Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hamon faoliyatini davom ettirayotgan qariya darvozabonlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 218           Дата: 16-08-2016, 09:51          
Hamon faoliyatini davom ettirayotgan qariya darvozabonlar

Darvozabonlar futbolchilarga nisbatan bir muncha ko‘p o‘ynashadi. Mana shunday golkiperlar borki, hamon to‘p surishda davom etishmoqda. Quyida shunday golkiperlar xususida so‘z yuritamiz.

Mark Shvarser, 43 yosh

Jamoasi
: erkin agent

Avstraliyalik darvozabon o‘tgan mavsumda “Lester”da to‘p surdi. Bu klubda 6ta uchrashuv o‘tkazib, 10 marotaba to‘p olib chiqdi. Hozirda Shvarser birorta jamoada to‘p surganicha yo‘q. Lekin faoliyatini tugatish istagida emas. Unga Angliyaning quyi liga jamoalaridan bir nechtasi qiziqish bildirmoqda. Shu sababli, u faoliyatini mazkur chempionatda davom ettirishi mumkin. Shvarser hozirda 43 yoshga kirganiga qaramay, yosh darvozabonlardan aslo qolishmasligini maydonda ko‘rsatishga tayyor. Faoliyati davomida “Chelsi”, “Midlsbro”, “Fulxem” jamoalarida to‘p surgan. Terma jamoada ham 109ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Gabor Kiray, 40 yosh

Jamoasi
: “Xaladash”

Vengriyalik golkiper ham 40 yoshda bo‘lishiga qaramay, maydonda javlon urib to‘p surmoqda. Kiray Yevro-2016da terma jamoaning haqiqiy yuragi bo‘la oldi. Shundan keyin u mamlakat terma jamoasidagi faoliyatini tugatdi. Endilikda bor e’tiborini klubga qaratadi. Hozirda Kiray Vengriyaning “Xaladash” jamoasida to‘p surmoqda. O‘z vaqtida u “Fulxem”, “Aston Villa”, “Kristal Pelas”, Bayer” jamoalarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Shey Given, 40 yosh

Jamoasi:
“Stok Siti”

Irlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yaqinda tugatgan Shey Given hozirda ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda. Given “Stok Siti”da to‘p surmoqda. APLning 1-turida Given asosiy tarkibda kiritildi. Chindan ham Shey juda ham kuchli darvozabon hisoblanadi. Faoliyati davomida kuchli jamoalarda o‘ynagan va mahoratli ekanligini isbotlab bo‘lgan. E’tiborlisi, u faoliyatini tugatmoqchi emas.

Tomas Sorensen, 40 yosh

Jamoasi:
“Melburn Siti”

Daniyalik darvozabon ham 40 yoshga kirganiga qaramay, sarguzashtlarini davom ettirmoqda. Sorensen o‘z vatanida oxirgi marotaba 1998 yilda to‘p surgan. Shundan beri faoliyatini xorij chempionatlarida davom ettirib keladi. U asosan Angliyada to‘p surdi. “Aston Villa”, “Stok Siti”, “Sanderlend” jamoalarida faoliyatining ulkan qismini o‘tkazdi. Endilikda Avstraliya chempionatida o‘ynamoqda. Bir so‘z bilan aytganda, u faoliyatini hali beri tugatmoqchi emas. Yanada ko‘proq o‘ynash istagida ekanligini ma’lum qilgan.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн