Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ulug‘bek Rahmatullayevga mudhish avtohalokatga uchragani bilan bog‘liq gaplarga oydinlik kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 805           Дата: 5-07-2016, 21:22          
Ulug‘bek Rahmatullayevga mudhish avtohalokatga uchragani bilan bog‘liq gaplarga oydinlik kiritdi

Kecha, 2 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug‘bek Rahmatullayevning avtoxalokatga uchragani haqidagi xabar tarqaldi.

“Bugun ertalab Ulug‘bek Rahmatullayev avtoxalokatga uchradi. Ayanchli videoni tezda ko‘ring”, deyiladi noma’lum shaxslar tomonidan tarqatilgan xabarda.

O‘z o‘rnida xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘zi haqida tarqatilgan ushbu xunuk xabarga nisbatan Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

“Shunday ulug‘ ayyom kunlarida bunday yomon va xunuk xabarlarni tarqatayotgan buzuq niyatli insonlarga Yaratgan insof bersin. Qanday qilib bunday gaplarni o‘ylab topish mumkin, bilmadim... Buni faqatgina yomon niyatli odamlar qilsa kerak. Xudoga shukur, soppa-sog‘man. Suratdagi mashinalarning egalari kim ekanini bilmayman. Ammo, Olloh ularning ishini oson qilishini tilayman. Qolganlarga esa insof bersin”.

Rahmatullayev o‘zi tomonidan yuborilayotgan murojaatning ishonchliligini ta’minlash maqsadida ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqqa videomurojaat joylashtirdi. Unda avtomobil boshqarib ketayotgan xonanda yana bir bor sog‘-salomat ekanini aytib, muxlislarini yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Bu voqeadan ta’sirlangan “MY5” telekanali boshlovchisi Anvar Azimov ham Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga Ulug‘bek Rahmaullayevning suratini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirdi.

“Ulug‘bek Rahmatullayev haqida o‘ylab topilgan gap g‘irt uydirma. Boyagina o‘zi bilan gaplashdim, sog‘-salomat, ijod bilan band. To‘qima gaplar bilan maza qiladiganlarga esa rahmim keladi”.

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval Ulug‘bek Rahmatullayev hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon haqida ham ana shunday xabarlar tarqalgandi.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн