Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hasanboy Do‘stmatovning otasi o‘g‘lining g‘alabasi siri nimada ekanini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 128           Дата: 27-08-2016, 10:27          
Hasanboy Do‘stmatovning otasi o‘g‘lining g‘alabasi siri nimada ekanini aytdi

Avval berganimizdek, kecha, 23 avgust kuni Toshkent aeroportida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar va sovrindorlarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sportchilarni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev boshchiligida hukumat vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, sportchilar, olimpiadachilarning ota-onalari, oliy o‘quv yurtlari talabalari kutib oldilar. O‘zA muxbiri Olimpiada oltin medalni qo‘lga kiritib qaytgan Hasanboy Do‘stmatovning otasi Ma’rufjon Hayitboyev suhbatga tortdi.

Ma’rufjon Hayitboyev, Hasanboy Do‘stmatovning otasi:
— Hayajonlanayapman, etim jimirlab ketayapti, o‘g‘lim chempion, axir! O‘g‘limning g‘alabasi nafaqat qishlog‘imiz ahlini, balki butun O‘zbekiston xalqini ruhlantirib yubordi. Bolam, maqtanishga yo‘ymang-u, farzandlarim, ayniqsa, Hasanboyning Vatanimiz dovrug‘ini olam uzra tarannum etayotganidan, el-yurtimizga xizmat qilayotganidan ich-ichimdan faxrlanaman. Sportchilarga doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlaganidan behad xursandman. Agar muborak istiqlol bo‘lmaganida o‘g‘lim Shirmonbuloqdagi tomoshalardan nariga o‘tolmasdi. Uning g‘alabasi mamlakatimizda sport, ayniqsa, bolalar sportiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishga imzo chekdi. Unga ko‘ra, Oltin medalni qo‘lga kiritganlar 200 000 AQSh dollari, kumush medal sovrindorlari 100 000 AQSh dollari, bronza medali sohiblariga 75 000 AQSh dollari pul mukofoti topshiriladi.

Manba: Qalampir.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031