Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 311           Дата: 15-07-2016, 11:35          
Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi”

Avvalroq, poytaxtdagi Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan taniqli xonandalar, san’atshunoslar va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda ishtirok etgan mohir sozanda va xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Asqar telekanallar ma’muriyatiga nisbatan e’tirozini bildirdi, deb xabar berdi "Qalampir.uz" sayti.

“Xonandalar ko‘payib ketyapti. Haqiqiy san’atkorlar esa TV va radiolarda kam chiqadi. Aslida yaxshi qo‘shiqlarimiz juda ko‘p. TVda chiqayotgan yosh xonandalarning homiysi bor, ular ma’lum vaqtlarni sotib olish imkoniyatiga ega. Katta san’atkorlar esa yo televideniyega borib pul to‘lashga erinadi, yo bunga mablag‘i yo‘q, yo bo‘lmasa ularga rag‘bat qilinmaydi. Shuning uchun ham “otarchi”lar TVga chiqyapti, televizorga chiqishi kerak bo‘lgan haqiqiy san’atkorlar esa to‘yda pul topib yuribdi.

Men shuni iltimos qilardimki, haqiqiy san’atkorlarning ijodini xalqqa yetkazish, milliy qo‘shiqlarni targ‘ib qilish uchun TVlarda ma’lum vaqt ajratilsin. Iqtidorli ijodkordan mablag‘ talab qilish kerak emas. Aksincha, uning ijodiga ko‘mak berish, yordam qo‘lini cho‘zish kerak”, deydi Toir Asqar.

Yuqorida aytilgan fikrlarni matbuot anjumanida o‘tirgan taniqli san’atkordan tortib, jurnalistlar ham qo‘llab-quvvatladi. “O‘zbenavo” estdara birlashmasi Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov Toir Asqarning talabiga javob qaytarar ekan, ayni damda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshida “Yagona badiiy kengash” tuzish ishlariga start berilganini, mazkur loyiha amalga oshirilgach, telekanallarning o‘zbilarmonchiligiga nuqta qo‘yilishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida “MY5” telekanalining bugungi faoliyati, unda efirga uzatilayotgan kliplar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilindi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн