Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbeknavo” xonanda Lola Yo‘ldosheva bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 742           Дата: 9-07-2016, 01:06          
“O‘zbeknavo” xonanda Lola Yo‘ldosheva bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqchi

7 iyul kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan xonanda va sozandalar, san’atshunoslar va OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Yaratilayotgan qo‘shiqlarning ma’naviy-ahloqiy ahamiyati hamda Konsert-tomosha tadbirlari sifatini yanada oshirish, fonogrammasiz konsert tadbirlarini tashkillashtirish borasida olib borilayotgan ustuvor vazifalar mavzusi o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Qalampir.uz” muxbiri ishtirok etib, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, balki qator OAVlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan din borasidagi mulohazalari yuzasidan “O‘zbeknavo”ning fikri bilan qiziqdi.

“Qalampir.uz” muxbirining “So‘nggi yillarda xonandalarimiz faoliyatlari chetda qolib, hayotidagi voqealar bilan odamlar tiliga tushmoqda. Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning ijtimoiy tarmoqlarga din mavzusida yozib qoldirgan fikrlari odamlar orasida katta bahs-munozaralar sabab bo‘lmoqda. Din va vijdon erkinligi huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutitsiyasida qonun yo‘li bilan himoyalangan. Biroq, xonanda o‘zining diniy qarashlarini omma bilan bo‘lishib, siz ham o‘zingizda sinab ko‘ring deyishga haqlimi? U bir vaqtning o‘zida ham xonanda, ham targ‘ibotchi... “O‘zbeknavo”ning Lola Yo‘ldoshevaga munosabati qanday?”, degan savoliga birlashma Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov quyidagicha javob berdi:

“Lola Yo‘ldoshevani birlashmaga chaqirib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boramiz, albatta. Shuning bilan bizning vakolatimiz tugaydi. Bundan avval, jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda unga “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan berilgan litsenziya muddatidan avval to‘xtatilgan edi. U tarbiyaga chaqirilgandan keyin yana litsenziyasi qaytarib berildi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, litsenziya xonandaning tirikchilik vositasi.

Xonandaning nomaqbul klip va qo‘shiqlariga kelsak, ularni radio va TVlar taqdim etmasa, olam guliston. Ming afsuski, bugun qanday klip olsa, TVlar rad etmay namoyish etyapti”.

Eslatib o‘tamiz, “Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldosheva Laylat-ul qadr kechasidagi ibodatlarni nazarda tutgan holda shunday so‘zlarni yozib qoldirgan edi.

“Sizlar tez-tez izohlarimda qaysi dinga e’tiqod qilishimni so‘raysiz. To‘g‘risini aytganda, mening yuragim ishonch va e’tiqod bilan to‘la. Men ro‘za tutmayman, lekin har kuni, ba’zida kunda bir necha bor Yaratganga shukronalar aytaman. Bolalarim “Xudo kim”, deb so‘rashganida, “Xudo – bu haqiqat va u bizning yuragimizda yashaydi”, deb javob beraman. Uni butun yuragimiz bilan his etishimizga ishonchim komil. Men uchun e’tiqod va din – butunlay boshqa-boshqa tushunchalardir.

Agar siz mendan “Dining nima?”, deb yana so‘rasangiz, javobim shuki – muhabbat! Barchangizga bo‘lgan muhabbatim cheksiz ekanini aytaman va duolaringiz ijobat bo‘lishini, niyatlaringiz amalga oshishini juda ham xohlayman. Kelinglar, yonimizdagi inson qaysi din ihlosmandi bo‘lishiga qaramay, biz shafqatli, mehrli va saxiy bo‘lishga harakat qilaylik.

Kecha do‘stlarim, yaqinlarim va qarindoshlarim tuni bilan duo o‘qib, niyat qilishdi... Ular bilan birga men ham uxlay olmadim.

...Xudoga ishonishni muqaddas kitoblarni o‘qib isbotlash, o‘rganish mumkin emas. Men buni faqat boshdan kechirish, yurak-yurakdan his etishgina mumkinligiga aminman. Din mening nazarimda, odamlarni nazorat qilish vositasi. Aslida insonni boshqarib bo‘lmaydi.

Insonlarning ma’naviyatini ularning tashqi ko‘rinishidan, juma va yakshanba kunlari masjid va cherkovga borishlaridan ajratib bo‘lmaydi”.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн