Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shahzoda Muhammedova kimga turmushga chiqayotganini aytdi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 1 050           Дата: 26-07-2016, 21:30          
Shahzoda Muhammedova kimga turmushga chiqayotganini aytdi

Aktrisa Shahzoda Muhammedova va yosh aktyor Azamat Ahrorov o‘rtasidagi munosabatlar bir necha oylardan buyon muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgan edi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. Avvalroq, Muhammedova Ahrorov bilan munosabatlarini yashirib, shunchaki, u suratga olayotgan filmda bosh rolni ijro etayotganini, oralarida hech narsa yo‘qligini aytgan edi. Ko‘p o‘tmay, Azamat Ahrorov Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, sovg‘a-salomlar bilan unga turmush qurish taklifini bergani ma’lum bo‘ldi. Biroq aktrisa tahririyatimizga bu taklifni hali o‘ylab ko‘rmagani, turmush qurishini o‘zi emas, balki oila a’zolari hal qilishini aytgandi.

Mana, bir necha kundirki, Shahzoda Muhammedova ham, Azamat Ahrorov ham birgalikda tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga joylashshtirib, izoh o‘rnida “yurakcha” qoldirishmoqda. Internet orqali ularni kuzatib boradigan muxlislar esa ikki yosh bir-biriga juda mosligini aytishmoqda. “Qalampir.uz” munosabatlarga oydinlik kiritish maqsadida aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan bog‘landi.

“Azamat Ahrorov sovchi qo‘ygani haqida avval ham aytgandim. Keyin qo‘limni so‘radi, men esa rozi bo‘ldim”, deydi Muhammedova.

Aktrisaning ma’lum qilishicha, to‘y kuni hozircha aniq emas. “Kattalar o‘zaro kelishib olishgach, to‘yimiz qachon bo‘lishini ma’lum qilamiz”, deydi aktrisa.

Ma’lumot o‘rnida, Azamat Ahrorov o‘zini rejissyorlikda ham sinab ko‘rmoqda. Asli buxorolik bo‘lgan Ahrorov ancha yillardan buyon Toshkentda istiqomat qiladi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Menimcha ular bir biriga mos chiroyli toy bolady. Menga ikkalasi ham yokady


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн