Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futboldan murabbiylikga o‘tgan o‘tmish yulduzlari

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 1 796           Дата: 10-08-2016, 14:42          
Futboldan murabbiylikga o‘tgan o‘tmish yulduzlari

Yaqin orada faoliyatini tugatgan o‘tmishning eng yaxshi futbolchilari endilikda faoliyatlarini murabbiylik sohasida sinab ko‘radi. Quyida shular xususida so‘z yuritamiz.

Andrey Shevchenko

Ukraina futboli yorqin namoyondasi bo‘lgan Andrey Shevchenko ham endilikda murabbiylik sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Ya’ni, Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Endilikda u mamlakat terma jamoasini boshqaradi. Futbolchilik faoliyati davomida “Chelsi”, “Milan”, “Dinamo K” klublarida ko‘plab gollar urgan Andrey murabbiylikdagi ishlari qay tariqa kechishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Aytor Karanka

“Real”da to‘p surgan Karanka keyinchalik “qirollik” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishladi. Uning bu sohada qadam qo‘yganiga ancha bo‘lib qoldi. Lekin mustaqil ravishda Karanka “Midlsbro”da ishini boshlagandi. Qisqa vaqt ichida ushbu klubni Premer-ligaga olib chiqdi. bu yil Karanka kuchli grandlariga qarshi jamoasini qay tariqa tayyorlantira olishi barchasini qiziqtirib qo‘ygan.

Jimmi Floyd Xasselbaynk

Futbolchilik faoliti davomida “Atletiko”, “Chelsi”, “Lids” jamoalarida to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olgan Xasselbaynk ham murabbiylik sohasiga kirib kelgan. U chempionship ishtirokchisi “KPR”ni boshqarmoqda. Bu jamoa o‘z oldiga yana Premer-ligaga qaytishni maqsad qilgan.

Fernando Yerro

“Real” o‘tmishida yorqin iz qoldirgan futbolchi Fernando Yerro hisoblanadi. U ham murabbiylik sohasini boshlab yuborgan. Yerro Ispaniyaning quyi liga ishtirokchisi “Ovedo” jamoasida bosh murabbiy sifatida ishga kirishgan. Bu jamoani keyinchalik Premero darajasiga olib chiqishni ko‘zlamoqda.

Kristian Panuchchi


Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Panuchchi esa “Ternana”ni bosh murabbiyi hisoblanadi. Bu klub Italiyaning quyi ligalarining birida faoliyat ko‘rsatadi. Panuchchi bu klubni yaqin orada Italiya A Seriyasiga olib chiqishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tish kerak, Kristian Panuchchi futbolchilik faoliyati davomida “Roma”, “Inter” va “Real” jamoalarida to‘p surgan.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Все будеть хорошо! Удачи им.


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн