Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shahobiddin Zoirov: “Biz, yoshlar Yurtboshimizga suyanardik...”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 69           Дата: 7-09-2016, 19:43          
Shahobiddin Zoirov: “Biz, yoshlar Yurtboshimizga suyanardik...”

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini yeyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.

Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.

Shahobiddin Zoirov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:

– Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganda har birini bag‘riga bosib, ularning buyuk kelajak barpo etishiga ishonishini ta’kidlardi. Ha, Prezidentimiz biz, yoshlarga xuddi, ota farzandiga, bobo nevarasiga ishongandek ishonardi.

Biz, yoshlar ham Yurtboshimizga suyanardik, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida har bir aytgan so‘zi, har bir ishi bizni ruhlantirar edi. Ana shunday mehr va e’tibor tufayli o‘zbek yoshlari dunyo maydoniga chiqdi, ko‘ksini kerib, dunyoning manaman degan davlati sportchilari bilan tengma-teng bellashishga qodir ekanini isbotladi.

XXXI yozgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdim. Bu medalimni ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga bag‘ishladim. Bu g‘alabam yuksak baholanib, Yurtboshimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Prezidentimiz Islom Karimovning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz va bunga javoban keyingi Olimpiadalar va nufuzli xalqaro musobaqalarda ham Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangrashi uchun kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн