Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Doha maydonida samoga mag‘rur uzalgan qo‘llar...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 7-09-2016, 19:43          
Doha maydonida samoga mag‘rur uzalgan qo‘llar...

Yillar o‘tishi davomidagi harakat har qanday soha yoki kasbda eng zarur narsa – tajriba deya atalmush jihatni taqdim qilar ekan.

Arab jamoalariga qarshi futbol o‘ynash qiyindan-qiyin ekanligi haqida gapirishga ham hojat yo‘q. O‘tgan 25 yil davomida o‘sha yarim orol jamoalarini o‘ziga hos asablarimizni qaqshatadigan “taktika”siga qarshi bizning yigitlarimizda “ziddi taktika” ham shakllanibdi, qarang...

Bahs oldidan jahonning qaysidir “yetuk mutaxassislari” Qatarning g‘alabasiga fol ochishdi. 2022 yil mundial o‘tkazishga taraddud ko‘rishni boshlagan mamlakatda haqiqiy futbol nafasi kezayotgani bor gap. Hal qiluvchi bosqichning ilk o‘yinida Eron termasiga alamli tarzda boy berilgan 3 ochko ham “jigarranglilar”ni faqat yutuq uchun maydonga tushishiga omil sanalardi. Agar ketma-ket ikki o‘yin boy berilsa qatarliklar uchun mundial yo‘li tumanga burkanayotganidan darak berishi esa o‘yinga yanada kuchli qiziqish uyg‘otdi. Yana uchrashuv o‘z maydoningda bo‘lib tursa...

Lekin, bizning yigitlarda o‘yinni yutish uchun boshqa motivatsiya bor edi... Bu haqda tushuncha berib yozishni esa hojati bo‘lmasa kerak.

O‘yin asabiy boshlanib, keskinlik oshib borar, muxlislar tomonidan bosim ostida qolgan maydon egalari omadni hujumdan izlardi. Chap qanotdan zarbalar yomg‘iri-do‘li, biz ko‘p ham alqamaydigan Lobanovdan mohirona seyvlar ikkinchi bo‘limda o‘z so‘zini aytdi. Muxlislar besh yoshga “yosharishi”ni istaydigan Sasha Geynrix mahorat bobida hali navqiron ekanligini isbotlab to‘p uzatadi va Krimetsning “omadli boshi”ga tekkan koptok darvoza to‘rini ichkarisidan hilpiratdi.

Yigitlar golni quvonib nishonlamadilar. Qo‘llar bir lahzaga osmonga uzaldi, xolos. Bu harakat ma’nosi ularning ko‘zlarida tindi.

Sport o‘zi shunday g‘alati narsa unda g‘alaba va muvaffaqiyatsizliklar ketma-ket o‘rin almashadi. Uning zamirida millat qudrati, oriyati va qadriyatlari aks etadi. Biz bu jihatlarga Rioda ham guvoh bo‘ldik.

Futbol ne o‘zi? degan savolga doim bir hil javob beraman. Futbol – juda ko‘plab insonlar qalb ko‘chasining eng to‘rida yashaydigan unsur...

Elmurod ERMATOV, Andijon

Manba: www.fut.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн