Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shahram G‘iyosov bolalikdagi orzusi Prezident bilan ko‘rishish bo‘lganini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 248           Дата: 8-09-2016, 10:08          
Shahram G‘iyosov bolalikdagi orzusi Prezident bilan ko‘rishish bo‘lganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini yeyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.

Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

Shahram G‘iyosov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori:

– Har safar biror xorijiy davlatga musobaqaga borganimizda, u yerda uzoq qololmaymiz. Musobaqa tugashi bilan jonajon O‘zbekistonimizga shoshamiz. Chunki jannatmonand Vatanimizda mustaqillik yillarida misli ko‘rilmagan ishlar qilindiki, natijada o‘tgan yigirma besh yil ichida yurtimiz dunyodagi eng tinch-osoyishta davlatga aylandi, xalqimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda, orzu-umidlarining ro‘yobini ko‘rmoqda. Buning uchun mustaqilligimiz asoschisi Prezidentimiz Islom Karimovdan minnatdormiz. U kishining xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.

Prezidentimiz bilan ko‘rishishni bolaligimdan orzu qilardim. Televizorda u kishining sportchilarni bag‘riga bosib qo‘yishini ko‘rganimda havasim kelardi. Shu bois sport bilan jiddiy shug‘ullandim. Men ham chempion bo‘lib, Yurtboshimiz bilan ko‘rishaman, deb niyat qilganman.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida yarim finalga chiqqanimda ham medalni naqd qilganim uchun emas, ana shu orzuimning ushalishini o‘ylab, xursand bo‘lgandim. Olimpiadada medal olsam, Prezidentimizning ko‘ksiga taqib qo‘yaman, deb o‘ylagandim.

Olimpiadada bizning yuksak g‘alabamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng kuchli jamoa, deb e’tirof etilishi ham Yurtboshimizning sportchilarga qaratgan e’tibor va g‘amxo‘rligi, yaratgan keng sharoit va imkoniyatlari tufaylidir.

Yurtboshimiz Braziliyada qo‘lga kiritgan yutug‘imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan meni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga munosib ko‘rdi.

Biz, yoshlar Prezidentimizning nomini abadiy qalbimizda saqlaymiz, har doim bu buyuk insonning ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilamiz.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн