Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Afrikadan mehmon kelibdi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79           Дата: 26-08-2016, 16:23          
Afrikadan mehmon kelibdi!

O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati-2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘l olganidan buyon muxlislarimiz bir narsani kutishdi - futbol olamida o‘z nomi va o‘rniga ega kuchliroq terma bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishini. Toshkent yoki viloyatlardagi chiroyli stadionlarda bosh jamoamiz o‘yinini tomosha qilishga ilhaq yurtdoshlarimiz qancha...

Ekvatorial Gvineya termasi haqida batafsil ma’lumot berganimizdan so‘ng o‘yin o‘tkazilmay qoldi. Rosti, Afrikadan tanlangan navbatdagi raqib (bunisi kuchliroq, albatta)ni to‘lib-toshib tanishtirgimiz bor, lekin... Lekin «O‘yin yana qandaydir sabab bilan yana bekor qilinsa-chi...» qabilida xavotirimiz yo‘q emasdi. Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, Burkina-Faso terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yini uchun tanlagan tarkibi haqida bafurja gapirish qiyin. Umuman, jamoa yetakchilarining Fransiya (Stiv Yago, Abdul Kabore), Turkiya (Jakarija Kone, Abdu Traore, Prejyus Nakulma), Portaguliya (Bakari Sare) va Gollandiya (Bertrand Traore) chempio­natlarida to‘p surishlarini, Yevropada esa katta futbol mavsumi allaqachon boshlanganini inobatga olsak, yurtimizga nomdor futbolchilarning kelmasliklari o‘z-o‘zidan tushunarli...

BURKINA-FASO TERMA JAMOASI

Tashkil topgan yili: 1960

FIFAga a’zo bo‘lgan yili: 1964

Burkina-Faso futbol federatsiyasi prezidenti: Sangare Sita

Jamoa sardori: Sharl Kabore («Krasnodar»)

Uy stadioni: «4 avgust nomli» arena, Uagadugu shahri (sig‘imi: 35000)

FIFA reytingidagi o‘rni: 73 (2016 yil iyul oyi yakuni bo‘yicha)

Birinchi rasmiy o‘yini: 1960 yil 14 aprel, Yuqori Volta (Burkina-Faso)-Gabon - 5:4

Eng yirik g‘alabasi: 2015 yil 10 yanvar, Burkina-Faso-Svazilend - 5:1

Eng yirik mag‘lubiyati: 1981 yil 30 avgust, Jazoir-Yuqori Volta (Burkina-Faso) - 7:0

Ekipirovkasi: Puma (qizil, yashil)

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchisi: Jonatan Pitroypa (51ta)

Eng ko‘p gol urgan futbolchisi: Mumuni Dagano (31ta)

Bo‘lajak raqib tarkibini Ekvatorial Gvineya milliy termasiniki bilan solishtirib, uni rotatsiya tajribasini keng qo‘llaydigan va Yevropada to‘p suradigan legionerlarga tayanuvchi jamoa sifatida ta’riflashimiz mumkin. Oddiy aytganda, Burkina-Faso termasi - Afrikaning tipik jamoasi. Yaxshi bilsangiz kerak, milliy jamoamiz shu paytgacha Afrika futbol konfederatsiyasi tarkibidagi bittagina terma bilan to‘qnash kelgan. Eslatma o‘rnida aytamiz, 1995 yili Afro-Osiyo kubogi doirasida o‘tkazilgan har ikki o‘yinda Nigeriya termasiga yutqazganmiz - Toshkentda 2:3 va Lagosda 0:1 hisobida.

Burkina-Faso terma jamoasi xuddi butun mamlakat singari murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Jamoa o‘tgan asrning 70-yillari ikkinchi yarmida Afrikada bir ko‘rinish bergach, 80-yillarda negadir yana «yo‘qolib» qoladi. 1997 yili terma jamoa boshqaruvi mashhur fransuz murabbiyi Filipp Trusega topshirilgach, vaziyat ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi. Ya’ni Burkina-Faso milliy jamoasi o‘sish sari yuz tutadi. Truse­dan so‘ng ishlagan hozirgi murabbiy Paulo Duartening ilk davri (2008-2012 yillar)da esa Burkina-fasoliklar qit’ada yana o‘z so‘zlarini aytishga chog‘lanishadi. Mamlakatda iqtidorlar ko‘p bo‘lsa-da, ichki chempionatning u qadar rivojlanmaganligi va top-ligalarda to‘p suruvchi futbolchilarning o‘sishdan to‘xtab qolishgani pand berib, Burkina-Faso termasi anchagacha aytarli natijaga erisholmaydi. Bu ayniqsa, mundial yo‘llanmasi uchun kurashda yaqqol bilinadi.

Iyul oyi yakuniga ko‘ra, FIFA reytingida 73-pog‘onani band etib turgan Burkina-Faso terma jamoasi 2013 yilgi Afrika Millatlar kubogi finalida o‘ynadi, biroq bosh sov­rin sohibi bo‘lolmadi. Jamoa shuningdek, AMK-98da 4-o‘rinni egallagan. Vaholanki, burkinalik futbolchilar o‘sha turnirga qadar Afrikaning terma jamoalar miqyosidagi bosh musobaqasida hattoki, g‘alaba nimaligini ham bilishmagandi. To‘g‘ri, ilk muvaffaqiyatda chempionatning aynan Burkina-Fasoda o‘tkazilgani katta o‘rin tutadi. Xullas, Burkina-Faso termasi o‘z maydonidagi turnir yarim finalida bo‘lajak chempion - Misr milliy jamoa­siga yutqazgandi - 0:2.

Afrika Millatlar kubogi-2013ga kelsak, burkinalik futbolchilar finalga chiqish barobarida chiroyli o‘yinlari evaziga jamoatchilik e’tiborini qozonishgandi. Deylik, Bakari Kone va Jonatan Pitroypa turnirning ramziy terma jamoasiga kirishgandi. Umuman olganda, Burkina-Faso termasi tarixda 28 marta o‘tkazilgan ushbu musobaqaning atigi 10tasida qatnashgan, xolos. AMKdagi umumiy statistikasi ham ancha salbiy: 35ta o‘yin, 4ta g‘alaba, 10ta durang, 21ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati: 30-59.

Burkina-Faso milliy jamoasi 1978, 1990, 1998-2014 yillarda jahon chempionati saralash bosqichlarida ishtirok etdi.2018 yilgi JCh saralashi 2-raundida esa Benin terma jamoasiga to‘qnash kelib, ikki o‘yin natijasi (1:2, 2:0)ga ko‘ra, 3-bosqichga yo‘l oldi.

2015 yil 12 noyabr. Benin-Burkina-Faso - 2:1. Gollar: Stefan Sessenon (45Q2-pen.), Babatunde Belo (84) - Prejyus Nakulma (51).

2015 yil 17 noyabr. Burkina-Faso-Benin - 2:0. Gollar: Jonatan Pitroypa (17-pen.), Bertrand Traore (70).

Burkina-Faso milliy jamoasi endi hal qiluvchi bosqichda JAR, Kabo-Verde va Senegal termalari bilan bitta guruhda kurash olib boradi. Kvartet g‘olibiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCh-2018 yo‘llanmasi berilishini ham aytish joiz. Jamoa 2016 yil hisobidan atigi 4ta o‘yin o‘tkazdi. Afrikalik mehmonlar milliy jamoamizga qarshi maydonga tushganlaridan so‘ng darhol ortga qaytishadi va 3 sentyabr kuni AMK saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda Botsvana termasini sinovdan o‘tkazishadi.

Manba: fut.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн