Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157           Дата: 6-09-2016, 16:03          
Og‘ir atletikachilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati

Iordaniya poytaxti Amman shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mazkur musobqada qizlar terma jamoasi bilan ishtirok etdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Habaringiz bor erkaklar terma jamoasi yaqindagina Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimipiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoamiz yetakchisi Ruslan Nuriddinov nafaqat oltin medalni qo‘lga kiritgandi, balki Olimpiya o‘yinlari rekordini yangilagandi. Shu boisdan erkaklar terma jamoasiga nufuzli musobaqadan so‘ng jismoniy xolatlarini tiklab olish uchun biroz dam berishga qaror qilgan federatsiyamiz rahbarlari Iordaniyaga qizlar terma jamoasini olib ketishgandi.

E’tiborlisi qizlarimiz ham Afro-Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib o‘zbek og‘ir atletika maktabi chindan ham qit’amizda yetakchilardan ekanligini amalda isbotlay olishdi. Boisi musobaqada ishtirok etgan yetti nafar qizimizdan oltitasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Vazni 53 kg gacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida Marina Sisoyeva, 69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida Manzura Mamasoliyeva va 75 kg og‘irlikka ega bo‘lgan qizlar o‘rtasida Omadoy Otaqo‘ziyevalar uchchala yo‘nalishda, ya’ni dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikkikurash bahslari yakunlariga ko‘ra uchtadan oltin medallariga sazovor bo‘lgan bulsalar, siltab ko‘tarishda yana bir hamyurtimiz Muattar Nabiyeva barcha raqiblarini ortda qoldirib oltin medali bilan taqdirlandi.

69 kg og‘irlikdagi qizlar bahsida kumush medal ham O‘zbekiston vakilasiga nasib etdi. Xabar berib o‘tganimizdek ushbu vazn toifasida oltin medalga Manzura Mamasoliyeva sazoovr bo‘lgandi. Shoxsupaning ikkinchi pog‘onasidan esa yana bir o‘zbekistonlik sportchi Gulnoza Axmatova o‘rin egalladi. Gulnoza ham o‘z navbatida uchchala yo‘nalishda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek delegatsiyamizning yana bir a’zosi Dalera Davronova bronza medali bilan taqdirlandi. Demak musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umujamoa hisobida 31 mamlakat orasida birinchi o‘rinni egallashdi va 4-xalqaro Afro-Osiyo chempionatining Bosh mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi yangi to‘rt yillik Olimpiya sikliga ayollar terma jamoasini qaytadan shakllantirmoqda va 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar terma jamoasi oldiga ham katta maqsadlar qo‘yilmoqda. Iordaniyadagi turnir esa ushbu siklda dastlabki sinov musobaqasi bo‘ldi. Ana shu tariqa Tokio Olimpiadasiga qadar terma jamoa tarkibi ko‘plab xalqaro musobaqalar orqali shakllantirib boriladi va qilingan katta xajmdagi mehnatlar samarasini nasib qilsa to‘rt yildan so‘ng kun chiqar yurtda tashkil etiladigan Olimipiya o‘yinlarida ko‘ramiz.

O‘z navbatida biz O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyatini, qolaversa shoxsupadan o‘rin olgan qizlarimiz va ularni musobaqaga tayyorlagan murabbiylarni mazkur muvafaqiyat bilan muborakbod etib qolamiz.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031