Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qatar - O‘zbekiston uchrashuviga oid 20 ta qiziqarli ma’lumot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251           Дата: 6-09-2016, 10:19          
Qatar - O‘zbekiston uchrashuviga oid 20 ta qiziqarli ma’lumot

Bugun JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Dohada Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.
Biz mazkur o‘yinga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.

1. Mazkur jamoalar o‘zaro 11 marta to‘qnash kelishgan.

2. 6 o‘yinda O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 uchrashuvda Qatarning qo‘li baland kelgan va yana 2 bellashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati 20:13 O‘zbekiston foydasiga!

3. 2002, 2010 va 2014 yilgi JCh saralash o‘yinlarida ham ushbu jamoalar bir guruhdan o‘rin egallashgan. Ana shu 6 o‘yinning 4 tasida biznikilar g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir o‘yinda Qatar yutgan va yana birida durang qayd etilgan.

4. Ushbu jamoalarning oxirgi uchrashuvi 2014 yili o‘rtoqlik maqomida Dohada o‘tkazilgan bo‘lib, unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchishgan.

5. O‘zbekiston tarkibida Qatarga eng ko‘p gol urgan futbolchilar Mirjalol Qosimov va Farxod Tojiyev hisoblanadi. Ular 3 tadan gol urishgan.

6. Farxod Tohiyev Qatarga "xet-trik" urgan yagona futbolchimizdir.

7. Bahodir Nasimov va Odil Ahmedov hisoblarida Qatarga urilgan 2 tadan gol mavjud.

6. Nasimov Qatar bilan o‘yinlarda "dubl"ga erishgan yagona futbolchimiz hisoblanadi.

7. Jafar Irismetov, Nikolay Shirshov, Leonid Koshelev, Ilyos Zeytullayev, Anvar Soliyev, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Oleg Zoteyev va Ulug‘bek Baqoyevlar Qatar darvozasini bir martadan ishg‘ol qilishgan.

8. Qatarlik Bilol Rajab o‘zaro o‘yinlarda avtogol urgan yagona futbolchi.

9. Qatar tarkibida O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda Al-Blushiy 2 ta gol urgan.

10. Qatarning 11 futbolchisi termamizga qarshi uchrashuvlarda bir martadan o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishgan.

11. Ushbu jamoalarning 11 ta o‘yinini stadionlarda jami 198,903 tomoshabin kuzatgan. Har o‘yinga o‘rtacha 18,082 tadan muxlis to‘g‘ri keladi.

12. O‘zaro o‘yinlarni 11 nafar hakam boshqargan. Malayziyalik ikkita hakam, Singapur, Tailand, Xitoy, BAA, Malayziya, Eron, Yaponiya, Avstraliya va Vengriyalik bittadan hakamlar ushbu jamoalar o‘yinida ishlashgan.

13. O‘zbekistonni Qatarga qarshi o‘yinlarda eng ko‘p boshqargan murabbiy Mirjalol Qosimovdir. U bu vazifani 4 marta bajargan va shularning 3 tasida g‘alaba qozongan.

14. Qosimov Qatarni 2 marta yirik hisobda yutgan yagona murabbiyimiz hisoblanadi.

15. V.Abramov 1 g‘alaba (2 o‘yin), V.Salkov 1 g‘alaba (1 o‘yin), V.Nepomnyashiy 1 g‘alaba (o‘yin)ga erishgan bo‘lsa, Yu.Sarkisyan 1 durang qayd etgan.

16. Qatardan ochko olomagan yagona murabbiyimiz Rauf Inileyevdir.

17. Qatarliklar O‘zbekistonni J.Musovich, X.Fosatti va J.Bilmoziy murabbiyligida yutishgan.

18. Qatar terma jamoasini O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda 8 nafar murabbiy boshqargan. Ana shularning 7 tasi xorijliklardir.

19. Qatar mahalliy murabbiyi bilan O‘zbekiston bilan 1 marta to‘qnash kelib, ana shu o‘yinda yirik 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.

20. Oxirgi fakt: O‘zbekiston termasi bilan eng ko‘p to‘qnash kelgan raqiblar orasida Qatar termasi, BAA va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda turibdi.

Furqat Yusupov tayyorladi

Manba: sports.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн