Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 529           Дата: 19-07-2016, 21:23          
Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

19 iyul kuni britaniyalik taniqli aktyor Benedikt Kamberbetch 40 yoshga to'ldi. Bugungi kunda u yulduzli onlarini boshdan kechirmoqda, 2010 yilda “Sherlok” serialining birinchi fasli ekran yuzini ko'rganidan keyin u butun dunyoga tanildi. Filmda Artur Konan Doylning qahramoni bizning zamondoshimizga aylanadi, turli gadjetlardan erkin foydalanadi, ammo qirolicha Viktoriya davrida London politsiyasi uddasidan chiqmagan chigal jinoiy ishlarni birin-ketin fosh qilishga muvaffaq bo'ladi. O'tgan 6 yil ichida Kamberbetch blokbasterlar (“Xobbit” trilogiyasi, “Intiqom”), bayopiklar (“Beshinchi hokimiyat”da Julian Assanj), tarixiy ketma-ketliklarda (“Bo'sh toj”ning yangi faslida Richard III) suratga tushgan va “Oskar”ga (“Taqlid o'yini”da matematik Alan Tyuring roli uchun) da'vogarlik qilgan.

2015 yilda aktyor Londondagi Barbikan teatri sahnasida Hamlet rolida namoyon bo'ldi. Bugungi kunda aktyorning kun tartibi juda tig'iz – undan komikslar qahramoni Doktor Strenj (joriy yilning kuz oylarida namoyish etiladi), “Grinch – Rojdestvo o'g'risi” multfilmi bosh qahramoni (2018 yilda ekranga chiqishi mo'ljallangan) va albatta, “Sherlok”ning yangi qismlari o'rin olgan, mazkur serialning to'rtinchi fasli 2017 yilda taqdim etiladi.

“Sherlok” serialidan lavha

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

“Taqlid o'yini” filmidagi matematik – Alan Tyuring roli uchun Kamberbetch “Oskar”ga da'vogarlik qilgan

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

“Beshinchi hokimiyat” filmidan lavha

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Kamberbetch Hamlet rolida

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Benedikt Kamberbetch “Bo'sh toj” serialida Richarda III timsolida

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Rejissyor Piter Jeksonning “Xobbit” trilogiyasida Benedikt Kamberbetch Smaug ajdarhosi rolini ijro etgan va Sauronga (Nekromanta) ovoz bergan

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Benedikt Kamberbetch komikslar qahramoni Doktor Strenj siymosida (2016 yilning kuz oylarida katta ekranga chiqadi)

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Kamberbetch qirolicha Elizaveta II’dan Britaniya imperiyasi Ordenini qo'lga kiritganidan so'ng turmush o'rtog'i bilan

Benedikt Kamberbetch 40 yoshni qarshi oldi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн