Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Afsonaviy ovoz sohibasi, marhuma Uitni Xyustonning shaxsiy buyumlari Los-Anjeles shahrida auksionga qo‘yildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 189           Дата: 28-06-2016, 10:02          
Afsonaviy ovoz sohibasi, marhuma Uitni Xyustonning shaxsiy buyumlari Los-Anjeles shahrida auksionga qo‘yildi

Sotuvga qo‘yilgan narsalar soni yuzdan oshiq bo‘lib, ular orasida sahna liboslari va musiqa mukofotlari bor. Kaliforniya shtatida o‘tkazilgan ikki kunlik auksionda sotuvga qo‘yilgan deyarli hamma buyumlar o‘z haridorlarini topdi.
Bu haqda auksionni tashkillashtirgan Heritage Auctions uyining vakillari ma’lumot berdi.

Eng haridorgir lot mashhur basketbolchi tomonidan qo‘shiqchiga sovg‘a qilingan bir juft "Nike" rusumidagi krossovka bo‘ldi. Ular 20 ming $ga sotildi. Qo‘shiqchi sahnaga bir marotaba kiyib chiqqan"Dolce & Gabbana" rusumidagi mo‘ynali palto 16 ming $ga ketdi.

Bundan tashqari savdoga qo‘shiqchining bir nechta platina va oltin disklari hamda karkidon suyagidan yasalgan ziraklari ham qo‘yildi. Shuningdek u juda yaxshi ko‘rgan va gasiollari vaqtida doimo olib yurgan qora-qizil tusdagi kurtkasi ham o‘z haridorini topdi. Bu kurtka uchun kimdir o‘zni tanitmagan holda 4 ming $ to‘ladi. Auksionda xatto qo‘shiqchining 1985 yilgi eski pasporti ham lot sifatida qo‘yildi. Uning dastxati qo‘yilgan xujjat 2000 $ga sotildi.

Biroq eng qimmat lot sifatida qo‘yilgan qo‘shiqchiga berilgan "Emmi" mukofoti hamda 1986 yilda topshirilgan "Gremmi" (auksionni tashkil qiluvchilar ularni kamida 10 ming $dan sotishni o‘ylashgandi) haykalchalari ohirgi daqiqalarda auksiondan olindi. Bunga AQSh Televideniye san’ati va fanlar Akademiyasi bu haykalchalar auksionga qo‘yilishiga qarshi bo‘lib sudga berishdi. Sud ularning qarorini ma’qulladi va haykalchalar marhumaning oila a’zolariga qayta topshirildi.

Qo‘shiqchining qisqa tarjimai holi:

Uitni Xyuston, "Gremmi" mukofotining 6 karra sohibasi, 2012 yilning fevral oyida 48 yoshli Xyuston mehmonxonadagi xonasida jonsiz holatda topildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra u qabul qilgan giyoxvand modda o‘tkir yurak yetishmovchiligini keltirib chiqargan.

Qo‘shiqchi o‘tgan asrning 1980 va 1990 yillari oralig‘ida olamshumul shuhratga erishdi. U amerika yulduzlari orasida eng taniqlisi va omadlisi edi. Uning albom va singllari 170 million nushada butun dunyoni kezdi. U o‘zining yorqin va jo‘shqin faoliyati davomida 400 nafar turli mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Uitni Ginnes rekordlar kitobiga eng ko‘p mukofotlangan artist sifatida kiritilgan.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031