Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eng qimmat tarkib kimda?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 126           Дата: 8-09-2016, 13:18          
Eng qimmat tarkib kimda?

Nima deb o‘ylaysiz, eng qimmatbaho futbolchilar qaysi klubda jamlanishgan? Bu borada qaysi chempionat vakillari yuqori o‘nlikdan joy egallashgan? Soccer.ru shu savollarga javob topish chog‘ida serxarajat jamoalardan iborat o‘ziga xos reyting tuzdi.

10-o‘rin. «PSJ» (Parij, Fransiya)

Tarkib narxi: 412,65 mln. yevro (24 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 25,4

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 17,19 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Anxel Di Mariya (60 mln. yevro)

Bu galgi transfer kampaniyasidan so‘ng «PSJ» ro‘yxatning o‘ninchi qatoriga tushib qoldi, ammo parijliklarning eng yosh tarkibga ega ekanliklarini inobatga olsak, kelajakda o‘sishga erishishlari muqarrar. O‘z navbatida, bir o‘yinchining o‘rtacha narxi bo‘yicha «PSJ» sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi: undan ke­yingi o‘rinlarda «Yuventus» va «Arsenal» bor. Agar Unai Emeri «Pari Sen-Jermen» rahbarlarining ishonchini oqlasa, Fransiya gegemoni kelasi mavsum umumiy tarkib narxi bo‘­yicha ham London va Turin klublarini ortda qoldirsa, ajabmas.

9-o‘rin. «Yuventus» (Turin, Italiya)

Tarkib narxi: 428 mln. yevro (27 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 28

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 15,85 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Gonsalo Iguain (65 mln. yevro)

«Yuventus» tarkibning umumiy narxi bo‘yicha kuchli o‘nlikda eng past ko‘rsatkichga ega, qolaversa, «Keksa sinora» futbolchilarining yoshi borasida ham maqtana olmaydi - 28 yosh. Bu borada turinliklar «Manchester Siti»dan oldindalar. Biroq Pol Pogba va Alvaro Moratani qo‘yib yuborganiga qaramay, «Yuve» eng qimmatbaho klublardan biri bo‘lib turibdi. Aftidan, «byankoneri» «zayavka»dagi o‘yinchilar va ularning yoshidan kelib chiqib, joriy mavsum jiddiy maqsadlarga umid bildirayotganga o‘xshaydi.

8-o‘rin. «Arsenal» (London, Angliya)

Tarkib narxi: 468,5 mln. yevro (29 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 26,3

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 16,16 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Aleksis Sanches (55 mln. yevro)

«Arsenal» bu yoz 100 million yevrodan ortiq pul sarflab, o‘yinchilar narxi bo‘yicha ancha o‘sishga erishdi. Sekin-asta o‘ziga kelayotgan Venger jamoasidan sovrinlar yo‘lida barqarorlik va jiddiy kurash kutishimiz mumkin. Axir tarkibning qimmatligi borasida dunyoda 8-o‘rinni egallab turgan klub uchun «ikkinchi darajali» maqomi yarashmaydi-da. To‘g‘ri, londonliklarning bu ko‘rsatkichga futbolchilar ko‘pligi tufayli erishishgani tashvish tug‘dirishi mumkin: «zayavka»dagi 29 o‘yinchidan faqat to‘rt nafari 30 mln. yevrodan qimmatroqqa baholanganlar.

7-o‘rin. «Atletiko» (Madrid, Ispaniya)

Tarkib narxi: 493 mln. yevro (23 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 27

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 21,43 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Antuan Grizmann (80 mln. yevro)

«Atletiko»ning balansi esa, aksincha, yuqoriga ko‘tarilgan: Madrid jamoasidagi daraja konsentratsiyasi «Chelsi» va «Manchester Yunayted»­nikidan ham baland - gap bir o‘yinchining o‘rtacha narxi xususida bormoqda. Ammo bir nechta frontda kurash olib borish uchun Diyego Simeonega 23 futbolchi yetarmikan? «Atletiko» ushbu ro‘yxatdagilardan nimasi bilan farqlanadi? Gap shundaki, «matraschilar» aksariyat futbolchilarni klub ichida top-darajaga olib chiqishni uddalaganlar. Ular xarid emas, tarbiyalash hisobiga o‘sishga erishmoqdalar.

6-o‘rin. «Chelsi» (London, Angliya)

Tarkib narxi: 514,8 mln. yevro (25 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 26,9

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 20,59 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Eden Azar (65 mln. yevro)

Bugungi kunda dunyoning oltita jamoasidagi tarkib narxi yarim milliarddan ko‘proqni tashkil etadi va ushbu ro‘yxatni «Chelsi» ochib beradi. Konte ixtiyorida ilmiy nuqtai nazardan mukammal jamoa bor: 25 futbolchi hamda shiddatli kuch. Sakkiz o‘yinchi 30 mln.dan ko‘proqqa baholangan, yana ikki nafari ushbu ko‘rsatkichga yaqinlashgan, shunga qaramay, «ko‘klar» yevrokuboklarda ishtirok etishmaydi. Xo‘sh, shunda ham premer-liga chempionligi Mourino va Gvardiolaning Manchesterdagi klublari o‘rtasida hal etiladi, degan fikringizda qat’iy qolasizmi?

5-o‘rin. «Manchester Siti» (Manchester, Angliya)

Tarkib narxi: 518 mln. yevro (22 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 28,7

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 23,55 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchilar: Kevin De Bryuyne va Serxio Aguero (har biri 60 mln. yevro)

Gvardiolaga «konsentratsiyalangan» tarkib nasib qildi, chunki bir o‘yinchining o‘rtacha narxi bo‘yicha «Man Siti» faqat Ispaniya grandlaridan ortda bormoqda. Yosh masalasi esa Manchester jamoasining ojiz nuqtasiga aylangan: bahor faslidagi muhim o‘yinlar paytida «shaharliklar»ning o‘rtacha yoshi 29dan ortib ketadi, agar statistika uchun vunderkindlar sotib olinmasa, albatta. «Keksalik» va uning oqibati - charchoq alomatlari Angliya ritmiga ko‘nikib ulgurmagan Xosepga muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki jamoa qanchalik «qari» bo‘lsa, pasayish shuncha tez amalga oshadi.

4-o‘rin. «MYu» (Manchester, Angliya)

Tarkib narxi: 534,25 mln. yevro (27 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 28,7

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 19,79 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Pol Pogba (70 mln. yevro)

Gvardiola-Mourino qarama-qarshiligida «Benazir»ning o‘ziga xos himoya uslubiga bir e’tibor qarating. 27 futbolchidan iborat mustahkam tarkib, qolaversa, «Manchester Yunayted»ni Angliyadan tashqarida faqat Yevropa Ligasidagi o‘yinlar kutib turibdi. Qo‘shnilar ishtirok etayotgan musobaqa esa nisbatan jiddiyroq. Shunday ekan, kimning ishga yondashuvi samaraliroq bo‘lar ekan?

3-o‘rin. «Bavariya» (Myunxen, Germaniya)

Tarkib narxi: 582,15 mln. yevro (25 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 26,9

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 23,29 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchilar: Tomas Myuller va Robert Levandovski (har biri 75 mln. yevro)

Garchi APL klublari katta xarajat qilgan bo‘lsalarda, «Bavariya» tarkib qimmatbaholigi bo‘yicha jahonning kuchli uchligidan joy egallab turibdi. Karlo Anchelotti ixtiyorida barcha parametrlar bo‘yicha mukammal va yuksak natijalarga erisha oladigan ajo­yib jamoa bor.

2-o‘rin. «Barselona» (Barselona, Ispaniya)

Tarkib narxi: 756,5 mln. yevro (22 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 27

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 34,39 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Lionel Messi (120 mln. yevro)

Ispan grandlari faqat bir-birlari bilan raqobatlashishlari, o‘zaro bellashuv chog‘ida umumiy narxi bir milliard yevrodan oshadigan o‘yinchilarni maydonga tushirishlari mumkin. «Barselona» tarkibning umumiy narxi bo‘yicha «Real»dan biroz ortda bormoqda. Biroq kataloniyaliklardagi futbolchilar soni ozligini inobatga olsak, bir o‘yinchining o‘rtacha narxi yuqoriroq ko‘rinish kasb etadi. Luis Enrike xuddi Gvardioladek ish tutmoqda: kadrlar yordamida sug‘urtalanishdan ko‘ra, asosiy urg‘uni jamoa o‘zagiga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda. Ta’kidlash joizki, «Barsa» tarkibining yoshi «Real»nikiga nisbatan biroz yuqoriroq. Vaholanki, «ko‘k-anorrang­lilar» Dani Alves, Adriano, Vermalen, Klaudo Bravoni qo‘yib yuborib, 22 yoshli yigitchalarni jalb etish evaziga yoshartirish parametrlarini biroz yaxshilab olishdi.

1-o‘rin. «Real» (Madrid, Ispaniya)

Tarkib narxi: 769,3 mln. yevro (25 o‘yinchi)

O‘rtacha yosh: 26,5

Bir futbolchining o‘rtacha narxi: 30,77 mln. yevro

Eng qimmat o‘yinchi: Krishtianu Ronaldu (110 mln. yevro)

Karlo Anchelotti «Real»da ishlaganida, futbolda balansni saqlash muhim ekanini ko‘p ta’kidlardi, endilikda o‘z tajribasini Germaniyadagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashmoqda. Uning shogirdi Zidan esa Madridda shunga o‘xshash yo‘nalishni qo‘llamoqda. «Qirollik klubi» bu yoz xarajatlarni ko‘paytirmadi, ammo Zizu talablariga mos tarkib shakllantirildi. Ijrochilarning yuqori malakasi hamda yosh borasidagi ko‘rsatkichlar barqarorlikni saqlash uchun bemalol yetadi. Albatta, murabbiy hali bu imkoniyatlardan unumli foydalanishi darkor, lekin Zidan boshchiligidagi «Real»ning muvozanatni saqlab turganini payqash qiyin emas.

Manba: interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн