Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Litsenziyasi tugatilgan Sarvar va Komil “O‘zbeknavo”ga e’tiroz bildirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 382           Дата: 21-07-2016, 01:17          
Litsenziyasi tugatilgan Sarvar va Komil “O‘zbeknavo”ga e’tiroz bildirdi

Kuni kecha “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonovalarning litsenziyalari tugatilganligi haqida xabar bergandik.

Ushbu rasmiy xabar yuzasidan Sayyod.com nashri “Benom” guruhi yigitlari va “O‘zbeknavo” rasmiylari bilan bog‘lanib javob oldi.

– Bu xaqida mana sizdan xozir bildik. Hayratdamiz! Chetga chiqish bilan bog‘liq ishlar so‘nggi payt judayam murakkablashgandek lekin biz xamisha chetga chiqayotganda rasman “O‘zbeknavo”ga aytganmiz va yozib berganmiz. Qozog‘istonda konsert uyushtirish masalasida “O‘zbeknavo”ga murojaat qilinganida, chetga chiqishni tartibga soladigan mas’ul xodim Azamat Nurmatov ushbu konsertni tashkilotchilari rasmiy xat bilan murojaat qilishlarini so‘radi. Tashkilotchilar yuridik shaxs bo‘lmaganini tushuntirsak xam ko‘nishmadi. Keyin tashkilotchilar firma orqali chiqib rasmiy xat va undagi muxri bilan murojaat qilishganida esa “O‘zbeknavo” rad javobini berdi. Biz oldindan konsert gonorarini olganimiz uchun konsertni bekor qila olmadik va borishga majbur bo‘ldik. Moskvadan tashkilotchilar konsert bo‘yicha murojaat qilganida esa Azamat Nurmatov yanada qiyin shart qo‘ydi, ya’ni elchixonadan ruxsat olish kerak deb.

“Benom” guruxi ma’muri Bahrul:

– Xullas elchixonamizga Moskvadan tashkilotchilar murojaat qilganida elchixonadagilar bunday tartibdan xabarimiz yo‘q deyishgan. Keyin Qozog‘iston bilan bog‘liq xujjatlarda qanday talablar qo‘yilgan bo‘lsa shularni amalga oshirishni boshladik. Azamat Nurmatov murojaatni firmaning maxsus blankasidagi turini talab qildi, uni xam berilganida konsert zali manzili, qaysi tumanda joylashgani va avval u yerda kimlar konsert bergani xaqidagi ma’lumotlarni yozib Rossiyadagi elchixonamizga taqdim etishni so‘radi. Mana shu xammasini elchixonaga taqdim etilganida esa elchixona xodimlari “Biz konsert tashkilotchilari emasmiz, biz elchixonamiz” deyishdi.

“O‘zbeknavo” konsertga kimlar kirishi, kimlar uchun tashkil qilinishi hamda firma emas davlat tashkiloti konsertni tashkillashtirishi kerak deyishdi. Xususiy firmani konsert tashkillashtirishga ruxsat yo‘q ekan va Rossiya madaniyat vazirligi tashkillashtirishi kerak ekan. Biz hayratdamiz, Rossiya madaniyat vazirligiga bu qiziq emasku. “O‘zbeknavo”ni talab qilingan hujjatlar ro‘yxatiga konsert zalini planirovkasigacha kiritildi... kadastr.. Ohir oqibat konsert kuniga ozgina qolganida konsertni bekor qilishga majbur bo‘ldik. Chiptalarni pulini qaytarish va shu baxona aylanib kelish uchun Moskvaga bordik. U yerda Sarvarni yaqin do‘sti tungi klub ochgani munosabati bilan uni ochilishiga taklif etdi va biz u yerda 3-4ta ashula bilan xizmatda bo‘ldik. Chet elga chiqayotgan boshqa xamma san’atkorlarni konsertlarini o‘sha yerdagi madaniyat vazirliklari tashkillashtirayotganmikin qiziq...

YaNA BIR E’TIROZ

Komil: -Sarvar va Komil “Benom” guruhidagi ikki xonanda har bir xizmatdan ikkisiga bir gonorar olsayu, lekin litsenziyaga ikki kishi alohida pul to‘lab olsa biz qanday qilib tashkilotchilarga har ikkisiga aloxida pul to‘langlar deya olamiz? Bunaqada yakkaxon xonandalar qulay bo‘lib bora-bora guruxlar yo‘qolib ketadiku. Guruhlar uchun qandaydir bir yengilik va chegirmalar bo‘lishi kerak nazarimda.

Manba: Darakchi.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн