Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jeki Chan: Muhabbat, oila, boylik, farzand, hiyonat va ajralish haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 085           Дата: 26-06-2016, 20:05          
Jeki Chan: Muhabbat, oila, boylik, farzand, hiyonat va ajralish haqida

Bir necha kun avval, aniqrog‘i 9 iyun kuni Rossiyaning “Eksmo” nashriyoti tomonidan Jeki Channing “Men baxtliman” nomli kitobi rus tilida chop etildi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi. Ushbu kitobda Jeki o‘z hayoti va ijodi, bosib o‘tgan umr yo‘li, filmlarni suratga olish jarayonlari, uni o‘yga toldirgan vaziyatlar, voqealar, hikoyalar, hayotidagi yagona muhabbati haqida yozadi. Aktyor ularning har birini alohida bob ichiga mahorat bilan joylashtirgan.

Xususan, “Men baxtliman” kitobida Jeki Chan “Hayotimdagi yagona muhabbatim – Joan Lin (Lin Fenszyao)” rukni ostida sevgan insoni haqida hikoya qiladi.

Aytish lozimki, Jeki Channing ijodi haqida hikoya qilinadigan maqolalarda uning shaxsiy hayoti, oilasi va farzandi haqida juda kam ma’lumot berilgan. Chunki aktyor bular haqida hech kimga gapirmasdi. Biroq “Men baxtliman” kitobida u bu savollarning barchasiga oydinlik kiritgan va sevgan insoni, oilasi va farzandi haqida batafsil yozgan.

Qachonlardir, Gonkongda “Kumush olam” deb atalmish jurnal chop etilardi. Kunlardan bir kun menga ushbu jurnal muharriri Enni Van qo‘ng‘iroq qildi va menga qandaydir suratlarni ko‘rsatmoqchi ekanini aytdi. Ko‘p o‘tmay men u bilan uchrashuvga Sha-Tin okrugiga otlandim. Uchrashuv joyiga Enni Van xonim bir o‘zi kelmagandi, uning yonida yosh aktrisa Joan Lin bor edi. O‘shandayoq Joanning ozodaligi, bokiraligi meni o‘ziga rom etdi. Qarshimda inson bolasi emas, boshqa olamdan kelib qolgan go‘zal bir mavjudot turgandek edi.

U bilan suhbat davomida undagi o‘ziga xoslik nimada ekanini tushundim. U suhbatdoshi bilan o‘ta yumshoq va mayin ohangda so‘zlashar, “yulduzlik kasali”ga chalinmagan edi. U boshqa ayollar kabi qimmatbaho va yaltiroq kiyimlarni kiymasdi, o‘ta oddiy kiyinardi. O‘zimni a’lo darajada tuta olmasamda, Joan bunga e’tibor bermasdi. U bilan uchrashganimizda yoki ovqatlangani borganimizda biror so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilib, jumlalarni buzib gapirsam u mening so‘zlarimni to‘g‘irlashga urinmasdi. U men bilan juda ko‘p uchrashuvlarga birga borgan va o‘ziga tanish bo‘lmagan joylarda men nimani yesam shuni yerdi. Men do‘stlarim bilan turli ko‘ngilochar joylarga borishni yaxshi ko‘rardim va u men bilan birga har qanday joyga borardi. Bir chetda do‘stlarim bilan o‘yin-kulgu qilayotganimni xushchaqchaq tarzda kuzatib turardi.

Unga nimani aytib berishimdan qat’i nazar u doimo hazillarimga munosabat bildirardi, kulardi. Shuning uchun ham o‘zimni uning yonida noqulay sezmasdim. Joan menga mashhur insonga munosabatda bo‘lgandek emas, oddiy erkakka munosabatda bo‘lgandek qarardi. Men Joandan unga nima uchun yoqishim haqida so‘ramaganman. Ammo o‘zim haqimda o‘ylar ekanman, “Unga mening nimam yoqarkin, nega u mening yonimda bo‘lishni istaydi?”, deb savol berardim. Biroq qalban, Joan mendan o‘ziga kerakli narsani yoki hislatni topganini his etardim.

Bir kuni restoranda o‘tirgan chog‘imiz, u o‘zi rol ijro etayotgan filmlardan birini menga eslatdi. O‘sha kunning ertasiga u filmdagi ekshn-sahnalarda rol ijro etishi lozim edi va Joan bu borada mendan maslahat so‘radi. Men kino qayerda suratga olinayotganini so‘radim, u esa menga to‘liq manzilni berdi. Men unga “Yaxshi, ertaga yoningga boraman”, deb aytdim. Ertasi kuni men butun boshli guruhim bilan Joan rol ijro etayotgan film suratga olinayotgan maydonchaga bordim. O‘shanda, bizni ko‘rib atrofdagilarning og‘zi ochilib qolgandi. Bu mening qiz bolani ko‘nglini olish va o‘zimga maftun qilishga bo‘lgan intilishim edi. Aynan o‘sha davrda men ko‘nglimga yoqqan bu qizning qalb sohibi bo‘lishga jiddiy harakatni boshlagandim.

Aynan o‘sha vaqtlardan boshlab OAVda men va Joan haqida turli mish-mishlar tarqaldi. U hammaning sevimli aktrisasi edi. OAVning nazdida jozibali, maftunkor bu aktrisani kung-fu bilan olqish qozongan mendek yigitga ishonib topshirib bo‘lmasdi, go‘yo. Ko‘pchilik bizni bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, deb sanardi. Eng yomoni, ommaviy axborot vositalaridan birining to‘yim bo‘layotgani haqidagi xabaridan so‘ng, 2 nafar muxlisam o‘z joniga qasd qildi. Yolg‘on ma’lumotning tarqalishi hamonoq bu gaplar Joan bilan munosabatimizga salbiy ta’sir qilishi va muxlislarim orasida katta g‘alayon kelib chiqishiga sabab bo‘lishidan qo‘rqa boshladim. Balki, o‘shanda OAV hozirgidek rivojlangan bo‘lganida, Joan bilan ajralib ketgan ham bo‘larmidik...

OAV qozoni keraksiz mish-mishlar bilan qaynayotgan o‘sha vaqtda, Joan menga homilador ekanini aytdi. Men ota bo‘lishni istashimni aytdim. U esa “Yaxshi, mana shu so‘zlaring uchun ham bolani saqlab qolaman”, deb javob berdi. O‘shanda Joanning oldida o‘zimni o‘ta bosiq tutgan bo‘lsamda, ichimda olov qaynardi. OAVning to‘yim haqida tarqatgan yolg‘on ma’lumoti muxlisalarimning o‘limiga sabab bo‘ldi. Agar jurnalistlar Joanning homiladorligi haqida bilib qolishganida bormi, nima bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdim. Men shunday vaziyatda qanday yo‘l tutish haqida Leonard Xoga murojaat qildim. U Joanni ko‘zi yorishi uchun Amerikaga jo‘natishni, qolganini esa vaqt ko‘rsatishini aytdi.

Joanga bu haqida hadik bilan gapirdim, u qarshi emasligini aytdi. O‘shanda yulduzlik cho‘qqisiga chiqqan Joan barcha takliflarga rad javobini berib, AQShga uchib ketdi. Men esa to‘xtovsiz s’yomkalar biland band edim. Shu sabab Joanga sharoit yaratish uchun u bilan AQShga mening vakilim uchib ketdi. U ko‘p o‘tmay mening yonimga qaytdi, Joan esa begona mamlakatda bir o‘zi qoldi. AQShda unga mehribonlik, g‘amxo‘rlik qiladigan hech kim yo‘q edi.

Joanning homiladorlik davrida men o‘ta band edim, shu sabab Amerikaga uni ko‘rish uchun biror marta ham borolmadim. Amerikaga tug‘ish vaqti yaqinlashgan sanalardagina uchib ketdim.

Bir kuni u “Chaqaloq tug‘ilgach, uning otasi sifatida sening ismingni yozsak bo‘ladimi?”, deb so‘radi. Men “Ha”, deb javob berdim. Biroq, buning uchun avval oila qurishimiz kerak edi.

Los-Anjelesdagi restoranda bizni nikohlab qo‘yishi mumkin bo‘lgan odamni topdik. Bu o‘ta mashhur va odamlar bilan gavjum restoran edi. Restoranning alohida xonasiga kirganimizga qaramay, juda shovqin edi. Yonimizdagi xonada odamlarning nima haqida so‘zlashayotgani shundoqqina eshtilib turardi. Aynan o‘sha gavjum joyda bizni nikohlashdi. Biz bir-birimizga sodiq bo‘lish, hiyonat qilmaslik haqida qasam ichdik va hammasi tugadi. O‘sha kuni kechga yaqin Joanni tug‘ruqxonaga olib ketishdi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko‘rinishi unchalik yoqimli bo‘lmaydi va ilk bor o‘g‘limni ko‘rganimda unda boshqalardan farq qiladigan jihatni payqamadim. Shifokorlardan uning salomatligi, suyaklari yaxshi rivojlangani haqida so‘radim. Uning sog‘lom va baquvvat ekanini aytishganida, juda sevindim. O‘shanda o‘zim kutmagan holda yig‘lab yubordim. Yonimdagi vakilim ham yig‘ladi. O‘shanda ota bo‘lganimga ishona olmasdim. Ko‘zimdagi yoshlarni artib, tabassum qildim.

Men kaskadyorlar orasida yurardim. Men bilgan va tanigan kaskadyorlar va mashhur insonlar orasida ayollar bilan munosabatda omadsizlikka uchraganlar juda ko‘p edi. Har birining o‘z hikoyasi, ma’yus hayotiy tajribasi bor edi. Masalan, do‘stlarimdan biri suratga olish jarayonlaridan keyin uyiga borib hayratdan yoqasini ushlab qolganini aytgandi. U sevgan qiz do‘stimning uyda yo‘qligidan foydalanib, pullar, qimmatbaho buyumlarni olib g‘oyib bo‘lgandi. Mashhur va buyuk rejissyor Lo Veyni qallig‘i aldab ketgan.

Rejissyor Lo Veyning sevgan ayoli uning barcha pullarini o‘z nomiga o‘tkazgan va ketish oldidan unga 50 000 yuanlik chekni yozib qoldirgan. Bu pastkashlikdan o‘zga narsa emasdi. Lo Vey chek qog‘ozini mayda bo‘laklarga bo‘lib, uning yuziga otgan va “Menga bir tiyin ham kerak emas”, deganini aytgandi. O‘shanda, Lo Vey sevgan qiz shunchaki kulib qo‘ygan ekan. Bu voqealarni bizga aytib berar ekan Lo Vey “Ayollar shunchalik ham pastkash bo‘lishi mumkinmi?”, deb yig‘lardi. Biz aktyorlar esa peshona terimiz bilan ishlab topgan pullarimizni o‘g‘irlab ketgan ayollar haqida eshitar ekanmiz, dunyoda noinsof ayollar borligi haqida o‘ylardik. Gap menga borib taqalganida, do‘stlarim “Joan seni qo‘ling va oyoqlaringni bog‘lab qo‘yish uchun homilador bo‘lgan, u allaqachon biror rejani tuzib qo‘ygan”, deyishardi.

Bunday gaplarni eshitavergach, o‘zim ham Joanning mendan biror maqsadda foydalanayotgani haqida shubha qila boshladim. Shu sabab men Joanga topgan pulimning ma’lum bir qisminigina jo‘natardim. Bu ularning uyi, mashinasi, kundalik ro‘zg‘origa yetardi xolos. Men unga topgan pullarimni ishonmasdim. Agar ajrashadigan bo‘lsak, u hech narsasiz qolardi.

Ko‘rdingizmi, qanchalar ahmoq bo‘lganman. Men barcha to‘plagan pullarimni asrab qolishga harakat qilganman. Men tentak o‘shanda uning ham mashhur aktrisa bo‘lganini va Joanning mening pullarimga zor emasligini o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman. Bu pastkashlik ekanini hozir tushunyapman. Axir u meni sevgani uchun yonimda edi. Biroq atrofdagilarning gaplari menga keragidan ortiq darajada ta’sir o‘tkazardi. Axir ayollar va qizlar orasida ham yig‘ilib sevgan kishisini yoki turmush o‘rtog‘ini yomonlaydiganlar, erkaklarning pastkash ekanliklari haqida suhbat boradi-ku.

Men unga nisbatan o‘ta haqqoniy bo‘lganman, deya olmayman. Uning menga bo‘lgan munosabati o‘zgarmadi. Ba’zida yana ozod bo‘lish uchun u bilan ajrashishga bahona izlardim. Ammo turmush qurganimizdan keyingi 2 yil ichida Joan uni tashlab ketishimga sabab bo‘ladigan kichik xatoga ham yo‘l qo‘ymadi. U o‘g‘limizni juda yaxshi ko‘rardi, oilaga jiddiy munosabatda bo‘lardi, shu bilan birga mening ishimga aralashmasdi.

...men unga hiyonat qildim!

OAV mening Joanga hiyonat qilganim haqidagi xabarlar bilan to‘lib toshdi. Men Joanga qo‘ng‘iroq qilishim, uzr so‘rashim kerak edi. Biroq ayni vaqtda bittagina telefon qo‘ng‘irog‘i va uzr so‘rash bilan hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasligini bilardim. O‘shanda xayolimga turli narsalar keldi. U bilan ajrashishim va har birimiz o‘z yo‘limizdan ketishimiz haqida o‘ylay boshladim. “Hozir unga qo‘ng‘iroq qilaman, u esa “Bunday qilishga qanday hadding sig‘di?” qabilidagi savollarni beradi, men unga ajrashishni taklif qilaman va go‘shakni qo‘yib qo‘yaman, deb o‘ylardim. Keyin esa o‘zimni har qanday vaziyatga tayyorlab, uning raqamini terdim.
Joan go‘shakni ko‘tardi va sokin ohangda “Allo” dedi.
— Allo, yangiliklarni ko‘rdingmi, gazetalarni o‘qidingmi?
— Ha, ko‘rdim.
Shu javobdan so‘ng oraga sukunat cho‘kdi. Biz anchagacha jim turdik. Men esa “Meni koyi, nega meni urushmayapsan?”, degim kelardi. U esa hamon jim turardi. Shu sabab gapirishga majbur bo‘ldim.
— Men... Bularni... Xullas qanday tushuntirishni bilmayapman.
— Menga hech narsani tushuntirishingni keragi yo‘q. Boshqalarga ozor berish kerak emas, shunda boshqalar bizga yomonlik qilmaydi. Agar men yoki Jeysi sening yoningni olishimiz kerak bo‘lsa, biz o‘sha zahotiyoq yetib boramiz. Hozir senga oson emasligini bilaman. Men haqimda qayg‘urma, hammasi yaxshi, bamaylixotir ishlaringni qilaver...

O‘ylab qo‘ygan gaplarimni oxirigacha gapirib bo‘lmasimdan, ko‘zlarimdagi yoshni to‘xtatolmay qoldim. Boshqa hech narsa deya olmadim va telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydim. Keyingi soniyalarda esa qarshimda boshqa Jeki Chan turganini ko‘rdim. U menga “Sen haqiqiy ahmoqsan! Necha yildan beri unga dushmaningdek munosabatda bo‘layapsan? U esa chin dildan sen haqingda qayg‘urayapti”, dedi. Aynan o‘sha daqiqalarda qalbimda nimalardir sodir bo‘ldi. Ichimdagi dunyo ostin-ustun bo‘lib ketdi. Men qanchalar pastkash ekanimni, uning oldida juda-juda aybdor ekanimni tushundim.

Oradan 2 kun o‘tib uyga qaytdim. Joan eshikni ochdi va men bilan ko‘rishdi. Uning yuzidan biror narsani anglash qiyin edi, u oshxona tomonga o‘tib ketdi. Ko‘p o‘tmay, u tushlikka qanday taom yeyishni istashimni so‘radi. Men esa biror so‘z deyolmasdim, shunchaki haykal kabi uning yonida turaverardim. Shu ko‘rinishda yana bir oz turgach, mehmonxonaga kirib o‘tirdim. O‘sha yerda uni kutardim. U esa o‘g‘limiz maktabdan kelguniga qadar uy ishlari bilan shug‘ullandi. Maktabdan kelgach, Jeysi ham men bilan salomlashdi. Keyin esa papkasini yonimga tashlab, tepaga, o‘z xonasiga chiqib ketdi. Ko‘rishmaganimizga ko‘p vaqt bo‘lgandi, u esa kelib shunchaki salomlashdi. Na kelib meni quchoqladi va na biror so‘z dedi. Men esa katta va keng mehmonxonada bir o‘zim o‘tirardim.

Oshxonaga, Joannnig yoniga kirdim. O‘g‘limni chaqirdim va birgalikda stol atrofida o‘tirdik. Oila qurganimizga shuncha yil bo‘lganida birinchi bor kichik oilaviy majlis qilishimizni e’lon qildim.

— Men kechirib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ydim. Qilgan mana shu ishim uchun sizlarni hozir ham, keyin ham ezishlarini bilaman va buning uchun sizlardan uzr so‘rayman.

Jeysi mendan ko‘zini uzmasdi, Joan esa yig‘lardi. Jeysi onasini ovutishga harakat qilardi, men esa so‘zimni davom ettira olmasdim.

— Bo‘ldi, majlis tugadi, yuringlar ovqatlanamiz.

Men gapirib bo‘lgunimga qadar Joan yana biror so‘z demadi. Bu suhbat butun oilamiz bilan o‘sha muammo haqidagi so‘nggi suhbat edi. Shundan so‘ng men advokatim bilan bog‘landim va merosni o‘zgartirishini so‘radim. Barcha mol-mulkimni Joanning nomiga o‘tkazdim. O‘sha voqeadan keyin unga yanada ko‘proq g‘amxo‘rlik qila boshladim, uni tushunishga harakat qildim.

Garchi menga turmushga chiqqanidan keyingi yillarda, aktrisalik faoliyatini yakunlaganiga 30 yil to‘lgan bo‘lsada, Joan “Xudoning qurollari-3: Burj vazifasi” filmidagi epizodik rolda ishtirok etdi. Men bir yil davomida uni shu rolni ijro etishini iltimos qilishimga to‘g‘ri kelgan. Ajoyib kunlarning birida men uni ishxonamga taklif qildim va aynan nimani suratga olish kerakligini ko‘rsatdim va uning roziligini olishga muvaffaq bo‘ldim. U meni kaltaklashadigan sahnani ko‘rganida, menga juda achinib ketdi. Men esa fursatdan foydalanib olov ustiga yog‘ quydim va bu filmni olish uchun katta mablag‘ sarf etilgani, o‘zim rejissyorlik qilayotganimni aytib nolidim. Joan shulardan keyingina rozi bo‘ldi. Unga qulay bo‘lishi uchun men s’yomka jarayonlarini Pekindan Gonkongga shaxsiy pavilonimga ko‘chirdim. U aytilgan sanada, kunning ikkinchi yarmida keldi. Joan yuzini ko‘rsatishni istamadi. Men esa guruhim bilan kelishib oldim va suratga olish chog‘ida uni o‘pdim. Shundan keyin beixtiyor orqaga qaragan Joan kameralarga muhrlandi.

Men hayotim Joandek ayol bilan bog‘langanidan baxtiyorman.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн