Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

San’atkorlarimiz nimalardan qo‘rqishadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 218           Дата: 21-07-2016, 11:26          
San’atkorlarimiz nimalardan qo‘rqishadi?

“Fobiya” yunonchadan o‘zbek tiliga o‘girilganda, miyaga o‘rnashib qolgan, nazorat qilib bo‘lmaydigan qo‘rquv degan ma’noni anglatadi. Shuningdek hech bir sababsiz biror narsa yoki jonivorga nisbatan nafrat, uni qabul qila olmaslik hissi ham “fobiya” deb yuritiladi.

Kimdir suvdan, kimdir balandlikdan qo‘rqadi. Quyida xonandalar Guli Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova va aktyor Rixsitilla Abdullayevlar nimalardan qo‘rqishini “Bekajon” gazetasi bilan o‘rtoqlashdi.

Guli Asalxo‘jayeva: “ Qadimgilar “suv balosidan, o‘t balosidan o‘zing asra!” deb bekorga aytishmagan. Dengizda, kemada yurishga yuragim yo‘q. Bepoyon, tubsiz suv asablarimni zo‘riqtiradi. Uni ko‘rib, o‘zimni boshqarolmay qolaman. Ummonni ko‘rishim bilan nafasim qaytib, quloqlarimga guvillab suv kirganini his qilaman. Shu bois, “Titanik” filmini oxirigacha ko‘rolmayman. Unda suv bilan bog‘liq hayajonli, qo‘rqinchli sahnalar juda ko‘p. Kinoijodkorlar filmni qanday suratga olishgan, hayronman”.

Hosila Rahimova: “Suvaraklarni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Uni ko‘rishim bilan ular tanamda yurganday etim jimirlab ketadi. Bunga sabab, bolaligimda suvaraklar bilan bog‘liq noxush voqea bo‘lgan. O‘shanda men 11-12 yoshli qizcha edim. “Navnihol” folklor dastasi bilan konsert bergani qishloqlardan biriga borgan edik. Birpas dala shiyponida o‘tirdik. Keyin konsert boshlandi. Bizga navbat kelib, sahnaga chiqdik. Shunda qo‘shiq aytayotib, ichimda bir nima g‘imirlaganini sezib qoldim. G‘ashim kelganidan tomoshabinlarga bildirmay, ko‘ylagimni tortib ko‘rdim, urib ko‘rdim, befoyda. Oxiri chiday olmadim. Qo‘shiqni bazo‘r tugatib, dastadagi qizlar ta’zim qilayotgan paytda pana joyga o‘tib, ko‘ylagimni qoqqanimni bilaman, ichimdan ikki-uchta suvaraklar tushsa bo‘ladimi? O‘takam yorilib, qichqirib yuborganman. Shu-shu haligacha suvarakni ko‘rsam, seskanib ketaman, ular ichimda o‘rmalayotganday tuyuladi. Shuning uchun har bahor va kuz oylarida SES xodimlarini chaqirib, uyimizni suvaraklarga qarshi dorilatamiz. Bu bizning oilada odatga aylangan”.

Rixsitilla Abdullayev: “Samolyotda uchadigan bo‘lsam, albatta o‘zim bilan asablarni tinchlantiruvchi dorilarni olaman. Aslida ham samolyotda uchishdan oldin tinchlantiruvchi dori ichish tavsiya etiladi. Chet ellik kinoijodkorlar samolyot halokati bilan bog‘liq filmlar ishlashni yoqtirishadi. Triller janrida yaratilgan bunday filmlar odamni vahimaga solib qo‘yadi. Kinolarda samolyotlar portlab ketadi, qulaydi, izsiz g‘oyib bo‘ladi. Bunday filmlarni ko‘rsatishning nima keragi bor? Yana televizor orqali kun-kunora biror samolyot qulagani haqida xabar beriladi. “Shuni televizor orqali ko‘rsatish shartmikan?” deb o‘ylayman. Bu narsalar odamni battar vahimaga soladi”.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031