Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samvel Babayan: Suriyaning hujum chizig‘i ancha kuchli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 2-09-2016, 10:59          
Samvel Babayan: Suriyaning hujum chizig‘i ancha kuchli

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh-2018 saralashining so‘nggi bosqichi ilk turida Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barcha jurnalistlarni bu yerda ko‘rib turganimdan xursandman. Ertaga JCh saralashining so‘nggi bosqichi boshlanadi. Ushbu uchrashuv Bunyodkor stadionida o‘tishining o‘ziga hos ramziy tomonlari bor. Ushbu o‘yingoh yurtimizning bunyodkorlik salohiyatini ko‘rsatib beradi. Raqibga keladigan bo‘lsak, u juda jiddiy raqib. Ayniqsa hujum chizig‘idagi futbolchilarni alohida ta’kidlash joiz. Bizning vazifamiz - raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib, o‘yinga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish lozim.

- Afrikaliklar bilan bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng terma tarkibida muvozanatni o‘rnata oldingizmi?
- Biz juda katta hajmdagi ishni amalga oshirdik, ikki kun muqaddam legionerlar - Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov yetib kelishdi. Yana bir bor takrorlayman, terma jamoaning o‘ziga hos jihatlari bor. Agar klubda biror ishni bajarish uchun oylar kerak bo‘lsa, termada o‘sha ishni bir necha mashg‘ulotda amalga oshirish mumkin. Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyormiz.

- O‘zbekiston terma jamoasi hali biror marta JCh saralashining so‘nggi bosqichini g‘alaba bilan boshlamagan. Bu borada futbolchilar qanday fikrda?
- Terma jamoa futbolchilari bu statistika haqida biladilar, deb o‘ylamayman. Har qanday an’ana ham vaqti kelib barham topadi. Biz ham ertaga shu ishni amalga oshirishga urinib ko‘ramiz.

- Sizning uch nafar futbolchingiz Xitoy chempionatida to‘p suradi. Savol - Igor Sergeyev Xitoy chempionatidagi 6 o‘yinda gol ura olmadi. Bunga qanday qaraysiz?
- Sergeyev darhaqiqat bizning o‘yin modelimizda katta ahamiyat kasb etadi. Afsuski Xitoy chempionatida uning ishlari u qadar yaxshi emas, ammo shuni ham ta’kidlash joiz, u yerdan Sergeyevdan o‘z o‘rnida foydalanmayaptilar. U ko‘pincha o‘ng yoki chap qanotda to‘p surmoqda. Biroq shunga qaramay biz uning saviyasiga shubha qilmaymiz. U ertaga asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

- Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovning holati qanday?
- Albatta bu borada kichik muammolar bor. Yaxshi bilasiz, ular 28 avgustda juda jiddiy o‘yinda maydonga tushishgan va bu uchrashuvda Ahmedov to‘liq ishtirok eta olmay, 65-daqiqada zaxiraga olingan. Hozirda unda o‘zini his qilishi borasida biroz muammolar bor, ammo shifokorlar Ahmedov va Denisov bilan shug‘ullanishmoqda. Ularni o‘yinga to‘liq kuch bilan tayyorlashyapti.

- Ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan sizni nima ko‘proq tashvishga soladi?
- Albatta biz birinchi navbatda o‘z o‘yinimizni namoyish qilishimiz kerak. JCh saralashining avvalgi bosqichida o‘yinimiz yaxshi ekanini ko‘rsatib bo‘lganmiz. Biz o‘sha o‘yinlarimizni yana takrorlashimiz kerak.

- O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa bilan uchrashdi va unda Mirabror Zufarovich futbolchilarga nimalar dedi? Yana futbolchilarning madhiya kuylashi haqida aytilgan gaplarga izoh bersangiz.
- O‘FF prezidenti bilan uchrashish barcha futbolchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Mirabror Zufarovich nafaqat o‘zbek futboli, balki sportida ham katta ahamiyatga ega. Tabiiyki u bizni to‘plab, kelgusi o‘yin oldidan omad tiladi va Rio Olimpiadasida bo‘lgani singari futbolda ham g‘alabalarga erishish lozimligini aytdi. Olimpiadadagi g‘alabalardan so‘ng yurtimizda boks keng urfga kirdi. Shunday ekan, nima sababdan tarkibda shunday o‘yinchilarimiz bo‘la turib, futbolda ham shunday g‘alabalarga erishish mumkin emasligini aytdi. Bu biz uchun juda muhim uchrashuv bo‘ldi. Undan biz o‘zimiz uchun katta quvvat oldik. Yana savolingizdagi ruhiyat va vatanparvarlik masalasiga kelsak, bu borada terma jamoaga keladigan barcha yigitlarda Vatanga muhabbat hissi kuchli va ular o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun bor kuchlari bilan harakat qiladilar.

- Siz terma jamoani qabul qilib olganingizdan so‘ng tarkib deyarli o‘zgarmayapti. Bu orada esa Oliy ligada Temurxo‘ja Abduholiqov to‘purarlik xislatini namoyish qilmoqda, shuningdek Bobir Abduholiqov ham juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda. Seleksiya borasida o‘zgarish qilish vaqti kelmadimi?
- Terma jamoaga nomzodlar saralab olishda o‘ziga hos kriteriyalarga amal qilamiz. Bu haqida deyarli har bir matbuot anjumanida aytmoqdaman. Birinchidan, termada o‘ynash uchun futbolchi yaxshi formada bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, u bizning o‘yin uslubimizga tushishi kerak. Uchinchidan esa, insoniylik xislatlari inobatga olinadi. Mana shu kriteriyalarga ko‘ra terma jamoaga futbolchilarni saralab olamiz. O‘zbekiston pasportiga ega har bir futbolchi terma jamoada o‘ynash huquqiga ega. Biz bugun terma sharafini himoya qilishga eng munosib bo‘lgan 23 nafar futbolchini saralab olganmiz.

- Ruhiy tayyorgarlikning ahamiyati jismoniy tayyorgarlikdan kam emas. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
- Bu borada turli variantlarni qo‘llash mumkin. Kimdir alohida ruhshunos yollaydi. Ammo biz boshqacha fikrdamiz. Terma jamoada asosiy ruhshunos eng avvalo bosh murabbiy bo‘lishi lozim. Men futbolchilarni boshqalardan yaxshiroq tayyorlay olaman. Chunki termadagi 80 foiz futbolchilarni hali ona suti og‘zidan ketmay taniganman, ular ko‘z o‘ngimda o‘sib, katta bo‘lishgan. Shunday ekan, ularning holati qandayligini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Biz o‘tkazgan o‘yinlar shuni ko‘rsatdiki, qaysidir bosqichda kimningdir ruhiyati yuqori darajada bo‘ladi. Biz bu borada ish olib bormoqdamiz.

- Ertaga qanday o‘yin namoyish qilasiz, darhol o‘z o‘yin uslubingizni o‘tkazishga harakat qilasizmi yoki boshqacha o‘ynaysizmi?
- Biz eng avvalo o‘z o‘yinimizga amal qilishimiz kerak. Albatta hamma narsani oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun biz raqibni har tomonlama o‘rganmoqdamiz va barcha narsaga tayyormiz.

- JCh saralashidagi raqiblarimiz, masalan Xitoy va Janubiy Koreya o‘z o‘rtoqlik o‘yinlarini asosiy tarkiblari bilan o‘tkazishmoqda va yaxshi tayyorlanib borishmoqda. Bizda esa vaziyat butkul boshqacha. Bunga nima deysiz?
- Bilasizmi, o‘rtoqlik o‘yinlarini asosiy tarkib bilan o‘tkazmaslikning ham o‘ziga hos ijobiy tomonlari bor. Birinchidan, biz FIFA qaramog‘idamiz va o‘rtoqlik o‘yinlariga legionerlarni chaqira olmasligimiz bu - fakt. Boshqa tomondan esa biz mahalliy futbolchilarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Masalan, Kanadaga qarshi kechgan uchrashuvda ko‘p yaxshi jihatlarni ko‘rib oldik, yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazdik. Biz kuchsiz raqiblarga qarshi o‘ynamadik. Burkina-Faso va Iroq terma jamoalari ancha kuchli hisoblanadi va bunday o‘yinlar tashkil etib bergani uchun federatsiyaga rahmat aytmoqchiman. Biz bu bahslarda ko‘plab futbolchilarni ko‘rib oldik va terma jamoaga olish yoki olmaslik masalasini hal qildik.

Manba: www.fut.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн