Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Silvestr Stallone 70 yoshlik yubileyini katta tantana bilan nishonladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 139           Дата: 11-07-2016, 21:21          
Silvestr Stallone 70 yoshlik yubileyini katta tantana bilan nishonladi

Hollivudning so'nmas yulduzi Silvestr Stallone 70 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tantanada 80 nafardan ortiq kishi qatnashdi, shu jumladan Monako shahzodasi Albert va qo'shiqchi Rikki Martinlar ham Stalloneni qutlash uchun tashrif buyurishdi.

Kino yulduzining do'stlari Viktoriya va Isaak Oberfildlar bunday qutlug' sanada aktyorga kutilmagan sovg'a tayyorlashdi. Ular Stalloneni oilasi bilan La Trattoria restoraniga taklif qilishdi. Aktyor bu erga turmush o'rtog'i Jennifer Flavin hamda qizlari bilan tashrif buyurdi va uyushtirilgan bayram tantanasidan hayratga tushdi, zero uni muborakbod etish uchun bu erga 88 kishi yig'ilgan edi.

Stallone Nice Matin gazetasiga bergan intervyusida shunday deydi: “Men do'stim Viktoriyaning taklifi bilan ushbu restoranga tashrif buyurgandim, bu tantana men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. 70 yoshligimni do'stlarim davrasida gamburger va kartoshka fri tanovul qilib o'tkazaman degan xayolda kelgandim. Men restoranga tashrif buyurgan barcha do'st va birodarlarimni ko'rganimdan juda baxtiyorman, ayniqsa shahzoda Albertning tashrifi meni quvontirdi”.

Shahzoda Albert Silvestrni tabriklab, unga o'zining onasi – malika Greysning imzolangan oq-qora suratini sovg'a qildi.

Silvestr Stallone 70 yoshga to'lishiga qaramay, hech qanday qarilik alomatlarini ko'rsatmaydi. Aktyorning ma'lum qilishicha, u yangi serialda mafiya boshlig'i rolini ijro etadi.

Silvestr Gardentsio Stallone 1946 yilning 6 iyulida Nyu-Yorkda tavallud topgan. U Hollivudning mashhur aktyori, kinorejissyori, stsenariynavisi va prodyuseri hisoblanadi. U o'zining aktyorlik faoliyati davomida 50dan ortiq rollarni ijro etgan. Ular orasida eng mashhurlari – “Rokki”, “Rembo” va “Tutqich bermas kishilar” filmlari.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн