Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Автор: BEK Комментариев: 3            Просмотров: 2 744           Дата: 30-07-2016, 21:44          
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Zamin.uz blogi bu yil yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi bilan tanishtiradi.

Darvozabon. Voysex Щesni.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Arsenal.
Qayerga: Roma.
Kelishuv: 16 mln. yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berilgan.
O‘tgan mavsumda “kanonirlar” ning asosiy darvozaboni o‘zining xatolari evaziga darvozani David Ospinaga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan edi, Petr Chexning “Arsenal” ga kelishi bilan esa Voysex o‘tgan yozda “Roma” klubiga ijara asosida o‘ynash uchun o‘tib ketdi. U “Rimliklar” ning asosiy darvozaboniga aylandi va Spalettini o‘ziga nisbatan ishontirdi. Natijada Londonda zahira o‘rindig‘ida o‘tirgandan ko‘ra Rimga qaytishga qaror qildi.
O‘ng qanot himoyachisi. Dani Alves.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Barselona.
Qayerga: Yuventus.
Kelishuv: erkin agent.
“Barselona” bilan klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan Alves o‘z karerasida yangi o‘zgarish qilishga qaror qildi. Dani Alvesning Turinga kelishining asosiy sababi bo‘lgan o‘z kolleksiyalari sonini oshirishni “Yuventus”da birinchi mavsumdayoq uddalashi mumkin.
Markaziy himoyachi. Mats Xummels.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Borussiya D.
Qayerga: Bavariya.
Kelishuv: 38 mln. yevroga transfer qilingan.
“Borussiya” Dortmund sardori Mats Xummels o‘zi tarbiyalangan klubga qaytdi, uning Chempionlar ligasini yutish orzusi balki “Bavariya” da tezroq amalga oshishi mumkin. Shuningdek butun oilasi uning “Bavariya” ga o‘tishini faol qullab quvvatlashdi.
Markaziy himoyachi. Samyuel Umtiti.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Lion.
Qayerga: Barselona.
Kelishuv: 25 mln. yevroga transfer qilingan.
“Barselona” yosh va kelajagi porloq fransiyalik himoyachi bilan mo‘may mablag‘ to‘lab shartnoma imzoladi. Umtiti qariyotgan Maskerano va Matyolarni o‘rniga munosib o‘rindosh bo‘la oladi, uning “Barselona” ga o‘tishi Yevro-2016 finalchisi uchun oldinga qadam tashlash hisoblanadi.
Chap qanot himoyachisi. Lukas Din.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: PSJ.
Qayerga: Barselona.
Kelishuv: 16,5 mln. yevroga transfer qilingan.
Lukas butun mavsum davomida “Roma” da o‘ynash istagini bildirib keldi (ijara asosida o‘ynadi), lekin “rimliklar” uning transferini sotib olishga shoshilmadi va u kutilmaganda “Barselona” ga o‘tdi. Adriano ketgandan keyin, Lukasga “Barselona” tarkibidan muqim joy egallashi uchun Alba bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. Bu Lukas uchun anchagina murakkab vazifa hisoblanadi.
Tayanch yarim himoyachi. Granit Djaka.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Borussiya M.
Qayerga: Arsenal.
Kelishuv: 45 mln. yevroga transfer qilingan.
Nihoyat “Arsenal” tayanch yarim himoyachiga ega bo‘ldi, buning oqibatida Venger hujumkor o‘yinchilarni tayanch yarim himoyachi sifatida (Arteta, Kasorla va boshqalar) eksperiment qilishni to‘xtatdi. Shveysariya terma jamoasi va “Borussiya” M lideri “Arsenal” ning tayanch zonasini va jamoani so‘zsiz kuchaytiradi.
Tayanch yarim himoyachi. Renatu Sanchesh.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Benfika.
Qayerga: Bavariya.
Kelishuv: 35 mln. yevroga transfer qilingan.
“Bavariya” Sanchesh bilan Yevro 2016 gacha shartnoma tuzishga erishdi va bu myunxenliklar menejmentining yutug‘i hisoblanadi. Portugaliyaning yosh talanti terma jamoaning Yevro 2016 dagi lideri va ushbu musobaqaning “Eng yaxshi yosh o‘yinchi” si deb tan olindi. Yevropa chempionatidan keyin Sancheshning bahosi juda oshib ketdi, “Bavariya” esa o‘z vaqtida “otni qamchilab qolgan” edi.
Hujumkor yarim himoyachi. Genrix Mxitaryan.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Borussiya D.
Qayerga: Manchester Yunayted.
Kelishuv: 42 mln. yevroga transfer qilingan.
Oxirgi 2 yildagi Bundesliganing eng yaxshi assistenti, “Borussiya” D ning lideri va motori hujumni kuchaytirish uchun “Manchester Yunayted” ga o‘tdi. Genrixda Angliyada o‘ynashi uchun ko‘pgina ijobiy sifatlari bor edi: hujumni yakunlash, aniq to‘p uzatish, universallik. Shu sababli Mourino unga sarflangan mablag‘ni omadli “investitsiya” qildi deyishimiz mumkin.
O‘ng qanot yarim himoyachi. Xalk.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Zenit.
Qayerga: Shanxay Telleys.
Kelishuv: transfer summasi 56 mln. yevro plyus 2 mln. yevro bonus.
“Zenit” lideri oxirgi yilda “pul ishlash” uchun Xitoyga borishga qaror qildi. Bu Rossiya futboli tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lib, u Xalkni “Portu” klubidan sotib olish xarajatlarini butunlay qopladi hamda buni “Zenit” menejmentining omadli harakati deyish mumkin.
Chap qanot yarim himoyachisi. Sadio Mane.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Sautgempton.
Qayerga: Liverpul.
Kelishuv: 41,2 mln. yevroga transfer qilingan.
Klopp “Liverpul” ni o‘z uslubiga moslash uchun transfer yordamida qayta qurishni boshladi va Kloppning o‘yin uslubiga Mane juda ham to‘g‘ri keladi. Tezkor, jasur, baquvvat va tajovuzkor yarim himoyachi “Liverpul” ning hujumlariga “rang-baranglik” beradi.
Hujumchi. Gonsalo Iguain.
Yozda o‘z klubini almashtirgan futbolchilar ramziy termasi

Qayerdan: Napoli.
Qayerga: Yuventus.
Kelishuv: 90 mln. yevroga transfer qilingan.
Yozgi transferlar ichida eng shov-shuvlisi, Iguainning “Napoli” dan chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchisi “Yuventus” ga o‘tishi bo‘ldi. 90 mln. yevro Italiya futboli uchun fantastik summa bo‘ldi. Gonsaloning “Yuventus” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga intilishi uni mazkur musobaqaning favoritlaridan biriga aylantiradi.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Vengriya sardorini hic kim sotib olmadimi?

Игуаинга омад

jakaga omad


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн