Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Di Kaprio ko'ngilochar hordiq sohasidagi eng nufuzli shaxslardan biri deya e'tirof etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157           Дата: 23-06-2016, 12:25          
Di Kaprio ko'ngilochar hordiq sohasidagi eng nufuzli shaxslardan biri deya e'tirof etildi

Hollivudning mashhur aktyori Leonardo Di Kaprio The Hollywood Reporter jurnalining ko'ngilochar hordiq sohasidagi eng nufuzli 100 nafar shaxslardan iborat reytingda 10-o'rinni egalladi.

Manbaga ko'ra, "Omon qolgan" filmi deyarli bir aktyor filmiga aylangan, u eng avvalo 41 yoshli Di Kaprio tufayli butun dunyo bo'ylab jami 532 million dollar to'plashga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, aktyor sayyoraning ekologik muammolariga alohida e'tibor qaratib, xayriyaparvar sifatida ko'p ishlarni amalga oshirmoqda.

Walt Disney kompaniyasi prezidenti Robert Ayger reytingda 1-o'ringa sazovor deb topildi. Undan keyingi o'rinlarda 21st Century Fox egalari - Merdoklar oilasi qayd etildi. Uchinchi o'rinni esa CBS Corp. mediaxoldingi rahbari Lesli Munvs egalladi.

Shuningdek, mazkur reytingda yuztalikdan joy olganlar orasida rejissyorlar Stiven Spilberg, Jeyms Kemeron va Martin Skorseze, teleboshlovchi va jamoat arbobi Opra Uinfri, aktrisa Jennifer Lourens, aktyorlar Bred Pitt va kenja Robert Dauni nomlari qayd etilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031