Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 661           Дата: 16-06-2016, 09:40          

O'zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi arafasida poytaxtda Autograph Art Gallery tasviriy va amaliy san'at galereyasi ochildi. Galereyaning yorug', shinam zallarida taqdim etilgan san'at ishlari orasida mehmonlar mashhur mualliflarning san'at asarlari bilan birga iste'dodli yosh rassomlar, haykaltaroshlar va dizaynerlarning mehnat mahsulini ham ko'rishlari mumkin.

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Galereyada namoyish etilgan asarlardagi zamonaviy tasviriy san'at turlari va uslublarining xilma-xilligi ijro mahorati, muallif nigohining yangiligi va an'anaviy milliy hashamat bilan kishini hayratga soladi. Mahalliy xalqning urf-odatlari va an'analarining butun go'zalligini aks ettiruvchi miniatyuralar, milliy liboslar kiydirilgan chiroyli qo'g'irchoqlar, tabiiy toshlar bilan bezatilgan kumush taqinchoqlar, bejirim naqshlar tushirilgan yog'ochdan yasalgan buyumlar - bular Autograph Art Gallery'da taqdim etilgan san'at asarlarining hammasi emas.

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Poytaxtimizning markazidagi galereyaning tantanali ochilishiga mashhur rassomlar, libos dizaynerlari, san'atshunoslar va shunchaki go'zallik shaydolari taklif etildi. Rasmiy ochilish marosimidan so'ng mehmonlar Elena Milberger va Madina Kosimbaeva kabi O'zbekistonning taniqli libos dizaynerlarining defilesidan bahramand bo'lishdi. Modellar ko'rkam zamonaviy siluetlar va an'anaviy uslubda bajarilgan yorqin bosmalar uyg'unlashgan ajoyib liboslarni namoyish etishdi.

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga etgandan so'ng mehmonlar galereyada taqdim etilgan san'at asarlarini tomosha qilishdi, shuningdek ularning mualliflarining mahorat darslari jonli translyatsiya qilindi.

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Sayyohlikning rivojlanishi va jamoatchilikning O'zbekistondagi an'anaviy san'at turlariga qiziqishi - Autograph Art Gallery ochilishining juda muhim, ammo yagona maqsadi emas. Ajoyib eksponatlarning sotuvidan tashqari galereya yaratuvchilari boshqa, bugungi kundagi dolzarb vazifalar - mamlakatda hayriya tadbirlarini rivojlantirish va O'zbekistondagi yosh iste'dolarni qo'llab-quvvatlashni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yishdi.

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo'lib o'tdi

Yaqin kelajakda biennalle mahorat darslarini o'tkazish rejalashtirilgan, O'zbekistondagi zamonaviy an'anaviy san'atning ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniyati san'at o'quv dargohlari talabalariga hamda mamlakatning madaniy hayotiga qiziqqan barcha insonlarga san'at sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirishga yo'l ochadi.

Esdalik uchun Autograph oling!
Veb sayt: www.galleryart.uz
Autograph Art Gallery ijtimoiy tarmoqlarda: Facebook va Instagram
Batafsil ma'lumotlar uchun telefon: +998 71 203 00 33

Reklama huquqi asosida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн