Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qatarda kim qanday bahoga loyiq bo‘ldi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93           Дата: 9-09-2016, 08:03          
Qatarda kim qanday bahoga loyiq bo‘ldi?

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichidagi ikkinchi o‘yinini ham g‘alaba bilan yakunladi. Doxadagi «Al-Sadd» stadionida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan vakillarimiz Yegor Krimetsning yagona goli evaziga zafar quchishdi.

Xo‘sh, uchrashuvni futbolchilarimiz qanday o‘tkazishdi? Quyida ularning ko‘rsatgan o‘yinlarini baholab chiqamiz:

Aleksandr Lobanov - 8

Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuvda darvozabonimiz deyarli ishsiz qolib ketgandi. Ammo Doxada unga yetarlicha ish topildi. Lobanov bir qator vaziyatlarda jamoamizni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Shuningdek, to‘pga chiqishlarda ham ancha faol harakat qildi.

Islom To‘xtaxo‘jayev - 6

Islom To‘xtaxo‘jayevni terma jamoada eng bo‘sh o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan, desak mubolag‘a bo‘lmas. Ayniqsa, birinchi bo‘limda Islomga qarashli bo‘lgan o‘ng qanotdan qatarliklar bir nechta hujumlarni uyushtirishdi. Ko‘pincha u raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ammo ikkinchi bo‘limda birinchisiga qaraganda nisbatan yaxshiroq o‘ynadi.

Yegor Krimets - 8

Markaziy himoyada o‘ynagan Krimetsga gap bo‘lishi mumkin emas. Uchrashuvda mezbonlar o‘rtadan deyarli yorib kirishmadi. Buning ustiga, Yegor jamoamizga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. U Aleksandr Geynrixning standart vaziyatdan uzatgan to‘pini boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Anzur Ismoilov - 7,5

Asosiy himoyachimiz o‘z vazifasini yaxshi bajardi. Markazda Krimets bilan tandem hosil qilgan Ismoilov pozitsiyasini bo‘shashtirmadi. Ayniqsa, raqib futbolchilaridan to‘pni olib qo‘yishda faol bo‘ldi.

Vitaliy Denisov - 7,5

Suriya termasiga qarshi bahsda eng faol o‘yinchilardan bo‘lgan Denisov bu safar ham bo‘shashmadi. O‘z qanotini mustahkam himoyalash bilan birga, terma jamoamizning hujumlarini boshlab berishda ham jonbozlik ko‘rsatdi.

Otabek Shukurov - 7

Otabekning o‘yiniga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Faqatgina unga xalqaro uchrashuvlardagi tajriba biroz yetishmadi. Muhim o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgani bois ham biroz bosimni his qilgan bo‘lishi mumkin. Lekin baribir, Shukurov vazifasini yaxshi bajardi.

Odil Ahmedov - 8

Ahmedov birinchi bo‘limda unchalik ko‘zga tashlanmadi. To‘g‘ri, ayrim vaziyatlarda uzoqdan zarba berib, raqibni cho‘chitib turdi. Lekin o‘z imkoniyati darajasida harakat qila olmadi. Ammo tanaffusdan so‘ng ancha yaxshi o‘ynadi. Ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda vaqt o‘tkazish «tryuki»ni qoyilmaqom bajardi.

Server Jeparov - 6,5 (Javohir Sohibov - ballsiz)

Jeparov Suriya termasi bilan bo‘lgan o‘yinda ajoyib harakat qilgandi. Ammo Doxada u muxlislar kutganchalik o‘ynay olmadi. To‘g‘ri, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisiga o‘yin bermaslik uchun raqiblar ham astoydil harakat qilishdi. Keyinchalik Babayan uning o‘rniga Javohir Sohibovni maydonga tushirdi. Aytish joiz, bu futbolchiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘lmadi. Aniqrog‘i, vaqt yetishmadi. Ammo tan olish kerak, bir vaziyatda Javohir uzoqdan zarba berish qobiliyati borligini namoyish qildi.

Eldor Shomurodov - 7

Shomurodov birinchi bo‘limda aytarli ko‘rinmadi. Albatta, u hujumchi va unga to‘p yetkazib berilgan vaziyatda o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Ammo zamonaviy futbolda hujumchilar ham ortga qaytib, o‘zlari uchun imkoniyat yaratishlari talab etiladi. Ikkinchi bo‘limda Eldor himoya va yarim himoyada ham o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi.

Sardor Rashidov - 6 (Aleksandr Geynrix - 8,5)

Qatarda o‘ynash hadisini olgan Sardor Rashidovdan muxlislar ko‘p narsa kutishgandi. Biroq ushbu futbolchi biz istagan o‘yinni namoyish qilolmadi. Driblingi yuqori bo‘lgan vinger raqib o‘yinchilarini deyarli aldab o‘ta olmadi. Bejizga Babayan uning o‘rniga Aleksandr Geynrixni tushirmadi. Suriya termasi bilan bo‘lgan bahsda jamoasiga g‘alaba keltirgan Sasha bu safar ham o‘zini ko‘rsatdi. To‘g‘ri, Doxada u raqib darvozasini ishg‘ol qilmadi. Lekin Geynrix tushgandan so‘ng terma jamoamiz hujumida xilma-xillik kuzatildi. Buning ustiga, uning jarima zarbasini amalga oshirishi oxir-oqibat golga aylandi. Sasha assistentlikni ajoyib tarzda uddaladi. Bir so‘z bilan aytganda, Geynrix garchi maydonda kam vaqt harakat qilgan bo‘lsada, terma jamoamiz safidagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi.

Igor Sergeyev - 6

Xitoyda faoliyat olib borayotgan Igor Sergeyev ham ancha bo‘sh harakat qilganlardan biri bo‘ldi. Bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan hujumchi aksariyat vaziyatlarda o‘zini ko‘rsata olmadi. Shuningdek, ko‘pincha himoyachilar to‘sig‘ini yorib o‘ta olmadi.

Manba: interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн