Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda taniqli yozuvchi va futurolog Elvin Toffler olamdan o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 238           Дата: 30-06-2016, 10:28          
AQShda taniqli yozuvchi va futurolog Elvin Toffler olamdan o'tdi

Amerikalik taniqli faylasuf, sotsiolog va futurolog olim Elvin Toffler 88 yoshida o'zining Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati) uyida hayotdan ko'z yumdi. Bu haqida Toffler Associates konsalting kompaniyasi xabar qildi.

Postindustrial jamiyat haqidagi mulohazalari bayon etilgan Future Shock nomli kitobi bilan u butun dunyoga tanilgandi.

"Zamonamizning eng hurmatli futurologlaridan biri, hukumat rahbarlari hamda etakchi ishbilarmonlarga ta'sir ko'rsatgan g'oyalar muallifi Elvin Toffler 27 iyun kuni vafot etdi. Uning biznes hamkori hamda turmush o'rtog'i Xeydi Toffler 60 yildan ortiq vaqt davomida doim birga bo'ldi", - deyiladi kompaniya xabarida.

Toffler "global trendlarning o'tkir kuzatuvchisi va bashoratchisi" sifatida e'tirof etiladi. U Nyu-York shtatidagi Universitetni tugatib, oila qurgan va 5 yil davomida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan.

Toffler davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va oila tuzilmasining barcha oqibatlarini oldindan aniq aytib bergan. Futurolog internet, personal kompyuterlar, kabel televideniesi va hattoki klonlashtirishni to'g'ri prognoz qilgan.

U o'z g'oyalarini kitoblarda aks ettirgan. Ulardan eng mashhurlari "Uchinchi to'lqin" (Third Wave, 1980) va "Hukumat metamorfozalari" (Powershift, 1990).

Toffler o'zining bir qator futurologik prognozlari bilan keyinchalik haq bo'lib chiqqandi. U elektron pochtalar, telekonferentsiyalar, onlayn chatlar va boshqa yangiliklarni oldindan bashorat qilgan.

Uning g'oyalari tadbirkorlar va olimlarning keng doirasiga ta'sir ko'rsatgan. Xususan, Stiv Jobs, Bill Geyts va AOL konglomerati asoschisi Stiv Keysga.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031