Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Yangi ovozlar” teletanlovi barcha san'atsevarlarni o'ziga chorlab qoladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 782           Дата: 25-06-2016, 20:18          
“Yangi ovozlar” teletanlovi barcha san'atsevarlarni o'ziga chorlab qoladi

“Yangi ovozlar” teletanlovi O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O'zbeknavo” estrada birlashmasi, “O'zbekkino” milliy agentligi hamda Yoshlar madaniyat va san'at markazi davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tanlov 18-30 yoshdagi havaskorlar va professional tayyorgarlikka ega bo'lgan ishtirokchilar o'rtasida televizion tanlov shaklida o'tkaziladi.
Mamlakatimizdagi yoshlarning xonandalik yo'nalishidagi iste'dodini namoyon etishi uchun ijodiy maydon yaratish, ularning mahoratini oshirish, jahon va o'zbek milliy xonandaligi an'analarini targ'ib qilish va rivojlantirish, yangi mahoratli ovoz sohiblarini, shuningdek, turli janrlar va chet tillarida kuylay oladigan iste'dodlarni izlab topish hamda ularni professional san'atga jalb etish tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlov doirasida ishtirokchilarning kuylash uslubi va repertuarini o'zgartirmagan holda, iste'dodini katta sahnaga eng taasurotli ko'rinishda olib chiqish, yosh iqtidorlarni saralash hamda ularni munosib tarzda rag'batlantirish va doimiy qo'llab-quvvatlash tanlovning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Birinchi bosqich uchun:
- elektron ariza (anketa)lar;
- ijodiy ishi “mp3” qo'shiq yoki “mp4”, “MPG”, “AVI” video formatlarda.
Ikkinchi bosqich uchun:
- pasport nusxasi;
- ijro dasturi;
- badiiy foto 4 dona (elektron shaklda va qog'ozda chiqarilgan);
- ishtirokchining to'liq ko'rinishi tushirilgan foto.
Tanlovning ikkinchi bosqichi g'olibi (Gran-pri) va 1-, 2-, 3-o'rin sovrindorlari tashkilotchilar va homiylar tomonidan tanlov statuetkasi, diplom, pul mukofoti hamda esdalik sovg'alar bilan, faol ishtirokchilar esa fahriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Gran-pri – 10 000 000 so'm
1-o'rin – 7 000 000 so'm
2-o'rin – 5 000 000 so'm
3-o'rin – 3 000 000 so'm
Tanlov g'oliblarining ijodiy faoliyati tashkilotchilarning ovoz yozish studiyalarida bepul yozib beriladi, ijodiy faoliyati O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining tele va radiokanallari, tashkilotchi hamda hamkorlarning internet saytlari va bosma nashrlari orqali keng jamoatchilikka targ'ib qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar: (0371) 233-49-22, (95) 194-39-33.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн