Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbeknavo” 40 nafar xonandani qayta tarbiyalamoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 155           Дата: 14-07-2016, 21:25          
“O‘zbeknavo” 40 nafar xonandani qayta tarbiyalamoqchi

Avvalroq, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan san’atkorlar uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malaka oshirish kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda yosh xonandalar institutning malakali o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan darslarda ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Kuni kecha Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida birlashma Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov joriy yilning avgust oyida 40 nafar xonanda uchun ma’naviyat darslari tashkil etilishi haqida ma’lum qildi.

“Bundan oldingi darslarga aql-hushi joyida san’atkorlarni jalb qilganimiz yaxshi bo‘ldi. Boisi keyingi darslarni tashkil etish borasida ulardan ancha fikrlar oldik.

Ma’naviyat soatlarini to‘xtatib qo‘ygan edik. Bugun bunga ehtiyoj ortib borayotganini his qilgan holda yana ma’naviyat darslarini davom ettirmoqchimiz. Chunki bugungi ayrim xonandalar kitob, gazeta o‘qimaydi, TV ko‘rmaydi. Dunyoda kechayotgan voqealardan xabardor emas. Bunday ijrochilarni esa o‘qitish kerak”, deydi Murodjon Majidov.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bundan avvalgi malaka oshirish kurslarida Farrux Ahmedov, Umar Shamsiyev, Tohir Usmonov, Botir Yaminov, Yagona, Amira Alibekova, Ruhshona kabi o‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega, ta’bir joiz bo‘lsa, hali pand yemagan va ishonchni so‘ndirmaganlarni qayta tarbiyalagan edi. Balki navbat o‘zbek tilini bilmay o‘zbekcha kuylayotgan, targ‘ibot tadbirlariga ochiq-sochiq liboslarda borayotgan, to‘y-hashamlarda janjalkashligi bilan tilga tushganlarni tarbiyalashga yetgandir. “O‘zbeknavo” bu borada ko‘zga ko‘rinarli natijaga erishadi, degan umiddamiz.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн