Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tayyormisiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 163           Дата: 2-09-2016, 10:06          
Tayyormisiz?

Hash-pash deguncha ertakdek bo‘lib Olimpiada ham o‘tib ketdi. Rio-2016 xalqimiz qalbida bir umr qolishi aniq - bu musobaqa biz uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ldi.

Hali tarixda sportchilarimiz bunday muvaffaqiyatga erisha olmagan edilar. Hammasidan ham bu g‘alabalar biz uchun ulug‘ va mo‘’tabar bayram oldidan qo‘lga kiritilgani kishini xursand qiladi. Hozircha bayramga eng munosib sovg‘ani sportchilarimiz taqdim etib turibdilar. Ruslan Olimpiada rekordini o‘rnatdi, bokschilarimiz - Hasanboy, Shahobiddin va Fazliddinlar esa yana uchta oltin medal taqdim etdilar.

Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi Rio-2016da 13ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq ko‘lamini his qilish uchun birgina fakt keltirish yetarli bo‘lsa kerak - hali yurtdoshlarimiz ikkita Olimpiadada ham shuncha medalga erisha olmagan edilar. Boz ustiga, o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlarini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu yo‘lda yigitlarimiz hatto mashhur Kubani ham yo‘lda qoldirdilar. Mustaqillik bayrami uchun bundan ortiq sovg‘a bo‘ladimi? Bularning bari - yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor mevasi.

Endi mana shu e’tibor natijasini ro‘yobga chiqarish navbati futbolchilarimizga keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelasi haftada o‘ta muhim uchrashuvda maydonga tushadi - JCh-2018 saralashi doirasida Suriya termasi bilan kuch sinashishlari lozim. Biz uchun bu uchrashuv katta ahamiyatga molik. Eng muhimi - u yurtimizning asosiy bayrami Mustaqillik kunida o‘tkaziladi. 1 sentyabr - qalbi O‘zbekiston deya uradigan har bir inson uchun ulkan hodisa. Bunday bayramda suriyaliklar ustidan qozoniladigan g‘alaba ajoyib sovg‘a bo‘lmaydimi?!

Endi hamma gap futbolchilarimizda qolgan. Tushunamiz, hozir ular ulkan bosim ostida turibdilar. O‘zi shundoq ham JCh saralashining so‘nggi bosqichi har doim og‘ir kelgan. Ustiga-ustak, bu - birinchi to‘qnashuv. Dastlabki o‘yinda hayajon va bosim ikki barobar ko‘proq bo‘lishi turgan gap. Endi mana shu uchrashuv Mustaqillik bayramiga to‘g‘ri kelgach, bosim qanchalar oshib ketishini tasavvur qilyapsizmi?

Shunaqa. Ammo nima qilaylik, bu - sport. U har doim ulkan bosim va hayajon ostida o‘tadi va faqat chidaganlar professional bo‘ladilar. Braziliyada o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida sportchilarimizdagi bosim kam bo‘ldi, deysizmi? Ularning har biri mana shu mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish uchun 4 yil chidadilar. Futbolchining yo‘rig‘i boshqa. U bugun termada ko‘ngildagidek o‘ynay olmasa, ertaga klubiga ketib faoliyatini davom ettiraveradi.

Boks, og‘ir atletika, dzyudo yoki erkin kurashda unday emas. Ular uchun o‘zlarini ko‘rsatish imkoni to‘rt yilda bir marta keladi. Fazliddin G‘oyibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritganda to‘kkan ko‘z yoshlar - mana shu yillar davomida kechirilgan mashaqqat, bosim va hayajon mevasi. U o‘ziga bildirilgan ulkan ishonchni oqlay olgani uchun ham ko‘z yoshlarini yashira olmadi. O‘zi ham yig‘ladi, bizni ham yig‘latdi...

Endi mana shu ishonchni oqlash navbati futbolchilarimizga keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham to‘rt yilda bir keladigan musobaqa ostonasida turibdi. Boz ustiga, bu ostonadan JCh sari yo‘l milliy qadriyatimiz - Mustaqillik bayrami bilan boshlanishi lozim. Biz shu vaqtga qadar har qanday mag‘lubiyat uchun terma jamoamizni kechirib keldik. Ammo bu safar unday bo‘lmaydi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 yildan buyon mavjud. U balog‘at yoshidan o‘tib, fasohatli davriga kiradigan vaqt keldi. Uning o‘yinida endi go‘zallik, shiddat va nazokat uyg‘unlashishi lozim. Xuddi boksda bo‘lgani singari, endi futbolchilarimiz ham raqibdan bir zarba yeganda, ikkita-uchta javob qaytarishlari shart. Biz shunday o‘yinlarni ko‘rish uchun ham o‘tmish mag‘lubiyatlariga chidab keldik.
Aynan shu narsani O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi har bir futbolchi tushunishini istagan bo‘lardik. Biz shu vaqtgacha termadagi tarkib, taktika va o‘yin uslubi haqida juda ko‘p gapirdik. Bugun bu haqida umuman so‘z ochishni istamaymiz. Zero butun boshli mamlakat sharafini himoya qiladigan futbolchi terma jamoa libosini kiyibdimi, endi u shunga munosib ekanini isbotlashi shart. To‘g‘ri, tarkibni faqat bosh murabbiy saralaydi va u o‘zi uchun kerakli futbolchilarni jamlab bo‘ldi. Ammo bu bilan tarkibdagi har bir futbolchi termaga munosib, deyishga shoshilmaymiz. Ular buni hali isbotlashlari lozim. Isbot esa 1 sentyabrda - Mustaqillik kunida bo‘lishi lozim.

Qani, yigitlar, kim aslida kimligini isbotlaydigan vaqt keldi. Shu vaqtga qadar o‘tkazilgan o‘yinlar o‘z yo‘liga. Ularning hech birida bu qadar katta e’tibor ostida bo‘lmagansiz. Rio-2016dan so‘ng endi sizda pand berish uchun hech qanday huquq qolmadi. Sizning yuragingiz ustida turgan ramzni, qo‘lingizdagi bayroqni Ruslan, Hasan, Shahobiddin, Fazliddin, Shahram, Bektemir, Elmurod, Diyor, Rishod, Magomed, Rustam, Murod va Ixtiyorlar osmon qadar ko‘tarib qo‘ydilar.

Endi siz mana shu bayroqni ushlab qolishingiz shart. Siz uchun eng katta sinov endi boshlanadi. Shunga tayyormisiz?

Manba: Interfutbol.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн