Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Futbolni qo‘y, o‘g‘lim, boksdan gapir!”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 27-08-2016, 22:14          
“Futbolni qo‘y, o‘g‘lim, boksdan gapir!”

Futbolni yaxshi ko‘rganimdan nolimayman, chunki millionlar o‘yinining taniqli mutaxassisidan intervyu olganimda u: «Futbolni tushungan kishi o‘z-o‘zidan boshqa sport turlari jozibasini ham anglab qoladi», degandi. Bekorga Olimpiadani to‘rt yillikning eng ulkan sport musobaqasi, deya atashmas ekan. Ushbu tadbir boshlanganidan beri dunyodagi barcha narsa bir chekkaga surildi-qoldi...
Buyoqda, akang qarag‘ayning bokschi va tosh ko‘taradiganlari oltin va boshqa medallarni qarsillatib olib tashlashdi. Ilgari qachon futbol bo‘yicha terma jamoamiz o‘ynasa, shunaqa to‘polonga guvoh bo‘lardik.

Yoshlarni qo‘ying, mo‘ysafid otaxonlar televizorni oldida, opalar, singillar va kayvoni onaxonlar ham seriallardan voz kechib, «Sport» telekanali shaydosiga aylangan.

Futbolchilarimizni Olimpiadaga chiqa olmaganiga xafa bo‘libmiz. Qarangki, hatto Braziliya safida Neymardek yulduz o‘ynasa-da, futbol burchakda qolib ketdi. Hatto Angliya futboli 21 avgustgacha urfda bo‘lmadi. Qarangki, futbolimizni deb asablarni buzib yurgan ekanmiz. O‘n nafar bokschimiz Rioga yeng shimarib borib, deyarli barchasi medalli bo‘ldi! Boks bo‘yicha terma jamoa murabbiyiga tasanno! Yigitlarning zo‘r-zo‘rlarini butun O‘zbekiston hududidan yig‘ibdi. Axir termaga o‘z nomi bilan terib olinadi-da. Andijondan Hasanboy, Buxorodan Shahram, Chustdan Murodjon - qisqasi, butun yurtning eng sara o‘g‘lonlari yig‘ilgan. Mana buni terma jamoa deydilar!

Kecha bir yigit tvitter deb atalmish matohda “Bizning o‘zbeklar Pahlavon Mahmud, Amir Temur zamonidan beri, kurashlarda ortga qochmagan, yutqazish qonimizda yo‘q, shuning uchun yakkakurashlarda doim g‘olib bo‘lamiz”, deb yozibdi. Fikrida jon boru “jamoaviylikda yo‘g‘roqmiz”, degan gapi menga yoqmadi. Lekin o‘sha zotlar davridan buyon butun boshli qo‘shinni bir maqsad yo‘lida to‘plab, jamoa bilan ham ne-ne yerlarni olganimiz ham bor gap!

Futbol mutasaddilari biroz hafsala qilmayaptilar, chog‘i. Mana endi, yurtda boks va og‘ir atletika to‘garaklari yoshlar bilan to‘lib-toshadi. Negaki, kelajak avlod mana shu sport turlari orqali Vatan obro‘sini ko‘klarga ko‘tarish mumkinligini anglab yetdi-da! Olimpiadada sovrin olgan atletlar o‘z sohasini ommaga zo‘r reklama qildi-qo‘ydi.

Ruslanning volidasi bilan bo‘lgan suhbatda onaizor shunday degandi: “O‘tgan yili Ruslan jarohat oldi. Unga «Bo‘ldi, o‘g‘lim, mana shu og‘ir atletikangni yig‘ishtir! Sog‘lig‘ing kerak», dedim. Lekin, u: «O‘n besh yil borimni berib shug‘ullanib, O‘zbekistonga Olimpiada medalini olib berishni orzu qilganman. Maqsadimdan qaytarmang, onajon», degandi.

Nuridinnov qaysar toshni bo‘ysundirib, yurtim bayrog‘ini o‘pganida, yig‘lamagan odam qolmadi hisob. Olimpiada bahslarini ko‘rib tushundik, sportchi, eng avvalo, vatanparvar bo‘lishi kerak ekan.
Rio-2016 yakuniga ham yetdi. Biroq o‘zbegim sha’nini osmon qadar ko‘kka ko‘targan atletlar nomi tarixga muhrlanajak. Futboldan bo‘lmasa ham, sportning boshqa turlaridan chempionlar chiqishini isbotlagan tosh ko‘taruvchi va bokschilar sabab, O‘zbekistonni chempionlar yurti, deya bemalol atash mumkin.

Ko‘cha bo‘yida hassasiga tayanib o‘tiruvchi futbol ishqibozi bo‘lgan oqsoqol qo‘shnim bor. Sport sohasida qalam qitirlatishimdan boxabar bo‘lganidan mendan doim futbol yangiliklarini so‘rashni kanda qilmaydi.

O‘tgan kuni, doimgidek u bilan salomlashib, futboldan gap ochsam, chol bobo: «Futbolni qo‘y, o‘g‘lim, boksdan gapir!», dedi!
Mayli, futbolimiz to‘g‘risida ham ko‘krak kerib gapiradigan kunlar kelib qolar...

Elmurod Ermatov, Andijon.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн