Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tuproqni Xudo deb bilma!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 198           Дата: 15-07-2016, 11:10          
Tuproqni Xudo deb bilma!

Avvaldan aytib qo'yish lozim — bunda o'zimni zarracha maqtash niyatim yo'q. O'shanda nimaiki bo'lgan bo'lsa, Allohning izni bilandir. Bu hikoya bundan 11 yil muqaddam, xorijiy davlatlardan biriga qilingan safar chog'ida bo'lgan edi. Dunyoning 18 ta davlatidan til o'rganish kursi amaliyotini o'tash uchun kelgan 120 chog'li talaba ichida estoniyalik ikki qiz ham bor edi. Ularning kitobxonligi, ayniqsa, ko'ngilochar dasturlar chog'ida o'zlarini chetga olib turishi, har bir narsa-hodisaga ajib hayrat bilan boqishlari e'tiborimni tortdi. Bir oqshom diskoteka va cho'milishdan bosh tortgan uch-to'rt kishi bir stol atrofida o'tirib qoldik va yaqindan tanishdik. Biri Alisa, ikkinchisi Kadri ekan. Sharqshunoslik fakultetida o'qisharkan. Suhbatimiz sharq allomalari asarlariga taqalganda Alisa so'rab qoldi:
— Nega “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” kabi asarlarda oshiq-ma'shuqlar visolga etmaydi? Barchasida bir xillik... Axir hayotda hadeb bunday bo'lavermaydi-ku...
Men ularga majoziy ishq, tasavvuf haqida bilganlarimni aytdim. Bunda biru bor bo'lgan Allohga intilish borligini anglatdim. Qizig'i, ular hali Islom haqida tasavvurga egamas ekan. Gap aylanib dinlarga taqaldi. Shunda ulardan so'radim:
— Sizlarning diningiz nima?

Ular elka qisishdi.

— Ibodat qilasizlarmi?

— Ha, tuproqqa sig'inamiz, — deyishdi.

— Nega? — dedim beixtiyor.

— Chunki u bizga rizq beradi. Undan turli noz-ne'mat unib chiqadi.

— Lekin sizu-biz uning yuziga oyoq qo'yamiz-ku?

— Ahlatu chiqindilar ham uning bag'riga to'kiladi... — Yonimdagi qrimlik do'stim ham muloyim tabassum ila qo'shimcha qildi.

Ularning yuzi qizardi. Biri bahsga kirishdi. Lekin men yotig'i bilan erni xohlagancha “tahqirlasa” bo'lishini, qo'l bilan ushlash, oyoq bilan tepish, qo'polroq aytganda ustiga bavl qilish ham mumkin bo'lgan narsa hech qachon Xudo bo'lolmasligini aytdim. Ular xayrlashmay turib ketishdi.

Oradan uch kun o'tgach, Alisa bir ahvolda yonimga keldi. Ko'zlari kirtaygan, rangi so'niqqan. Parishon bir vaziyatda salomni ham unutib savol berdi:

— Bordi-yu, er Xudomas ekan, unda kim?

— Alloh!

— U qaerda?

— Hamma joyda.

— Nega endi Quyosh, Oy yoki ko'rinib turgan boshqa bir jism emas, ko'rinmas bir narsani aytayapsan?

— Uni ko'rish, ushlash mumkin bo'lganida Iloh bo'lolmasdi...

— Ko'rmay turib ishonib bo'lmaydi-ku, axir...
Uning iztirobini his qilardim. Sal narida sherigi ham mo'ltirab turgan ekan. Ikkisini o'rindiqqa taklif etdim va savollar berdim.

— Xo'sh, jismingiz ko'rinadi-yu, ruhingiz-chi? Daraxtni tebratayotgan shamolni aynan ko'rib turibsizmi? Kislorodni-chi?... Ko'rmay turib ham borligiga barchamiz shohidlik beradigan qancha yaratiq bor axir...

Har ikkisi ham o'yga toldi. Yana xayrni nasiya qilib, o'z tilida o'zaro gaplashib ketib qolishdi. Safarimiz yakuniga etay deganda ular yana yo'limni kesib chiqishdi. Birinchi bo'lib Alisa gap boshladi:

— Musulmon bo'lmoqchiman! Dugonam yana bir karra o'ylab ko'radi. Xo'sh, diningning shartlari qanday? Qiyin emasmi? Uni qaysi kitobdan o'rgansam bo'ladi?...

Ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi.

— Subhonalloh! — dedim.

— Bu nima deganing? — tushunolmay so'radi Alisa.

O'zimni qo'lga olib, Yaratganga shukr aytib, do'stimning savollariga javob berdim. U esa qolgan vaqtda faqat kitob do'konlariga kirib, turli tillardagi Qur'oni karimni yig'ishga tutindi....

Uchoqqa chiqish oldidan har ikkisi o'z sovg'asini berdi. Men ham ularga sharq allomalarining sara asarlaridan hadya qildim...

Oradan ancha vaqt o'tib, Alisadan maktub oldim. U bir musulmon yigitga turmushga chiqibdi. Farzandlariga ham Allohni tanitayotgan ekan...

P.S: Hikoya Qadriyat.uz saytida e'lon qilingan. Muallif: Abdulatif Abdullaev

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн