Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shoir Ahad Qayum Sherali Jo‘rayevni g‘iybat qilganlarga atab she’r yozdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 442           Дата: 2-07-2016, 20:20          
Shoir Ahad Qayum Sherali Jo‘rayevni g‘iybat qilganlarga atab she’r yozdi

Avvalroq, shoir Ahad Qayum muxlislar talablariga binoan Ahmadboyga atab she’r yozgani haqida xabar bergan edik. Shoir bu gal O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevga atab she’r yozdi.

Shoir o‘zbek milliy san’atining darg‘alaridan bo‘lgan Sherali Jo‘rayev ijodi haqida so‘z ochar ekan, kechagina chiqqan “yulduzcha”lardan tortib, taniqli san’atkorlarni ham Sherali Jo‘rayevning ortidan bo‘hton qilmaslikka undaydi. Ushbu she’rni Jo‘rayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayev Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.

Birorta ustozning qo‘lin tutmagan,
Umrida bir bora jonli aytmagan.
Ovozi birorta tonda turmagan,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

“Birinchi muhabbat” deya oqqanlar,
“Gulbadan”dan dilga olov yoqqanlar.
“O‘zbegim”ni aytib bola boqqanlar,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Hasaddan tunlari uyqusi kelmay,
San’at devoriga bitta g‘isht qo‘ymay.
O‘zining otasin kimligin bilmay,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Bugun uni hech kim bilmagan bo‘lsa,
Ovozidan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsa.
Umrida omadi kelmagan bo‘lsa,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Bir paytlar qo‘shig‘in tinglab yig‘lagan,
Suratin qo‘yniga solib uxlagan.
Nega muxlisbo‘lib nomin bulg‘agan?
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Mayli, tan olmagin Ahad Qayumni,
Olloh o‘zi berar so‘nggi hukmni.
Nafratiga uchrab ona xalqimni,
Sheralini g‘iybat qilmasin.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031