Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dilshodbek Kattabekov: “Menga turmushga chiqadigan qizlarga “kasting” e'lon qildim...”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 339           Дата: 22-06-2016, 00:05          

Dilshodbek Kattabekov: “Menga turmushga chiqadigan qizlarga “kasting” e'lon qildim...”

Dilshodbek Kattabekov ilk marotaba “Kichkina tabib” filmidagi rolidan so'ng xalq orasida yaxshigina tanildi. Shundan so'ng, birin-ketin “Hasan ibn Husan”, “Iltimos, menga qarang”, “Fidoiylar”, “Xavfli burilish”, “Vijdon”, “O'yin boshlandi” kabi filmlarda yosh aktyor katta-kichik rollarni ijro eta boshladi. Ayni kunlarda Qoratoshdagi mediaparkda menejer sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Dilshodbek Kattabekov “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida oxirgi paytlarda nega san'atda ko'rinmay qolganiga izoh berdi.

- Biznesga berilib ketib, san'atdan yiroqlashish cho'chitmaydimi?

- Har bir insonning qo'shimcha daromad keltiradigan ishi bo'lishi kerak. Boshqa hamkasblarim qatori menda ham bu holatning sababi shu. Ijoddan bo'sh paytlarimda bekor yurmasdan, foydali ish bilan mashg'ul bo'lishni istadim. Keyin erkak kishiga bekorchilik yarashmaydi.

- S'yomkalarga qanday vaqt topyapsiz?

- Bu erga ishga joylashayotganimda hamma masalani ochiq-oydin gaplashib, keyin shartnoma tuzganman. San'atim, xizmatlar, gastrollar hammasi inobatga olingan. Aslida institutda birga o'qigan kursdoshim shu erda ishlaydi. Uning taklifi bilan bu erga kelib qoldim. Biroq afsuslanmayman!

- 2014 yilda magistraturani tamomladingiz. Shuncha olgan bilimlar nima bo'ladi endi?

- Magistraturani ishga solishning hali vaqti keladi. Biznesga berilib, san'atni tark etish niyatim yo'q. Hozir ham ijodiy ishlarni, s'yomka va shu kabi masalalarni dam olish kunlariga yoki kechki paytga mo'ljallayapman. Hozircha hammasiga ulguryapman. Hech kimdan tanqid ham, dakki ham eshitmadim.

- Negadir ancha yillardan beri sizni yangi obrazlarda ko'rmadik. Yoki sizga talab yo'qmi?

- Hozir ham uyda bir nechta stsenariylar turibdi. O'ynashim kerak bo'lgan rollar bir-biriga o'xshash bo'lgani uchun ham rozi bo'lmayapman. Ko'pchiligi ilk marta rejissyor sifatida kino olayotgan ijodkorlardan tushgan takliflar. Mening u kinoga bog'liq joyim bormi yo'qmi, buni o'ylashayotgani yo'q. Muhimi men biror epizodda ko'rinib, biroz kulgili qilib bersam bo'ldi. Rejissuraning qonuniyatlari, kinoning mazmun-mohiyati bilan qiziqib ham ko'rishayotani yo'q. Shuning uchun garchi achinarli bo'lsa-da, “yo'q” deb javob beryapman. Endi portlab chiqadigan rollarni o'ynashni istayman. Bir xillikdan charchadim.

- Homiy bilan ishlaysizmi yoki o'z pulingizga?

- Shu paytgacha homiy bilan ishlagan emasman. Ijodiy ishlarimga o'z pulimni sarf qilmaganman. To'g'ri, bu borada takliflar bo'lgan. Biroq kelishuvimiz bir joydan chiqmaganidan keyin bu ishga qo'l urmadim.

- Yoshingiz o'tyapti. Uylanish, oila qurish deganlaridek...

- Meni tushunadigan, yo'qchilik, qiyinchiliklarga duch kelganda sabrli, behuda rashk qilmaydigan va eng muhimi ishonadigan, yaxshi-yomon kunimda menga kuch bag'ishlab turadigan rafiqam bo'lishini istayman. Mashhurligim uchun emas, oddiy inson sifatida sevib ardoqlaydigan ayolga jufti halol bo'lishni niyat qilyapman.

- Qachon uylanishni rejalashtirgansiz?

Dilshodbek Kattabekov: “Menga turmushga chiqadigan qizlarga “kasting” e'lon qildim...”

- To'y shu yil oxiriga yoki keyingi yilga rejalashtirilgan. Uydagilar “Sevgan qizing bo'lsa ayt, sovchilikka boraylik”, deb qo'yishmayapti. Sevgan qizim yo'qligidan, menga turmushga chiqadigan qizlar uchun “kasting” e'lon qilganman (kuladi). Qiz izlayapmiz, uchrashuvlar degandek...

- Oilangiz, aka-ukalaringiz haqida ham gapirib bering?

- Oilamiz unchalik kichik emas. Etti kishidan iborat. Ikki akam, bir ukam va singlim bor. Akalarim oilali, singlim ham. Ukamga esa mendan keyin navbat tegadi. Ota-onam umuman oilamizning hammasi Sirdaryoning Xovos tumanida yashashadi. Faqat men poytaxtdaman. Ikki haftada bir marta ona qishlog'imga borib turaman.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031