Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Krishtianu Ronaldu: Endi murabbiy bo‘laman...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 3-09-2016, 13:10          
Krishtianu Ronaldu: Endi murabbiy bo‘laman...

O‘tgan hafta YeChL va YeL guruh bosqichiga qur’a tashlash barobarida yevromavsum-2015|2016 yakunlari sarhisob qilindi va ko‘pchilik kutganidek, Portugaliya terma jamoasi hamda «Real» klubi yetakchisi Krishtianu Ronaldu kechaning bosh qahramoni sifatida e’tirof etildi. Ya’ni yevromavsumning eng yaxshi futbolchisiga ajratilgan «Kumush futbolka» aynan Krishga topshirildi. Ronaldu shu bilan ikkinchi marta bu sovrin laureatiga aylanib, futbol olamidagi asosiy raqobatchisi Lionel Messiga tenglashib oldi.

Marosimda avvaliga yevromavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi nomi ma’lum qilindi. Bosh sovringa germaniyalik Jenifer Marojan, norvegiyalik Ada Xegerberg va fransiyalik Amandin Anri nomzodi ko‘rsatilgandi. Monakoga ulardan ikkisi tashrif buyurdi, Anri o‘z klubi - «Portlend»da bandligi bois, taqdirlash marosimida qatnasholmadi. Xullas, Marojan va Xegerberg sahnaga chiqishgach, Anxel Mariya Vilyar (UYeFA vitse-prezidenti, u tashkilot rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turibdi) barchani ozgina hayajonda ushlab turgach, nihoyat, g‘oliba bilan tanishtirdi.

Demak, maxsus so‘rov natijasiga ko‘ra, norvegiyalik mallasoch xonim mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Shundan so‘ng navbat asosiy masalaga keldi. Hammaning nigohiyu, qulog‘i Mariya Vilyarda - u kimning ism-familiyasini tilga oladi? Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Antuan Grizmann... «RONALDU» - tabassum bilan e’lon qildi ispaniyalik funksioner. Shunday qilib, «Kumush futbolka» ikkinchi marta portugaliyalik yulduz mulkiga aylandi!

Krishtianu Ronalu o‘ziga tegishli bo‘lgan sovrinni qo‘lga olgach, maxsus matbuot anjumanida ishtirok etdi. U belgilangan zalga birinchi bo‘lib kirib bordi – yangi sovrini bilan. Portugaliyalik «futbolka»ni stol ustiga qo‘yar ekan, uni ohista silagancha eng yaxshi ayol futbolchi – Ada Xagerbergni kutib turdi.

- O‘zi ayollarni doimo kutishga to‘g‘ri keladi,- deya sukunatni buzdi ajoyib kayfiyatda bo‘lgan Ronaldu.- Bilasizku, pomada, tush, poshnalar... Menimcha, u hozir liftda bo‘lsa kerak.

Shu lahzada Krishtianu boshini burdi va qulog‘idagi sirg‘a o‘zgacha jilo bag‘ishladi. Keyin ko‘zi yo‘lakda kelayotgan Xegerbergga tushib, samimiy kuldi.

- Bolalikda nimani orzu qilgansiz? - so‘rashdi Ronaldudan.

- Futbolchi bo‘lishni. Demakki, bu borada orzum ushaldi.

- Joriy yil terma jamoangiz bilan ilk marta sovrin yutdingiz. Fransiya-2016 finalidan so‘ng avvalo, qanday hislar og‘ushiga tushgandingiz?

- Birinchi marta g‘alaba qozonish doimo yoqimli. Buni so‘z bilan ifodalash qiyin. O‘z mamlakatim uchun nimadir yutishni xohlashimni mudom aytib kelganman. Yashirmayman, o‘shanda ko‘p yig‘ladim. Ehtiroslar to‘lib-toshib ketdi. Ochig‘i, yana bir bor ta’kidlayman, Portugaliya termasi bilan qo‘lga kiritilgan sovrin alohida o‘rin tutadi!

- Final o‘yini chog‘i Fernandu Santush yordamchisi vazifasini bajardingiz, hisob...
- Albatta, endi murabbiylik uchun o‘qiyman! Lekin jiddiy gapirsam, bu ish bilan shug‘ulllanishni istamayman. Juda murakkab vazifa. Harqalay, ayni payt umumiy fikrim shunday. Ehtimol, yana 5-6 yildan so‘ng bu masala bo‘yicha xulosam o‘zgarar...

- Futbolda imkoni bor barcha sovrinlarni yutgansiz. Shu holatda ishtiyoqni qanday saqlash mumkin?

- Kurashga doimo tabiiy holda shaylanaman. Aytgancha, ko‘pchilik menga aynan shu savol bilan murojaat qiladi. Bilasizmi, futbol - mening ehtirosim, hayotiy ovunchog‘im. Shunday ekan, imkon qadar yuqori saviyada o‘ynashga intilaveraman. Mudom. Har bir mavsum - yangi chorlov. Shuning barobarida hech narsa o‘zgarmaydi. Maydonga tushdimmi, hujumga o‘tishim, gollar urishim shart.

- Hali jahon chempioni unvonini olgan emassiz...

- Mayli, tinch qo‘ysanglar-chi... Axir Yevropada endigina birinchi marta eng yaxshi bo‘ldik. Sizlar esa darrov jahon chempionati haqida so‘z ochyapsizlar. Bunday turnirda g‘olib chiqish juda-juda qiyin. To‘g‘ri, futbolda har narsa ro‘y berishi mumkin.

- Shuningdek, tarixda ChLda ketma-ket ikki marta zafar quchish hali hech bir klubga nasib etmagan...

- Nima derdim, ehtimol, bu ishni «Real» uddalar... Aynan shunday shaylanishimiz kerak. Boshqacha aytsam, o‘z oldimizga xuddi shu vazifani qo‘yishimiz shart.

Manba: Interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн