Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APLning yangi 5ta yulduzi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 884           Дата: 3-08-2016, 21:40          
APLning yangi 5ta yulduzi

Angliya Premer-ligasi jamoalari mavsum oldidan tarkibni yetarlicha kuchaytirishdi. Xususan jahon futboli tan olgan ayrim o‘yinchilar tashrif buyurishdi. Quyida ular to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Zlatan Ibragimovich, “Manchester Yunayted”

PSJda yorqin o‘yinlaridan keyin nihoyat Ibragimovich Fransiyani tark etishga qaror qildi. “Manchester Yunayted” jamoasi ustozi Joze Mourino shvetsiyalik forvardni yoniga chorladi. Zlatan Ibragimovich esa ikkilanishlarsiz buni qabul qildi hamda “qizil iblislar” safini to‘ldirdi. Yangi mavsum boshida Ibragimovich APLda yanada qiziqroq o‘tishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Nolito, “Manchester Siti”

“Selta” jamoasida to‘purarlik mahoratini ko‘rsatgan Nolito “Manchester Siti”ga o‘tdi. Bu transferni amalga oshirilishida Xosep Gvardiolaning o‘rni va hissasi katta bo‘ldi. Chunki Nolitoga “Barselona” jamoasi tomonidan taklif tushgandi. Lekin Nolito Gvardiola sababli, ikkilanib o‘tirmay, Angliyaga yo‘l oldi. Endilikda u o‘z gollari bilan ingliz muxlislarini quvontirishi kutilmoqda.

Genrix Mxitaryan, “Manchester Yunayted”

Dortmundning “Borussiya” jamoasida o‘zini to‘liq ko‘rsatgan Mxitaryan ham Angliyaga yo‘l oldi. “Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyati armanistonlik forvardni sotib oldi. Bu futbolchi ham anchadan beri APLda to‘p surish istagi borligini ma’lum qilib kelgandi. Nihoyat, bu transfer amalga oshdi.

Stiv Mandanda, “Kristal Pelas”

“Marsel” jamoasi darvozaboin Stiv Mandanda Fransiyadagi sarguzashtlarini yakunlab, Angliyaga keldi. Unga “Kristal Pelas” jamoasi tomonidan qiziqish bo‘laverdi. Nihoyat, Stiv bunga rozilik berdi. Alan Pardyu darvoza chizig‘ini kuchaytirish uchun Mandandan xizmatiga tayanmoqda. Ko‘ramiz, APLdagi yangi yulduz o‘zini qanchalik ko‘rsata oladi?

Ilkay Gyundogan, “Manchester Siti”

Maydon markazida keng ko‘lamdagi ishlarni bajarishga odatlangan Gyundogan ham o‘zini kuchliroq ligada sinab ko‘rishga qaror qildi. “Manchester Siti” Ilkayni sotib oldi. U ham ingliz jamoasi bilan shartnoma tuzganidan xursandligini ma’lum qilib o‘tdi. Yangi mavsumda Gyundogan ham APLda o‘zini ko‘rsatishga harakat qilib ko‘radi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Koramiz kuzatamiz


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн