Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xonanda Lola Yo‘ldosheva dindor emasligini aytgani uchun muxlislarining nafratiga uchradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 000           Дата: 4-07-2016, 10:56          
Xonanda Lola Yo‘ldosheva dindor emasligini aytgani uchun muxlislarining nafratiga uchradi

“Nihol” mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti, farzandlari, hatto, kundalik liboslari ham doim e’tibor markazida bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar sabab Lola Yo‘ldosheva muxlislariga yanada yaqinlashgan bo‘lsa, tarmoqqa joylashtirayotgan suratlari uni aksariyat tinglovchilaridan uzoqlashishiga ham sabab bo‘ldib, deb xabar bermoqda "Qalampir" nashri.

Ko‘plar uni tanqid qiladi, ochiq-sochiq liboslari doim muhokamada. O‘z vaqtida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi ham uni tartibga chaqirish uchun litsenziyasidan mahrum etdi. Biroq Lolada o‘zgarish sezilgani yo‘q. U hamon o‘z bilganidan qolmayapti. Unga “San’atkorning shaxsiy hayoti bo‘lmaydi, u odamlar ko‘z o‘ngidami, demak targ‘ibotchi”, degan tushunchaning umuman qizig‘i yo‘q.

Doimiy ravishda internet foydalanuvchilarini hayratga solib keladigan xonandaning kecha Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan so‘nggi suratlaridan biriga yozib qoldirgan izohi, odamlar orasida tin olgan muhokamalarning jonlanishiga sabab bo‘ldi. Xonanda din masalasi bilan bog‘liq savollarga nisbatan munosabat bildirar ekan, quyidagilarni yozib qoldirdi:

“Sizlar tez-tez izohlarimda qaysi dinga e’tiqod qilishimni so‘raysiz. To‘g‘risini aytganda, mening yuragim ishonch va e’tiqod bilan to‘la. Men ro‘za tutmayman, lekin har kuni, ba’zida kunda bir necha bor Yaratganga shukronalar aytaman. Bolalarim “Xudo kim”, deb so‘rashganida, “Xudo – bu haqiqat va u bizning yuragimizda yashaydi”, deb javob beraman. Uni butun yuragimiz bilan his etishimizga ishonchim komil. Men uchun e’tiqod va din – butunlay boshqa-boshqa tushunchalardir.

Agar siz mendan “Dining nima?”, deb yana so‘rasangiz, javobim shuki – muhabbat! Barchangizga bo‘lgan muhabbatim cheksiz ekanini aytaman va duolaringiz ijobat bo‘lishini, niyatlaringiz amalga oshishini juda ham xohlayman. Kelinglar, yonimizdagi inson qaysi din ihlosmandi bo‘lishiga qaramay, biz shafqatli, mehrli va saxiy bo‘lishga harakat qilaylik”.

Lola Yo‘ldoshevaning yozib qoldirganlari juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lyapti. U rus tilidagi izohida Laylatur qadr kechasidagi ibodatlarni nazarda tutgan holda shunday yozadi:

“Kecha do‘stlarim, yaqinlarim va qarindoshlarim tuni bilan duo o‘qib, niyat qilishdi... Ular bilan birga men ham uxlay olmadim.

...Xudoga ishonishni muqaddas kitoblarni o‘qib isbotlash, o‘rganish mumkin emas. Men buni faqat boshdan kechirish, yurak-yurakdan his etishgina mumkinligiga aminman. Din mening nazarimda, odamlarni nazorat qilish vositasi. Aslida insonni boshqarib bo‘lmaydi. Insonlarning ma’naviyatini ularning tashqi ko‘rinishidan, juma va yakshanba kunlari masjid va cherkovga borishlaridan ajratib bo‘lmaydi”, deydi Lola Yo‘ldosheva. U o‘z izohida dindor emasligiga alohida urg‘u beradi.

Xonandaning bu izohi muxlislari, ijtimoiy tarmoq orqali uni kuzatib borayotganlar orasida tinimsiz muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Qachonlardir ochiq-sochiq liboslari uchun Lolani qo‘llab-quvvatlab, “Qanday kiyinish uning shaxsiy ishi”, deganlar bugun qilgan ishidan pushaymon ekani, sevimli xonandasidan ko‘ngli qolganini yozib qoldirmoqda.

Albatta, qaysi dinga e’tiqod qilish yoki umuman biror dinga daxldor bo‘lmaslik har bir insonning shaxsiy ishi. O‘zbekison Respublikasi Konstitutsiyasida ham har kimning din va vijdon erkinligi huquqi qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan. Biroq o‘zining qaysi dinga e’tiqod qilishi yoki umuman, dindor emasligini ommaga yoyish qanchalik to‘g‘ri? (!) Lola Yo‘ldosheva bu xatti-harakatlari bilan kimlargadir o‘rnak bo‘layotgani haqida o‘ylab ko‘rmadimikin?

Bugungi tahlikali davrda yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, ishonch, muqaddas urf-odatlarga, azaliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi yot g‘oyalardan himoya qilish, tashqi kuchlarning mafkura orqali buzg‘unchilik kayfiyatidagi, ong ostiga ta’sir etuvchi rejalariga nisbatan immunitetni hosil qilish malasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda esa shoir va yozuvchilar, rassom va haykaltaroshlar, aktyor va aktrisalar, xonanda va sozandalar, jurnalistlar gardanida o‘z ortidan minglab muxlislarini bunyodkorlik va tinchlik g‘oyalari tomon yetaklash, ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, ota-ona, xalq duosini olishdek oliy saodat maqsadida mehnat qilish, bilim olish, o‘qib o‘rganish, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga undashdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Nahot, Lola Yo‘ldosheva bu vazifani his etmayotgan, “O‘zim – o‘zimga xon, ko‘lankam maydon” qabilida ish tutayotgan bo‘lsa...


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн