Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xitoyda “O'zbek kinosi kunlari” festivali o'tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 208           Дата: 2-07-2016, 20:40          

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Sian shaharlarida «O'zbek kinosi kunlari» festivali o'tkazilmoqda. Madaniy tadbirning tantanali ochilish marosimi 28 iyun kuni Pekin shahrida bo'lib o'tdi. Bu haqda “O'zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Xitoy Xalq Respublikasi Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televidenie ishlari bo'yicha Davlat bosh boshqarmasi boshlig'i Chjan Xunsen, China film promotion kompaniyasi rahbari Jiyao Vang Fen hamda «O'zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Atabek Musaev boshchiligidagi o'zbek kinematografchilaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

Xitoyda “O'zbek kinosi kunlari” festivali o'tkazilmoqda

Festival rejissyor Yolqin To'ychiev tomonidan suratga olingan «Hayotda...» filmi bilan ochib berildi. Shuningdek, festival doirasida O'zbekiston kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Quduq”, «Vijdon», «Ota», «Tubanlik», «Sehrli qalpoqcha» nomli badiiy filmlar xitoylik kinoixlosmandlariga namoyish etiladi.

Tadbirlar doirasida kinematografiya yo'nalishidagi aloqalarni yanada mustahamlash, hamkorlikda kinofilmlar ishlab chiqarish, kinematografiya ob'ektlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jixozlash bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi, Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televidenie ishlari bo'yicha Davlat bosh boshqarmasi hamda bir qator yirik kinostudiyalar rahbarlari bilan muzokaralar olib borish ko'zda tutilgan.

Xitoyda “O'zbek kinosi kunlari” festivali o'tkazilmoqda

Foto:uzbekkino

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн