Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«Real» - UEFA Superkubogi g‘olibi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104           Дата: 10-08-2016, 01:44          
«Real» - UEFA Superkubogi g‘olibi

Norvegiyaning Tronxeym shahrida UYeFA Superkubogi uchun bahs - «Real» - «Sevilya» o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda «Qirollik klubi» kichik hisobda g‘alaba qozonib, o‘z tarixida uchinchi marta nufuzli sovrin sohibiga aylandi.

O‘yin kuni Tronxeymda kuchli jala yog‘di va futbolchilar noqulay ob-havo sharoitida to‘p surishga majbur bo‘lishdi.
Birinchi bo‘limning dastlabki qismida «Real» biroz tashabbusga ega bo‘ldi va 21-daqiqada hisobni ochdi.
Asensio chamasi 25 metr masofadan darvoza tomon zarba yo‘llaganida, to‘p yuqori burchakka kirib ketdi. Chiroyli gol qarshisida darvozabon ham ojiz edi.

Shundan so‘ng «Sevilya» uyg‘ondi. Jamoa dadil hujumga o‘ta boshladi va 41-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Vetto o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Franko Vaskes himoyachilar orasida turgan holda zarba yo‘lladi. Natijada to‘p darvozaning pastki uzoq burchagiga kirib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa bosh murabbiyi maydonga yetakchilarni tushirdi. Natijada o‘yin ham biroz jonlandi.

71-daqiqada bahsli holat yuzaga keldi. Bosh hakamning fikriga ko‘ra, Serxio Ramos jarima maydoni ichida Vitoloni oyog‘ini bosib oldi. Natijada penalti belgilandi va uni Konoplyanka aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

O‘yin yakuniga qadar «Real» mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun xarchand urinmasin, «Sevilya» himoyada xatoga yo‘l qo‘ymadi va g‘alaba keltiruvchi hisobni ushlab qolishi mumkin edi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Ramos o‘z xatosini to‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi.
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, himoyachilar e’tiboridan chetda qolgan Serxio Ramos boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha taymning boshida «Sevilya» himoyachisi Kolodzeychak ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Shundan so‘ng tashabbus «Real» tomonga o‘tdi. «Sevilya» katta kuch bilan himoyalanib, o‘yinni penaltilar seriyasigacha olib bormoqchi edi. Biroq Karvaxal so‘nggi daqiqada uch himoyachini aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib keldi va posbon bilan yuzma-yuz vaziyatda to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Shu tariqa «Real» o‘z tarixida uchinchi marta UYeFA superkubogi sohibi bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Liverpul» va «Ayaks» bilan tenglashdi. Oldinda faqat «Barselona» va «Milan», ular 5 marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishgan.

9 avgust. Tronxeym, «Lerkendal» stadioni

«Real» (Madrid, Ispaniya) – «Sevilya» (Ispaniya) - 3:2 (qo‘shimcha vaqtdan so‘ng)
Gollar: Asensio (21), Ramos (90+3), Karvaxal (119) - Vaskes (41), Konoplyanka (72 pen)

Real Madrid – Kasilya, Ramos, Varan, Karvaxal, Marselo, Isko (Modrich, 66), Kovachich (Xames, 72), Asensio, Kazemiro, Vaskes, Morata (Benzema, 62).

Sevilya – Riko, Mariano, Kolodzeychak, Parexa, Karrisu (Rami, 51), Iborra (Kranevitter, 74), Kiyotake, Vitolo, Nzonzi, Vaskes, Vetto (Konoplyanka, 67).

Ogohlantirishlar: Vitolo (40), Karvaxal (84), Asensio (86), Kolodzeychak (90), Xames (93).
Chetlatish: Kolodzeychak (93).

Manba: stadion.uz


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн