Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yigitali ajrashish sabablarini oshkor qildi: «Ayyor ayol» deganda u kimni nazarda tutgan edi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 758           Дата: 9-07-2016, 11:09          
Yigitali ajrashish sabablarini oshkor qildi: «Ayyor ayol» deganda u kimni nazarda tutgan edi?

Xonanda Rayxon anchadan buri jurnalistlarning ajrashish haqidagi savollarini ochiq qoldirayotgan edi. U bo‘lib o‘tgan voqealarni qayta taftish qilish aybdor izlashni o‘ziga ep ko‘rmasligini intervyu chog‘ida bir necha bor aytgan. Hordiq gazetasidagi yangi loyihada Yigitali bu haqida ochiq gapirdi. Mazkur nashr Yigitali Mamajonovga san’atkorlardan tushgan savollar bilan murojaat qildi, deb xabar berdi “Diydor aziz”.

Xususan Shohida Uzoqova aktyorga shunday savol bergan: “Savolim sizga biroz og‘ir botishi mumkin. Farzand Allohning mo‘’jizasi. Siz nima bo‘lgan tadqirda ham oilani saqlab qolishingiz kerak edi. Nega bunga harakat qilmadingiz?”

Yigitalining ushbu savolga javobii ularning darz ketgan oilalari sabablarini ochgandek bo‘ldi. “ Inson birovning hayotini bilmasdan turib bunaqa xulosaga kelishi noto‘g‘ri. Har bir inson boshidan o‘tganini o‘zi biladi va har kimning o‘z haqiqati bor. Harakat qilmadi, degan qarorga kelish mening haqiqatimga to‘g‘ri kelmaydi. Men bolalarim otasiz o‘smasligi uchun urindim, chunki o‘zim 8 yoshda otadan yetim qolganman. Otasiz qancha qiyinchilikni ko‘rib ulg‘ayganim faqat o‘zimga ayon va doim niyat qilardimki, farzandlarimni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman deb. Hayotda biz o‘ylamagan va bizga tegishli bo‘lmagan narsalar ko‘p bo‘lar ekan. Haligacha dadam bilan kulishib nonushta qilgan baxtli damlarimni ko‘z oldimga keltiraman va farzandlarim bilan ham shunaqa samimiy munosabat o‘rnataman, derdim. Nimaga biz bolalarimizni to‘liq oila mehrini his qilishidan mahrum qildik? Meni birga yashashni xohlamaydi, deb o‘ylaysizmi? Farzandlarimni qanchalik yaxshi ko‘rishim faqat o‘zimga ayon. Men ularning ham otasiz katta bo‘lishini umuman istamaganman. Hatto xayolimga ham keltirmaganman. Oilani saqlab qolish faqat erkak kishining qo‘lida bo‘lganida men bor-yo‘g‘imdan voz kechib bo‘lsa ham oilamni saqlab qolardim. Bunaqa gaplar bo‘lishini oila qurishdan oldin ham sezganman, lekin men shu insonni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor edim. Bunaqa yo‘qotishlarni bilib turib ham qanaqa kurashmasligim mumkin? Boshida men shunchaki taqdir ekan, deb ketganim yo‘q, haqiqiy erkak qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qildim, ammo natija men kutganchalik bo‘lmadi. Boshimga tushganini men hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman…

Menga oxirgi vaqtlarda shu savol juda ko‘p berilyapti. Ajrashishimizga jiddiy sabablar bo‘lganki, biz shu taqdirni tanladik. Shaxsiy hayotda, aslida, nima bo‘lganini aytganimdek, faqat o‘zimiz bilamiz. «Nimaga oiladagi tushunmovchiliklarga ko‘z yummadingiz?» deyishadi. Nega ko‘z yumish kerak? Me’yordan oshib ketganda ham jim qarab turish kerakmi? Men, Yaratganga shukr, musulmon oilada katta bo‘lganman va bizning oilada erkak kishi hukmron bo‘lgan, ayol emas! Har bir buyuk erkakning ortida oqila va dono ayol turgan bo‘ladi, ayyori emas.”


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031