Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 615           Дата: 22-08-2016, 11:27          
Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-de-Janeyro olimpiadasi yakunlandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi olimpiadaning oxirgi kunida 2ta oltin va 2ta bronza medalga ega bo‘ldi va jami medallari sonini 13taga yetkazib (4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza), umumiy reytingda 21-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro shahrida kechdi, faqat futbol bo‘yicha o‘yinlar turli shaharlarda o‘tkazildi.

Bu ilk marta Janubiy Amerika qit’asining Olimpiadaga mezbonlik qilishi bo‘ldi. Bu shuningdek 1968 yildagi Mexiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi bo‘ldi.

Olimpiadada 306ta medallar shodasi o‘ynaldi, ishtirokchi delegatsiyalar soni bo‘yicha rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada ishtirokchisi bo‘lishdi.

Olimpiadaning oxirgi kunida 12ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Voleybol, erkaklar
1. Braziliya
2. Italiya
3. AQSh

Yengil atletika, erkaklar, marafon
1. Eliud Kipchoge (Keniya)
2. Feyisa Lilesa (Efiopiya)
3. Galen Rapp (AQSh)

Gandbol, erkaklar
1. Daniya
2. Fransiya
3. Germaniya

Basketbol, erkaklar
1. AQSh
2. Serbiya
3. Ispaniya

Badiiy gimnastika, guruh mashqlari
1. Rossiya
2. Ispaniya
3. Bolgariya

Mauntinbayk, erkaklar, kross
1. Nino Shurter (Shveysariya)
2. Yaroslav Kulgavi (Chexiya)
3. Karlos Koloma (Ispaniya)

Erkin kurash, erkaklar, -65 kg
1. Soslan Ramonov (Rossiya)
2. Togrul Asgarov (Ozarbayjon)
3. Frank Chamizo Markes (Italiya)
3. Ixtiyor Navro‘zov (O‘zbekiston)

Boks, ayollar, -75 kg
1. Klaressa Shilds (AQSh)
2. Nauxka Fonteyn (Niderlandiya)

Boks, erkaklar, -52 kg
1. Shahobidin Zoirov (O‘zbekiston)
2. Misha Aloyan (Rossiya)

Erkin kurash, erkaklar, -97 kg
1. Kayl Frederik Snayder (AQSh)
2. Xetag Gazyumov (Ozarbayjon)
3. Magomed Ibragimov (O‘zbekiston)
3. Albert Saritov (Ruminiya)

Boks, erkaklar, -64 kg
1. Fazliddin G‘oibnazarov (O‘zbekiston)
2. Lorenso Kollazo Sotomayor (Ozarbayjon)

Boks, erkaklar, +91 kg
1. Toni Yoka (Fransiya)
2. Jozef Joys (Buyuk Britaniya)

Birinchi o‘rinni birinchi kunlardanoq reytingning eng yuqori o‘rnida joylashgan amerikaliklar egalladi.

Umumiy reytingning kuchli o‘ntaligi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Rio-2016, medallar hisobi (jami-oltin-kumush-bronza)

1. AQSh – 121 (46-37-38)
2. Buyuk Britaniya – 67 (27-23-17)
3. Xitoy – 70 (26-18-26)
4. Rossiya – 56 (19-18-19)
5. Germaniya – 42 (17-10-15)
6. Yaponiya – 41 (12-8-21)
7. Fransiya – 42 (10-18-14)
8. Janubiy Koreya – 21 (9-3-9)
9. Italiya – 28 (8-12-8)
10. Avstraliya – 29 (8-11-10)

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting

Rio-2016 kundaligi. Oxirgi kunda olingan medallar va yakuniy reyting



Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн