nggi yillarda futbol rivoji uchun juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Yangi stadionlar qurildi, eskilari ta’mirlandi va foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bolalar maktablari borasida ham ko‘p ishlar qilindi. Moddiy-texnika bazasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Biz bu haqida gapirishni juda xush ko‘ramiz, ammo afsuski, bolalar futbolini rivojlantirishda faqat shuning o‘zi yetarli bo‘lmas ekan. Jahon futboli tajribasi shuni ko‘rsatdiki, metodik ish uslubi va seleksiya borasida ham yangilikka qo‘l urilmas ekan, moddiy-texnika bazasidan ko‘p naf olish qiyin. Bizda bolalar futbolga qanday jalb qilinadi? Keling, hozir shu masalada bitta misol keltirsak.

KATTA TAFOVUT

Kasbimiz jurnalist bo‘lgani va futbolni yoritganimiz vajidan tabiiyki, bu sohada tanishlar ham yetarli. Murabbiy va futbolchilar orasida yurgandan so‘ng ko‘pi bilan salom-alik quyuqlashib, yaqinlashib ketasiz. Bu esa, o‘z navbatida, millionlar o‘yiniga muxlislik qiladigan va farzandini kelajakda yashil maydonda ko‘rishni istaydiganlarning iltimoslariga ham sabab bo‘ladi. Tan olaman, shaxsan o‘zim shu vaqtga qadar ancha-muncha nomzodlarni hali u va hali bu murabbiyga taklif etganman.

Ular esa, albatta, yangi iqtidorni ko‘rikdan o‘tkazib ko‘rganlar. Biroq hamma gap shundaki, o‘z qishlog‘ida to‘p surganda ancha-muncha Maradonani uyaltirib qo‘yadigan o‘sha iqtidorlarning hech biri o‘z o‘rnini topib keta olmadi.

Har holda men ko‘rganlar shunday. Chunki qishloq maydonida o‘ynash boshqa, professional murabbiyning talablariga mos ravishda to‘p surish - mutlaqo boshqa masala. Afsuski, o‘z qishlog‘ida «yulduz» bo‘lgan bolalar har doim ham professional maktabda o‘z o‘rinlarini topib ketishmaydi. Bunday misollar bir menda emas, boshqalarda ham bir talay. Xo‘sh, bunga sabab nimada?

UZOQDAGI IQTIDORLAR

Bilasizmi, biz bir masalada yozg‘irishni ko‘p ko‘rganmiz. «Mening mahallamda yoki qishlog‘imda iqtidorli yoshlar ko‘p, faqat ularni ilg‘ab oladigan mutaxassislar yo‘q», deyishadi. Balki o‘zingiz ham aytgandirsiz. Darhaqiqat, kim bilan gaplashmang, mana shunday iqtidordan kamida ikki-uch nafarini misol qilib keltirishi mumkin. O‘sha iste’dod sohiblari qishloq yoki tuman miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda shunday mahorat namoyish etishadiki, hayratdan yoqa ushlaysiz.

Biroq shaxsiy tajribamizda bu bolalarning 80 foizi rosmana futbol maktabiga kelganda, eng minimal talabga ham javob bera olmay qolganini ko‘p ko‘rganmiz. Nima uchun? Chunki professional futbolda o‘yinchiga qo‘yiladigan talab mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Bola qachon, qayerda bo‘lishni va qanday ishlarni bajarishni bilishi kerak, shunga monand fikrlashi lozim. Biroq u yoshligidan ustoz ko‘rmagan bo‘lsa, buni bilishi juda qiyin. Murabbiylar tilida bunday bolalarni «maktab ko‘rmaganlar», deyishadi.
Albatta, bu borada shaharlarda vaziyat ancha yaxshi. Chunki futbol maktablari bor va kimning qandayligini juda erta bilib olish mumkin. Biroq har bir qishloqda ham bunday maktablar mavjud emas. Havasmand otalar esa uzoq qishloqlardan bolalarini futbol maktabiga olib kelishga qiynalishadi. Bu yoshda futbolchini biror jamoa o‘rinbosarlari safida olib qolish uchun u Messidek bo‘lmasa ham, ancha-muncha potensialga ega bo‘lishi lozim. Bundaylar esa bilamizki, juda kam.

Biz yuqorida Olimpiadadagi g‘alabadan so‘ng boksga qiziqish oshganini yozdik. Nasib qilsa, bu qiziqish yaqin yillarda samara keltiradi. Chunki boks bilan shug‘ullanadiganlar qancha ko‘paysa, shuncha yaxshi. Qiziq tomoni, futbolga bolalarni qiziqtirish uchun biror g‘alaba ham shart emas. Futbol shunisi bilan ham millionlar o‘yiniki, uni hali biror chempion chiqmagan Botsvanada ham, chempionlar o‘lkasi - Germaniyada ham qiziqib o‘ynaydilar. Faqat hamma gap shundaki, uning rivojini ta’minlash uchun o‘sha qiziqishni to‘g‘ri yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Aks holda, hech qachon Botsvana darajasidan Germaniya saviyasiga ko‘tarila olmaysiz. Afsuski, bizda aynan shu masalada hali qilinadigan ishlar ko‘p. Keling, endi futboli rivojlangan o‘lkalarda vaziyat qandayligini bir ko‘rib chiqsak.

GERMANIYa

Germaniya terma jamoasi JCh-2014ning haqiqiy kashfiyoti bo‘ldi. Nemislar o‘zi shundoq ham mundialga favoritlar safida borgan edilar. Ammo hech kim ularning futbol afsungarlari - Braziliya terma jamoasi ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozonishlarini kutmagani aniq. Yakunda shunday bo‘ldiki, Germaniya jamoasi JCh finalida Messidek yulduzi bor Argentina termasini ham mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bunga qadar o‘zi shundoq ham nemis futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar hammaning tilida edi. Jahon chempionatidagi g‘alaba esa nemislar to‘g‘ri yo‘lda ekanini yana bir bor isbotladi.

Xo‘sh, ularning yo‘li nimadan iborat? Gap shundaki, Germaniya futbolida yo‘lga qo‘yilgan ish tizimi tufayli iqtidorli bolalarning hech biri nazardan chetda qolib ketishi mumkin emas. Buning shunchaki iloji yo‘q. Chunki barcha hududlarning o‘z ish tizimi mavjud. Unga ko‘ra, har yili muntazam ravishda bolalar uchun yoppasiga ko‘rik o‘tkaziladi. Qishloq va mahallalarning o‘z futbol markazi bor va 7-8 yoshli bolakaylar har yili o‘sha yerda ko‘rikdan o‘tadilar. Iqtidorli deb topilgan bolalardan guruhlar tuziladi va malakali murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulot boshlaydilar. Ammo bu hali hammasi emas. Mana shu bolalar ichida eng iqtidorlilari tanlab olingach, alohida elit guruhlarga jalb etilib, yanada malakaliroq bo‘lgan murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanadilar. Ularning iqtidori o‘stirib boriladi va voyaga yetgach, eng yaqin hududdagi professional futbol klubiga taqdim etiladi. Shu tariqa har yili o‘tkaziladigan tadbirlar tufayli hech kim nazardan chetda qolmaydi. JCh-2014 finalida gol urgan Mario Gyotse ham, unga to‘p uzatib turgan Mesut Ozil, Tomas Myuller, Mario Gomes va Sami Xediralar ham aynan shu tizim mevasi hisoblanadilar.

PULINI KIM TO‘LAYDI?

Albatta, bunday katta hajmdagi ish shunga monand xarajat ham talab qiladi. Qiziq tomoni shundaki, bolalardagi iqtidorni aniqlash ishi to‘lig‘icha Germaniya futbol ittifoqi gardaniga tushadi. Ammo uning rohatini eng avvalo, klublar ko‘radi. Chunki kashf etilgan iqtidorlar to‘lig‘icha ularga yetkazib beriladi. Tabiiyki, bunday vaqtda savol paydo bo‘lishi turgan gap - Germaniya futbol ittifoqiga bundan nima naf?

Ha, naf bor ekan. Bo‘lganda ham juda katta naf. Gap shundaki, Germaniya futbol ittifoqi shu tariqa turli yoshdagi terma jamoalar uchun nomzodlarni bolalikdan bevosita tarbiyalab borish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Tayyorgarlik ma’lum bosqichga yetgach, qolgan mas’uliyat klublar zimmasiga yuklanadi va bu bilan ularni ham ishlashga majbur qilinadi. Boshqacha aytganda, Germaniya futbol ittifoqi boshqa federatsiyalar singari futbolchilar yetkazishda «olma pish, og‘zimga tush», deya qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi, balki klublar bilan bahamjihat ish olib boradi. Germaniyada «asosiy maqsadimiz - terma jamoaga futbolchi yetkazib berish», deydigan klublar yo‘q. Shuningdek, federatsiya ham «falon klubga rahmat, u terma jamoa uchun hammadan ko‘p futbolchi yetkazib berdi», demaydi, minnatdorchilik xati yo‘llamaydi. U yerda hamma o‘z manfaatidan kelib chiqib ish yuritadi va shunga yarasha foyda ko‘radi.

O‘RGANISh ZIYoNQILMAYDI

Endi shu tizimni o‘zimizda ham joriy etish haqida o‘ylab ko‘rsak. Boya ta’kidladik, yurtimizda iqtidorlar har doim bo‘lgan. Har birimiz o‘z qishlog‘imizdan iste’dodli yoshlarning anchasini topib berishimiz mumkin. Biroq hamma gap shundaki, ular o‘z vaqtida futbol maktabiga jalb etilmaydilar va ko‘pincha suyaklari qotib bo‘lgach, ko‘rikdan o‘tish uchun biror klubga boradilar. Biroq g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgach, har qanday urinish samara keltirmasligi mumkin. Ko‘cha tilida aytganda, «poyezd ketib bo‘lgan».

Germaniya tajribasini o‘zlashtirish orqali esa o‘sha poyezdga ulgurishning uddasidan chiqqan bo‘lardik. Aks holda, futbolga qiziqish katta bo‘lsa-da, nima uchun boksdagidek g‘alabalarga erishmayotganimizga hayron bo‘lib yuraveramiz. Aslida, boks, karate, kurash va boshqa yakkakurashlarda g‘alaba qozonish jamoaviy sport turiga nisbatan boshqacha kechishini o‘ylab ko‘rmaymiz. Boks yoki kurashda bir insonning iroda kuchi va matonati tufayli qatorlashtirib medallar olish mumkin, ammo futboldek jamoaviy sport turida hamma ishni bahamjihat bajarish talab etiladi. Yodingizda bo‘lsa, JCh-2010da Ravshan Ermatov ajoyib hakamligi bilan tilga tushganda ham ko‘pchilik farzandining qo‘lida hushtak ko‘rishni xohlab qolgan edi. O‘shanda o‘zimning bir qator tanishlarim ham hakamlikka o‘tib ketishgan, balki yaqin vaqtlar ichida ulardan ham malakali referi yetishib chiqar.

Biroq futbolda ham shunday natijaga erishish uchun ish tizimini o‘zgartirish lozimga o‘xshaydi. Biz endi bizdan ko‘ra yaxshiroq biladiganlardan o‘rganishimiz kerak. Ammo shuni tan olishga qurbimiz yetarmikan? Bunisi endi boshqa masala...

Zafar QOSIMOV

Manba: interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031