Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 188           Дата: 15-07-2016, 21:57          

13 iyul kuni AUTOGRAPH san'at galereyasida ilk yubiley nishonlandi – galereyaning tantanali ochilganiga bir oy to'ldi. Muhim voqea galereyada Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvining o'tkazilish vaqtiga to'g'ri keldi.

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirda Rossiyaning 10 ta etakchi sayyohlik kompaniyasi hamda o'zbek sayyohlik firmalarining taxminan 40 vakili ishtirok etib, ular hamkorlik haqida shartnomalarni muvaffaqiyatli imzolashdi. Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlik aloqalarining rivojlanishiga bag'ishlangan uchrashuv ikki mamlakat sayyohlik biznesi vakillari hamkorligining yangi bosqichiga asos soldi.

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

O'zbekiston rossiyalik sayyohlar ko'z o'ngida o'zining ajoyib tarixi, qadimiy me'morchiligi va boy madaniyatiga ega mamlakat sifatida namoyon bo'ladi. Tadbirda ishtirok etgan poytaxt mehmonlarining e'tirofiga ko'ra, uchrashuv juda yaxshi tashkillashtirilgan bo'lib, unda ishtirokchilar samarali xalqaro muloqot uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlarning yaratilganligini ta'kidlashdi.

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirning O'zbekiston va Rossiya sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga bag'ishlangan rasmiy qismidan so'ng poytaxt mehmonlari uchun taqdimot shousi bo'lib o'tdi. Ijodiy jamoalar yig'ilganlarni an'anaviy o'zbek musiqasi va raqsi olamiga chorlashdi. Tadbirni o'tkazishga aynan shu joyning tanlanishi ham bejiz emas. Sayyohlik biznesi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mehmonlar bir-biri bilan tanishadigan tadbirning tasviriy san'at namunalari namoyish etilgan o'zbek an'analari ruhidagi san'at galereyasida o'tkazilishi ayni muddaodir.

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuv ishtirokchilari O'zbekistonning mehmondorchiligini alohida ta'kidlashdi hamda mamlakatimiz bilan bog'liq loyihalarini kengaytirishga qat'iy qaror qilganliklarini ma'lum qilishdi.

AUTOGRAPH san'at galereyasida Rossiya-O'zbekiston yo'nalishidagi sayyohlikni rivojlantirishga doir V2b uchrashuvi bo'lib o'tdi

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн