Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ECHL: Qur'a kimga qanday keldi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 210           Дата: 4-09-2016, 13:41          
ECHL: Qur'a kimga qanday keldi?

Mana ko‘plab futbol muxlislari intiqib kutayotgan katta turnir boshlanish arafasida. Bundan bir necha kun muqaddam "EChL” ga qur’a tashlandi va undagi baxtli 32 jamoa o‘z raqiblarini bilib olishdi. Shu sababli bugungi maqolamizni to‘la to‘kis ushbu mavzuga bag‘ishladik.

Aka-ukalar to‘qnashuvi endi "EChL” da.

A-guruhi: «PSJ», «Arsenal”, »Bazel”, "Ludogorets”.
Ilk guruhda Fransiya, Angliya, Shveysariya va Bolgariya klublari jam bo‘lishdi. Bir qarashda oddiy guruxdek. Biroq, qiziqarli jihati shundaki, bu gurux uchrashuvlarida "Yevro-2016" musobaqasida qarama qarshi to‘qnash kelgan tug‘ishgan aka-uka Jakalar yana bir birlariga qarshi maydonga chiqishadi. Katta Jaka "Bazel” klubi nomidan to‘p sursa, Granit «Arsenal” uchun maydonda ter to‘kadi. Bu guruhda "PSJ” klubi favoritdek ko‘rinmoqda, lekin "Ludogorets” ham anoyilardan emasligini o‘tgan yili isbotladi. Bir so‘z bilan aytganda qiziqarli guruh.

Barchada daraja va imkoniyat deyarli bir xil.

B-guruhi: “Benfika”, “Napoli”, «Dinamo K», “Beshiktosh”
Shaxsan meni juda uzoq o‘ylantirgan gurux bu B-guruhi bo‘ladi. Chunki, "Benfika”, "Napoli”, «Dinamo K», "Beshiktosh” bir biriga saviya jixatidan juda yaqin jamoalar hisoblanadi. Shu bois guruhdan kim pley-offga yo‘l olishini aytish mushkulroqdek tuyilmoqda. Ammo yaxshilab e’tibor bersak, bu guruxda "Yuventus” bilan so‘nggi turgacha Skudetto uchun kurash olib borgan "Napoli”, va kimsan "Portu” dek jamoani chempionlikdan mahrum qilgan "Benfika” ning keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyati biroz yuqoridek. Lekin,shuni unutmaslik kerakki «Dinamo K» klubi ham o‘z salohiyatini o‘tgan yili aniq tiniq qilib isbotladi, "Beshiktosh” esa uzoq kutilgan Turkiya chempionligini qo‘lga kiritib, yakunda ushbu guruhdan joy oldi. To‘g‘risi, kamina "Fenerbaxche” muxlisi bo‘lganim uchun "Galatasaroy“ning chempionlar ligasiga yo‘l ola bilmaganidan shodman (Galatasaroyliklar xafa bo‘lishmasin). Ammo hech kim rad eta olmaydiki, so‘nggi paytlarda Turkiya klublarining xalqaro maydondagi yurishlari gurux bosqichidayoq yakuniga yetmoqda.

Qadrdonlar qayta uchrashadi.

C-guruxi: “Barselona”, “Manchester Siti”, “Borussiya M”, “Seltik”.
Qur’aning o‘zi yana Pep Gvardiolani "Barselona” bilan yuzlashtirdi. Biroq, Pepning ham qadrdon jamoasi bilan shaxsiy hisob kitobi borligini inobatga olsak, bu yilgi musobaqa gurux bosqichining eng muhim o‘yini "Barselona” va "Manchester Siti” o‘rtasida kechadi. Boshqa jamoalarga xurmat saqlagan xolda ayta olamizki, "Borussiya M" va "Seltik” jamoalari hozirgi paytda yuqoridagi gurux yetakchilariga ortiqcha bosh og‘rig‘i bo‘la
olishmaydi.

O‘lim guruxi.
D-guruxi: «Bavariya», «Atletiko», «PSV», «Rostov».
Chindan ham «Bavariya», «Atletiko», «PSV», «Rostov» klublari o‘rin egallagan D-guruxi «o‘lim guruxi» deya e’tirof etilmoqda. Ko‘pgina muxlislar singari menga ham Simeone-Anchelotti to‘qnashuvini ko‘rish qiziq tuyulmoqda. Sababi, birining jamoasi ximoyada mustahkam o‘ynab, kuchli pressing orqali o‘z omadini qarshi xujumdan izlasa, boshqasining klubi xujum qilishni sevadigan. Ilk daqiqalardanoq xujumga zo‘r berib, iloji boricha katta farq evaziga raqibdan ustun kelishni xoxlaydigan murabbiylardir. Aynan shu ikki jamoaga qarshi Qurbon Berdiyev o‘rgatib ketgan uslubda to‘p suradigan «Rostov» ning o‘yinlari ham qiziq o‘tishi kutilmoqda. Qolaversa, Gollandiya chempioni- «PSV» ham guruxda qolib ketmaslik uchun jon jaxdi bilan kurashadi.

BMT va “SSKA”.

Ye-guruxi: “Bayer”, “Monako”, “Tottenxem”, “SSKA”.
Bu yilgi chempionlar ligasining qur’a natijalari yana "SSKA" uchun noqulay keldi. Sababi, qariya Ignashevich, aka-uka Berezutskiylar qo‘riqlaydigan ximoya qo‘rg‘oniga raqib jamoalari tarkibida Chicharito, Falkao, Keyn singari gol ovchilarining ta’qiblari keskin bo‘lishi kutilmoqda. Bu kvartet orasida "Tottenxem" ning imkoniyati boshqa jamoalarnikidan bir muncha yuqori. "Bayer", "Monako", "SSKA" klublari esa guruxdan chiqish uchun beriladigan ikkinchi yo‘llanma uchun ayovsiz jangga kirishadilar. Ko‘ramiz, bu jangda kimning qo‘li baland kelar ekan. Bir necha yillik omadsizliklardan so‘ng "armiyachilar" yana pley-offga chiqishadimi, yoki ulovni "dorishunoslar" ilib ketadimi. Bu yoqda esa "knyazlik jamoasi" yeng shimarib jangga shay bo‘lib turibdi.

Hammasi deyarli aniq.

F-guruxi: “Real Madrid”, “Borussiya D”, “Sporting”, “Legiya”.
Bu guruxda barchasi deyarli hal bo‘lgandek. Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, Portugaliya klubi va Polsha chempioni bugungi kunda "Real" va "Borussiya" ga jiddiy qarshilik qila olmaydilar. "Real Madrid" va "Borussiya D" guruxda kim birinchi bo‘lishi uchun kurash olib borsa, "Sporting" hamda "Legiya" esa "Yevropa ligasi" ga beriladigan yo‘llanma uchun talashadi. Gurux favoritlariga qarshi to‘p surish anchagina qiyin bo‘ladi. Qo‘shimchasiga "Real" ham "Borussiya" ham yorqin, hujumkor futbolni xush ko‘radigan klublar sirasiga kiradi. Biroq, yana qaytaraman futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Maydon tekis, to‘p esa dumaloq.

Tulkilarga sovg‘a.

G-guruhi: “Lester Siti”, “Bryugge”, “Portu”, “Kopengagen”.
O‘tgan mavsumda Angliyada chempionlikka erishgan soddagina "tulkilar" ga chempionlar ligasida ham omad kulib boqdi. Aniqrog‘i, bunda "Lester" ga Klarens Zeyedorf yaqindan yordam berdi. Zeyedorfning qo‘li shundayin yengil ekanki, xar qanday klub ushbu guruxdan o‘rin olishni juda va juda istagani tayin. Lekin, shunda ham kamtar Raneri bobo Biz guruxda autsaydermiz! deyishdan tortinmadi. 1 yil oldin bizning maqsad 40 ochko to‘plash, biz shunchaki futboldan zavq olishni xoxlaymiz deya qayta-qayta takrorlagan Klaudio Raneri yakunda kubokni o‘ziniki qildi qo‘ydi. U bu oltinga teng so‘zlar bilan o‘z jamoasini ortiqcha bosimlardan xalos qildi. Ko‘rib turganingizdek Ranerining chempionlar ligasi qur’asi uchun bergan fikri o‘tgan yilgi fikrlaridan aslo qolishmadi. Ayyor Klaudio Raneri "biz gurux autsayderimiz" so‘zlari bilan o‘z jamoasini yana psixologik jixatidan xalqaro musobaqaga tayyorlamoqda. Gapimizning isbotini esa o‘rtamiyona "Kopengagen", "Bryugge" lar isbotlab turishibdi. Lekin, bu guruxdan "Portu" klubi ham o‘rin olganligi sababli "Lester"ning guruxda nechanchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqishini aytish qiyin bo‘lmoqda.

Sevilya uchun qulay imkoniyat.

H-guruhi: “Yuventus”, “Sevilya”, “Lion”, “Dinamo Zagreb”.
Chempionlar ligasining so‘nggi guruxidan o‘rin egallagan klublar orasida Turinning "Yuventus" jamoasi gurux yetakchisi sifatida qaralmoqda. Chindan ham guruxning qolgan ishtirokchilarining "Yuve" dan ochko tortib olishi sensatsiya deb hisoblanadi. To‘g‘ri H-guruxidan shuningdek "Sevilya" singari har qanday jamoani esankiratib qo‘yadigan jamoa o‘rin egallagan. Ammo ushbu klub mana ko‘pgina yillardan beri "Chempionlar ligasi" emas "Yevropa ligasi" turnirida favorit hisoblanadi. Sababi klub ChL da ishtirok etish bobida biroz omadsizroq. Mana endi ishtirok etamiz deganda yo guruxda so‘nggi bo‘lib qolib ketishadi, yoki guruxda 3-o‘rinni egallab yana sevimli musobaqalariga ravona bo‘lishadi. Umumiy qilib aytganda, bu guruxda "keksa siniora"ga faqat "andalusiyaliklar" bas kelishi kutilmoqda. Chunki, (qolgan jamoalarga xurmat saqlagan holda) "Lion" ham "Dinamo Zagreb" ham "Yuve" kabi TOP darajadagi jamoalar emas. To‘g‘ri, bir paytlar "Lion" Fransiya chempionatida gegemon edi, YeChL dek turnirda kamida nimchorak finalgacha chiqardi. Ammo, klubdan Junino, Kupe, Benzema, Govu singari yetakchilar ketganidan so‘ng klub xalqaro maydonda butkul yo‘qolib qoldi. "Lion"ning xozirgi darajasi esa o‘rtamiyona klubniki bilan bir xil. Zagrebning Dinamosi esa guruxda autsayder hisoblanmoqda. Shu bilan birga "Dinamo Z" boshqa klublar uchun "sirli tulpor" hamdir. Yana kim biladi, balki Xorvat klubi ham bir nimalar qilib keyingi bosqichga yo‘l olar. Bunisini esa vaqt ko‘rsatadi.

Azmiddin Abduvoxidov

Manba: Penalti.uz
Teglar: ЕЧЛ ЕЧЛ-2016 Қуръа Футбол ЕЧЛ-2017 Гуруҳлар


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн