Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nazarbekovning xit qo‘shiqlari muallifi xonandalikdagi ijodini “o‘g‘irlik”dan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 952           Дата: 12-07-2016, 21:50          
Nazarbekovning xit qo‘shiqlari muallifi xonandalikdagi ijodini “o‘g‘irlik”dan boshladi

O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitovaga qo‘shiq yozib tilga tushgan shoira Nargiz Latipova qo‘shiqchilikdagi faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. U endigina uchta qo‘shig‘ini omma e’tiboriga havola etdi. Biroq xonanda ilk qadamlarini “o‘g‘irlik” ko‘chasi tomon tashladi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

Gap shundaki, Nargiz Latipovaning kuni kecha tinglovchilar e’tiboriga havola etgan “Eng buyuk oshiq” nomli qo‘shig‘i minglab muxlislar tomonidan iliq kutib olinayotgan edi. Yangi ovoz, yangicha yo‘nalish, yoqimli qo‘shiq, yodda qoladigan ohang... Ming afsuski, bularning hammasi birovning mehnati bo‘lib chiqdi. Qo‘shiqni tinlaganimiz zahoti u ikki tomchi suvdek turk xonandasi Ayla Chelikning “Bag‘dod” nomli qo‘shig‘iga o‘xshashini payqadik. Qo‘shiq o‘zbek tilida kuylanganini aytmasa, musiqasidan tortib, hatto, so‘zlarida ham katta o‘zgarishga qo‘l urilmagan. Latipova unga qaytadan she’r bitishni ma’qul ko‘rmay, qo‘shiq so‘zlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Buning natijasida ayrim so‘zlar tushunarsiz holatga kelgan, qofiya buzilgan. Biz xonanda qo‘shiqni ruxsat so‘rab kuylagandir, degan o‘yda u bilan bog‘lanishga harakat qildik. Boisi bu qo‘shiqni bundan avval boshqa millat xonandalari ham kuylab chiqishgan. Biroq ular mualliflik huquqiga nisbatan hurmatni saqlagan holda qo‘shiqni qanday bo‘lsa, shundayligicha, turk tilida kuylashgan.

Nargiz Latipova, xonanda:
— Bu qo‘shiq o‘zimga yoqar edi, shuning uchun kuylab chiqdim. Hech kimdan ruxsat so‘raganim yo‘q. Nima, Baxrom Nazarov “Pari-pari”ni egasidan so‘rab kuylaganmidi? Agar qo‘shiqning muallifi da’vo qilgudek bo‘lsa, o‘zim javob beraman.


Xalqda birniki mingga, mingniki tumanga, degan gap. Qachonlardir kimdir yo‘l qo‘ygan xato, ortidan boshqasini ergashtirib kelyapti. Ustozlar bosgan iz esa, yoshlarga o‘rnak bo‘lyapti. “Ozodbek Nazarbekov fors, hind qo‘shiqlarini ko‘chirib kuylaganidan keyin, biz aytsak nima qilibdi?”, deydiganlar yuzlab topiladi. Latipova yuqorida doimiy hamkorining nomini tilga olmagan bo‘lsada, o‘sha “hamma”ning ichida ustoz san’atkorlarni ham nazarda tutgan bo‘lsa, ne ajab.

Qiziq, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bunday holatlarga nisbatan qachongacha panja ortidan qaraydi? Birlashma rahbariyati bir vaqtlar o‘g‘irlangan qo‘shiqlar endi radio va TV efirllarida berilmasligini bot-bot takrorlab, bong urgandi. Biroq aytilgan gap amaldagi ifodasini topgani yo‘q. Bugun xorij estradasidan o‘g‘irlangan qo‘shiqlar nafaqat TV va radiolarda, balki katta konsert dasturlarida ham jarang sochmoqda.

“Biz estrada san’atining bugungi va ertangi rivoji haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berishimiz, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, “ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy, albatta. Bu haqda gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan “asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilish, “yulduzlik” kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi, albatta”.

Biz bejiz maqola so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan olingan fikrlarni bermadik. “San’atkorman”, deb ko‘ksiga urayotgan, jonli aytish tugul, fonogrammaga ham zo‘rg‘a og‘iz qimirlatadigan, birov qilgan mehnatdan o‘g‘rincha foydalanayotganlar bir ishga qo‘l urishdan avval, yaxshilab o‘ylab ko‘rsa, madaniyat vakili degan nomga loyiq ish qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Birgina xonandaning ko‘chikmakashligi yillar davomida o‘zbek san’atini dunyoga olib chiqaman deb ter to‘kib kelayotganlarning mehnatlarini ham yo‘qqa chiqarmasligi kerak.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн