Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 123           Дата: 12-08-2016, 21:37          
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Zamin.uz blogi 10 nafar eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar bilan Sizni tanishtiradi.
10. Djekson Martines
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 12,5 mln. yevro
Klubi: «Guanchjou Evergrand»
Martines madridning "Atletiko" klubidan ketgandan so‘ng qishda Xitoyga bordi va u yerda 6 oydan buyon o‘ynab yaxshigina daromad orttirib oldi, endi Yevropaga qaytishni xohlamoqda.
8-9. Esekel Lavessi
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 13 mln. yevro
Klubi:«Xebey Chayna Fortun»
Lavessi ham xuddi shunday yo‘lni bosib o‘tdi, xuddi Martines singari qishda PSJ dan ketib Xitoyga bordi. Italiyadan taklif bo‘lishiga qaramasdan, Esekel Xitoy ligasida o‘ynab yuqori daromad olishga qaror qildi.
8-9. Pol Pogba
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 13 mln. yevro
Klubi:«Manchester Yunayted»
Dunyoning eng qimmat futbolchisi ("Yuventus" dan 105 mln. yevroga transfer qilingan), yomon o‘yin ko‘rsatmayapti va moliyaviy jihatdan ham ancha ustunlikka ega bo‘ldi Italiyada o‘ynagan davri bilan solishtirganda.
7. Tomas Myuller
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 13,5 mln. yevro
Klubi:«Bavariya»
"Bavariya" ning yetakchisi Tomas Myuller o‘z maoshini halollab olmoqda, chunki u maydonda ikki kishining ishini bajarmoqda.
5-6. Gratsiano Pelle
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 16 mln. yevro
Klubi: «Shandun Lunen»
Gratsiano Yevro 2016 da o‘zini yomon ko‘rsatmadi, musobaqadan keyin darrov mazkur italiyalik Xitoy klubidan taklif oldi. Pelle uzoq o‘ylab o‘tirmasdan rozi bo‘ldi, vaholonki u "Chelsi" da A.Konte qo‘l ostida o‘ynashi ham mumkin edi.
5-6. Zlatan Ibragimovich
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 16 mln. yevro
Klubi: «Manchester Yunayted»
Zlatan "Manchester Yunayted" ga erkin agent sifatida o‘tdi, u 34 yoshda bo‘lishiga qaramasdan yaxshi o‘ynamoqda va chiroyli gollar kiritmoqda, oladigan maoshini ham aniq oqlamoqda.
4. Neymar
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 19 mln. yevro
Klubi: «Barselona»
Braziliyalik "Barselona" dagi omadli va yorqin mavsumdan keyin oladigan maoshini oshirilishiga erishdi.
2-3. Xalk
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 20 mln. yevro
Klubi: «Shanxay SIPG»
Xalk ushbu yozda "Zenit" dan Xitoyga o‘tdi, yangi jamoasidagi birinchi o‘yinidayoq raqib darvozasiga gol urishga erishdi va jiddiy jarohat ham oldi. Xalk o‘z transferi bilan "Zenit" ning yaxshigina pul ishlab olishiga hissa qo‘shdi, shuningdek uning Rossiyaga kelishida yaxshi taassurotlar qoldi.
2-3. Lionel Messi
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 20 mln. yevro
Klubi: «Barselona»
Dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi hammadan ko‘p maosh olishi kerak, Messi har bir o‘yinda o‘zining maoshi darajasida o‘ynashga intilmoqda. O‘ylashga qo‘rqasan kishi, agar u Xitoyda to‘p surishga qaror qilsa qancha maosh olishi mumkin.
1. Krishtianu Ronaldu
TOP-10: Xalk, Messi va boshqa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati

Maoshi: 21 mln. yevro
Klubi: «Real Madrid»
Ronaldu barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zining asosiy raqobatchisidan o‘zib ketishga harakat qilmoqda, tvitterdagi obunachilaridan boshlab erishgan yutuqlarigacha, shuningdek o‘zining maoshi bo‘yicha ham Messini ortda qoldirmoqda.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн